Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘RTA OSIYODAGI OPERA, BALET VA TEATRLAR FAOLIYATI
Omonova Zilolaxon Kadirjon qizi
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
This article examines the formation, stages of development, and current state of opera, ballet, and theatrical art in five Central Asian countries - Uzbekistan, Kazakhstan, Kyrgyzstan, Tajikistan, and Turkmenistan. The socio-cultural significance of these art forms in the life of society is highlighted. Keywords: Central Asia, theatrical art, culture, opera, ballet, ancient civilization, performance. Opera, balet va teatr – san’atning yuksak shakllari bo‘lib, insonlarning madaniyati va estetik tafakkurlarini ifodalaydi. Ularning har biri alohida janr bo‘lishiga qaramay, ko‘p hollarda o‘zaro chambarchas bog’langan holda rivojlangan va bir-birining estetik ta’sir doirasida shakllangan. Bu san’at turlari badiiy ifoda vositasi bo‘lipgina qolmay, balki jamiyatning estetik, axloqiy va madaniy qadriyatlarini ifodalashda muhim rol o‘ynaydi. Opera – musiqa, dramatik ijro va raqs san’at shakllarining uyg’unlashgan shakli, ammo musiqa ular orasida yetakchi o‘rinni egallaydi. Balet – musiqaga muvofiq harakatlar orqali voqeani ifodalovchi raqs san’ati. Teatr esa aktyorlik mahorati orqali hayotiy voqea-hodisalarni, jamiyatdagi muammolarni, inson hayotini va ijtimoiy munosabatlarni sahnada jonlantiradi. Ushbu san’at turlarining har biri inson qalbiga ta’sir etuvchi kuchli vosita bo‘lib, tomoshabinni zavqqa yetaklaydi va fikrlash doirasini kengaytiradi. O‘rta Osiyo – qadimiy sivilizatsiyalar beshigi bo‘lib, boy madaniy me’rosi bilan ajralib turadi. O‘rta Osiyo xalqlarining qadimiy bayramlari - masxarabozlik, dostonchilik va qo‘g’irchoq teatrlari teatrlashtirilgan tomoshalarning asosini tashkil etgan. Buxoro va Xiva xonliklarida saroylarda baxshi va shoirlarning ishtirokida o‘tkazilgan dramatik chiqishlari esa bu san’atning ilk shakllari hisoblanadi. 316 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5 XX asr boshlaridan boshlab, ayniqsa, Sovet davrida opera, balet va teatrlar davlat siyosati darajasida rivojlantirila boshlandi. Mustaqillik yillarida esa bu sohalar milliy uyg’onish va yangicha mazmun kasb etdi. Opera, balet va teatr san’ati Sovet davrida shakllangan bo‘lsa-da, bugungi kunda ham o‘z rivojini davom ettirib, san’at olamida munosib o‘rin egallab kelmoqda. 1918-yilda Toshkentda birinchi professional teatr truppasining tashkil topishi san’at rivojida burilish yasadi. 1920-1930-yillarda Buxoro, Samarqand, Qo‘qon, Farg’ona, Dushanba va Ashxabodda davlat teatr studiyalari ochildi. Bu teatrlar mahalliy aktyorlar bilan rus teatr an’analarini uyg’unlashtira boshladi. O‘zbekiston Respublikasida Alisher Navoiy nomidagi Davlat Akademik Katta teatri O‘zbekistondagi eng qadimiy va yirik opera va balet teatri hisoblanadi. Bu teatrda Sharq mumtoz adabiyoti asosidagi “Layli va Majnun”, “Farhod va Shirin”, “Gulsara”, “Zaynab va Omon”, kabi spektakllar bilan birga jahon operalari ham namoyish etiladi. Bundan tashqari Respublikada Muqimiy nomidagi musiqali drama teatri, O‘zbek Milliy Drama Teatri va Yosh Tomoshabinlar Teatrlari faoliyat yuritmoqda. Qozog’istonda teatr va opera san’ati XX asr boshlarida shakllangan. Olmaotadagi Abay nomidagi Qozog’iston Davlat opera va balet teatri Qozog’iston san’atining yuragi hisoblanadi. Bu teatr 1934-yilda ochilgan va hozirda ham o`z faoliyatini davom ettirmoqda. Qozog’iston teatrlarida milliy sahna asarlari va jahon klassikasi uyg’unlashgan. Zamonaviy teatrlar esa eksperimental, ijtimoiy va siyosiy mavzularni yoritishda faol. Qirg’iziston teatr san’ati xalq og’zaki ijodiyoti va epik an’analar asosida rivojlangan. Toktogul nomidagi Qirg’iz Milliy drama teatri hamda A.Maldibayev nomidagi Opera va Balet Teatri Bishkekda faoliyat yuritadi. Bu teatrlar xalq qahramonlari, tarixiy obrazlar va zamonaviy hayotni sahnaga olib chiqadi. Bishkekdagi Teatr akademiyasi, Dushanba va Ashxaboddagi opera va teatrlar ham milliy folklor asosida opera va baletlar yaratishga harakat qilgan. Tojikiston poytaxti Dushanbedagi Sadriddin Ayniy nomidagi opera va balet teatri Tojikiston san’atining timsolidir. Tojik xalqining madaniy, tarixiy va poetik merosi teatr asarlarida o‘z ifodasini topgan. Tojik dramasi, ayniqsa, xalqona va romantik ruhda bo‘lib, mustaqillikdan so‘ng yangi mavzular va zamonaviy g’oyalar bilan boyidi. Turkmanistonda teatr va opera san’ati mustaqillikdan so‘ng biroz cheklangan shaklda rivojlandi. Hozirda Mahtumquli nomidagi Milliy drama teatri va Turkman opera va balet teatri faoliyat yuritmoqda. san’at asarlari, asosan, davlat buyurtmasi asosida yaratiladi, ammo turkman xalq ertaklari, epos va tarixiy qahramonlarga bag’ishlangan asarlar sahnalashtiriladi. O‘rta Osiyoda opera, balet va teatr san’ati o‘ziga xos tarixiy yo‘lni bosib o‘tdi. Sovet davridagi siyosiy asoslangan taraqqiyotdan so‘ng, mustaqillik yillarida milliylik, mustaqil ijodkorlik va zamonaviy texnologiyalar bilan uyg‘unlashuvi bilan ajralib turadi. O‘rta Osiyo opera, balet va teatr san’ati xalq an’analari va jahon san’ati uyg’unligida rivojlanmoqda. Har bir davlat o‘z milliy xususiyatlarini asrab, zamonaviy teatr uslublarini
Доказательный фрагмент
«This article examines the formation, stages of development, and current state of opera, ballet, and theatrical art in five Central Asian countries - Uzbekistan, Kazakhstan, Kyrgyzstan, Tajikistan, and Turkmenistan.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article examines the formation, stages of development, and current state of opera, ballet, and theatrical art in five Central Asian countries - Uzbekistan, Kazakhstan, Kyrgyzstan, Tajikistan, and Turkmenistan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Central Asia, theatrical art, culture, opera, ballet, ancient civilization, O‘rta Osiyo, teatr san’ati, qadimiy sivilizatsiya, balet, madaniyat, spektakl.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014