Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
PANJOB – QADRIYATLAR SAQLANIB QOLGAN TOG‘ BAG‘RIDAGI MO‘JIZA
Rahmonov Maxammad Habibullo o‘g‘li
Современная наука и исследования · 2 · 2025
Аннотация
This article provides an in-depth analysis of the historical, cultural, and social life of the village of Panjob, located in the Boysun district of Surkhandarya region. The author highlights the ancient ethnic composition of the village, its customs, religious and spiritual values, and how these are integrated into modern life. The ceremonies, traditions, and sense of social unity preserved by the five main clans — Sa’noni, Shekhoniy, Solikhi-Ka’noniy, Oshiqi, and Shihistonagiy — form the unique heritage of Panjob. Additionally, the article discusses historical and archaeological research and, using the 2025 Navruz festival as an example, illustrates how the values of the Panjob people are being honored and revitalized today. Keywords: Panjob village, Surkhandarya, values, customs, five clans, history, archaeology, Kushans, religious rituals, folk festivals, Navruz, ethnogenesis, cultural heritage, mountainous regions, Uzbekistan. 382 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5 Kirish: Panjob — qadim va zamonaviylik qo‘shilgan maskan O‘zbekistonning har bir hududi, har bir qishlog‘i o‘ziga xos tarix, madaniyat va qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan bo‘lib, ular orasida Surxondaryo viloyatining Biysun tumani Panjob qishlog‘i alohida o‘ringa ega. Panjob — bu nafaqat go‘zal tabiat manzaralari, balki asrlar davomida asrab-avaylab kelinayotgan urf-odatlar, milliy qadriyatlar va mehnatkash xalqi bilan mashhur maskandir. Bugungi globallashuv va urbanizatsiya jarayonida qadimiy qadriyatlar ko‘plab hududlarda yo‘qolib borayotgan bir paytda, Panjob qishlog‘ida bu qadriyatlar yangi mazmun kasb etib, zamonaviy hayot bilan uyg‘unlashmoqda. Mazkur maqolada Panjob qishlog‘ining tarixiy ildizlari, ijtimoiy-madaniy hayoti, urf-odatlari va hozirgi zamonaviy rivojlanish jarayonlari tahlil qilinadi. Shuningdek, qishloq hayotida qadriyatlarning qanday qadr topayotgani, yosh avlod tarbiyasidagi roli va istiqboldagi o‘rni haqida so‘z yuritiladi. Panjob qishlog‘i joylashgan hudud – ya’ni Surxondaryo viloyatining janubiy tog‘li mintaqalari, qadimdan turli xalqlar va etnik guruhlarning yashash, harakatlanish va madaniy aralashuvi maydoni bo‘lgan. Bu hudud tarixan Eron, Hindiston va Movarounnahr sivilizatsiyalari tutashgan muhim geostrategik mintaqa hisoblangan. Tarixning sahifalarida: Panjobning ildizlari va arxeologik manbalari Ko‘hitang tog‘ tizmasi bo‘ylab joylashgan qishloq va vohalarda qadimdan tog‘li dehqonlar, chorvadorlar va hunarmandlar istiqomat qilgan. Aholi etnik tarkibida turlar, sak- massaget, keyinchalik esa eftalitlar, sosoniylar, arablar va mo‘g‘ullar davrida shakllangan mahalliy xalqlar izlari mavjud. XVI–XIX asrlarda bu mintaqa Buxoro amirligi tarkibida bo‘lib, Panjob qishlog‘i Pasxurt (Poshkhurt) bekligi hududiga kirgan. Aholi tarkibi asosan tojiklardan iborat bo‘lib, ular turmush tarzida tog‘li dehqonchilik, bog‘dorchilik, chorvachilik, shuningdek, buloq suvlari asosida sug‘orma ekinlar yetishtirish bilan shug‘ullanishgan. 1886-yilda Surxon vohasini o‘rganib chiqqan rus harbiylari, jumladan kapitan N.N. Pokotilo o‘z hisobotida Panjobni mustaqil amlokdorlik sifatida qayd etgan. Keyinchalik, XX asr boshlarida bu ma’muriy birlik tugatilgan va Xatakkent amlokdorligiga qo‘shilgan. 1926-yilda esa Panjob Sayrob qishloq kengashiga biriktirilgan va bu davrda qishloqda 320 ta xonadon bo‘lgan. 1980-yillarning ikkinchi yarmida Panjob hududida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar bu qishloq va uning atrofidagi tog‘li mintaqaning qadimiy tarixini yoritishda muhim manbaga aylandi. Jumladan, mashhur arxeolog va tarixchi olimlar — B. X. Karmisheva (Moskva), E. V. Rtveladze (Toshkent), S. I. Ivanov (Sankt-Peterburg), T. Annayev (Termiz) va P. Shoimov (Muzrabot) 1985–1988-yillar oralig‘ida Kushonlar imperiyasi davriga oid bo‘lgan qadimiy davlat chegarasi devorlarini tekshirish ishlarini olib bordilar. Bu izlanishlar davomida ichki Panjobga kirish nuqtasi bo‘lgan qadimiy darvoza — Gazak darvozasi aniqlanib, arxeologik jihatdan qayd etildi. Qadimiy mudofaa devorlari va ushbu hududdagi arxeologik obidalar o‘sha davr hukmronlik tuzumi, savdo yo‘llari va chegara nazorat tizimi haqida muhim ma’lumotlar beradi. Urug‘lar uyushmasi: Besh urug‘ning ijtimoiy va madaniy roli Tadqiqotlar natijalari hududning faqat etnik emas, balki siyosiy-mudofaa tizimidagi o‘rnini ham yoritib berdi. Panjob qishloq aholisi beshta katta urug‘i mavjud bo‘lib, har biri alohida mavqega egadir. Xususan, oshiqi urug‘i qadimdan o‘zining an’anaviy qadriyatlari va madaniy xususiyatlarini saqlab kelmoqda. Ularning asosiy qadriyatlari mehnatga bo‘lgan hurmat, o‘zaro yordam va milliy birlikni mustahkamlashdir. 383 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5 Oshiqli urug‘i o‘zlarining tarixiy ildizlarini va madaniyatini saqlashga katta e’tibor berib, kelajak avlodlarga yetkazishda davom etmoqda. Shexonilar urug‘ining qadriyatlari, o‘zining mustahkam oilaviy tizimi va etika qoidalariga asoslanadi. Ular o‘zlarining mehnatga bo‘lgan sadoqatini, hu
Доказательный фрагмент
«This article provides an in-depth analysis of the historical, cultural, and social life of the village of Panjob, located in the Boysun district of Surkhandarya region.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article provides an in-depth analysis of the historical, cultural, and social life of the village of Panjob, located in the Boysun district of Surkhandarya region. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Panjob village, Surkhandarya, values, customs, five clans, history, urf-odatlar, tog‘li hududlar, Surxondaryo, O‘zbekiston., diniy marosimlar, Kushonlar, arxeologiya, Navro‘z, Panjob qishlog‘i, tarix, qadriyatlar, etnogenez, xalq bayramlari, besh urug‘, madaniy meros
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024