К содержанию
РецензированоUZ2026

MAXSUS MATNLARNI IDROK QILISHNING PSIXOLINGVISTIK XUSUSIYATLARI

Raximova Dilnoza Tohirjon qizi

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026

Аннотация

Maqolada maxsus matnlarni idrok qilish jarayonidagi psixolingvistik omillar tahlil qilingan. Muallif matn, maxsus matn tushunchalari, ularning lingvistik va kognitiv xususiyatlarini ochib beradi. Maxsus matnlarni tushunishda til bilimi va sohaga oid bilimlarning o‘zaro bog‘liqligi asoslangan. Shuningdek, mutaxassislik matnlarini o‘quv jarayonida samarali o‘zlashtirish mexanizmlari yoritilgan. Kalit so‘zlar: maxsus matn, idrok, psixolingvistika, kognitiv qobiliyat, kasbiy muloqot. Kirish. Har qanday matn insonning tilni bilish qobiliyati hamda aqliy faoliyati bilan chambarchas bog‘liq holda idrok etiladi. Ayniqsa, maxsus (yoki sohaga oid) matnlar murakkab tuzilmasi va maxsus leksikasi bilan boshqa turdagi matnlardan ajralib turadi. Ularning mazmunini to‘liq anglash faqat til bilishi emas, balki kasbiy bilim va tajribani ham talab etadi. Shu jihatdan, maxsus matnlarni o‘rganishda psixolingvistik yondashuv muhim ahamiyatga ega. Matn va maxsus matn tushunchalari. Matn — bu muayyan ma’noni ifodalovchi, til birliklari vositasida ifoda etilgan, kommunikativ maqsadga ega nutq birligidir [1, 23-b.]. Maxsus matnlar esa muayyan kasbiy yoki ilmiy sohada foydalaniladigan, o‘ziga xos terminologiya va tuzilmaga ega matnlardir. Ularga texnik, tibbiy, huquqiy, iqtisodiy va boshqa sohalarga oid hujjatlar, maqolalar, qo‘llanmalar kiradi. Psixolingvistik yondashuv asoslari. Psixolingvistika fanining asosiy vazifalaridan biri til va fikrlash jarayonining o‘zaro aloqasini o‘rganishdan iborat. Maxsus matnlarni idrok etishda ham bunday aloqalarni hisobga olish zarur. Masalan, mutaxassis uchun yangi bir fanga oid matnni tushunishda u avvaldan mavjud bilimlari va tajribalaridan foydalanadi. Bu esa sxemalar va kognitiv modellar orqali amalga oshadi [2, 47-b.]. Kognitiv qobiliyatlar va idrok. Maxsus matnlarni tushunish jarayonida insonning kognitiv qobiliyatlari — diqqat, eslab qolish, tafakkur yuritish muhim o‘rin tutadi. Agar bu jarayonda ushbu qobiliyatlar yetarli darajada faol bo‘lmasa, matnning to‘liq anglanishi qiyinlashadi. Shuning uchun ham maxsus matnlarni o‘rganishda ta’lim jarayonida kognitiv faoliyatni rag‘batlantiruvchi uslublar qo‘llanilishi maqsadga muvofiqdir. Kasbiy muloqotda maxsus matnlar. Bugungi kunda fan-texnika taraqqiyoti va sohalar ixtisoslashuvining ortishi tufayli maxsus matnlar kasbiy muloqotda asosiy vosita sifatida namoyon bo‘lmoqda. Ularning aniq, qisqa va maqsadga yo‘naltirilgan tuzilishi mutaxassislar o‘rtasida samarali axborot almashinuviga yordam beradi. Bunday matnlarni o‘rganish va to‘g‘ri talqin qilish ko‘nikmalari mutaxassislarning kasbiy yetukligiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Xulosa. Maxsus matnlarni idrok qilish ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, unda lingvistik bilimlar, kognitiv qobiliyatlar va sohaviy tajriba o‘zaro uyg‘unlashgan holda ishtirok etadi. Ushbu jarayonni samarali tashkil qilish ta’lim va amaliyotda yuksak natijalarga erishish imkonini yaratadi. Psixolingvistik yondashuv esa bu jarayonni yanada chuqurroq tushunishga xizmat qiladi.

Доказательный фрагмент

«Maqolada maxsus matnlarni idrok qilish jarayonidagi psixolingvistik omillar tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada maxsus matnlarni idrok qilish jarayonidagi psixolingvistik omillar tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
maxsus matnlarni, matnlarni idrok, maxsus matn, maxsus matnlar, idrok qilish, matn maxsus, matn tushunchalari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники