К содержанию
РецензированоUZ2026

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBURNING HAYOT VA IJOD YO‘LI

Haqqulov Mehriddin Yunusovich

Современная наука и исследования · 2 · 112- 114 · 2026

Аннотация

Z.M.Bobur O`rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va she`riyatida o`ziga xos o`rin egallagan adib, shoir, olim bo`lishi bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir. U 1483-yil 14-fevralda Andijonda Farg`ona usuli hokimi Umarshayx Mirzo oilasida dunyoga kelgan. Barcha temuriy shohzodalar singari otasi saroyida tahsil oladi. 12 yoshida shiddatli saroy kurashlari girdobida qolib, biron-bir madrasani ham tugatishga imkon va fursati bo`lmasa-da, adabiyot, nafis san`atining chinakam shaydosi bo`lib yetishadi. Kalit so‘zlar: Z.M.Bobur, Sharq madaniyati, Andijon, Farg`ona, Umarshayx Mirzo, Hindiston, Ponipat, Qobul, G`azna, Dehli, Agra, “Xatti Boburiy”, “Mubayyin al-zakot”, “Boburnoma”, Movarounnahr, Xuroson, Eron. Kirish. Andijon taxti uchun ukasi Jaxongir Mirzo, amakasi Sulton Ahmad Mirzo, tog`asi Sulton Mahmudxon va boshqa raqiblarga qarshi kurashgan buyuk davlat arbobi Samarqand taxti uchun bir necha yil shiddatli janglar olib boradi, ammo samarasiz kechgan bu janglardan keyin Bobur janubga qarab yo`l oladi. 1503-yilda Qobul va G`aznani jangsiz qo`lga kiritadi. 1505- 1515-yillarda bir necha bor Markaziy Osiyoga qaytishga urinib ko`radi, ammo hech qanday natijaga erisha olmaydi. 1519-1525-yillarda Hindistonni qo`lga kiritish uchun jang olib boradi. 1526-yilning aprel oyida Ponipatda Hindiston sultoni Ibrohim Lo`di bilan va 1527-yili mart oyida Chitora hokimi Rano Sango bilan bo`lgan janglarda Boburning qo`li baland keladi. Tarixiy ma`lumotlarning bayon qilishicha, Boburning Hindistonga yurishida Dehli hukmdori Ibrohim Sulton siyosatidan norozi bo`lgan Panjob hokimlari ham Boburni qo`llaganlar va Sikri jangidagi bu g`alaba Boburga Hindistonga o`z hukmronligini uzil-kesil o`rnatish va Boburiylar sulolasini barpo etish imkoniyatini berdi. Yangi mustahkam davlat “Buyuk mug`ul imperiyasi” nomini oladi va 300 yildan ortiq hukmronlik qiladi. 1526-yilning 21-dekabrida Bobur zaharlanadi, tasodif tufayli omon qoladi. 1530-yilda Agrada vafot etadi. Keyinroq vasiyatiga ko`ra, farzandlari uning xokini Qobulga olib kelib, dafn etadilar. Bobur qisqa vaqt ichida Hindistonda siyosiy muhitini barqarorlashtirish, Hindiston yerlarini obodonlashtirib, birlashtirish, savdo-sotiq ishlarini to`g`ri yo`lga qo`yish, bog`-rog`lar yaratish ishlariga rahbarlik qildi. Madaniy yodgorliklar qurish, karvonsaroylar barpo qilish, kutubxonalar qurish Bobur va uning o`g`illari davrida keng miqyosda yoyildi. Hindiston me`morchiligiga Markaziy Osiyo uslubi kirib kela boshladi. Bobur va uning hukmron avlodlari huzurida o`sha davrning ilg`or va zehni o`tkir olimlari, shoirlari, musiqashunoslarini mujassam etgan mukammal bir ma`naviy-ruhiy muhit vujudga keldi. Bobur Hindistonda katta hajmdagi davlat ishlari bilan bir qatorda o`zining adabiybadiiy faoliyatini ham davom ettirdi. 1503-yilda “Xatti Boburiy” ni yaratdi. 1521yilda “Mubayyin al- zakot”, 1523-25-yillarda “Muxtasar”, “Xarb ishi”, “Musiqa ilmi” (topilma), “Volidiyya” asarlarini, 1519-yilda 1-devon “Qobul devoni” ni, 1528-29-yillarda 2-devon “Hind devoni” ni yaratdi. “Tuzuki Boburiy”, “Voqeoti Boburiy”, “Voqeanoma”, “Boburnoma” nomlari bilan mashhur bo`lgan asarni 1525-1530-yillarda yozdi. 278 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5 Boburning tarixiy, ilmiy va adabiy merosini o`rganish va ommalashtirishda O`zbekiston, Tojikiston va Rossiya olimlarining faoliyatlari diqqatga sazovordir. XIX-XX asrlar davomida Georg Ker, N.Ilminskiy, O.Senkovskiy, M.Sale, Porso Shamsiyev, Sodiq Mirzayev, V.Zohidov, Ya.G`ulomov, R.Nabiyev, S.Azimjonova, A.Qayumov kabi olimlarning harakatlari tufayli “Boburnoma” bir necha bor nashr qilindi. (o`zbek va rus tillarida). Bobur ikki tilda –o`zbek va forsiy tillarida erkin ijod qilgan bo`lsa-da, faqat o`zbekcha she`rlarini to`plab 2 ta devon tuzgan. 1519-yilda Qobulda, 1529-yilda Hindistonda tuzilgan bu devonlar o`sha joylar nomi bilan yuritiladi. Qobul devoni topilmagan. Hind devonidagi she`rlarining umumiy miqdori 400 dan ortiq. 119 tasi g`azal, 231 tasi ruboiy, boshqalari turli janrdagi she`rlardir. Bobur she`rlarining ma`lum bir qismi hasbi hol xususiyatiga ega bo`lgan g`azaldir. Bobur g`azallari orasida hayotga qaynoq mehr aks etgan, jo`shqin g`azallar, afsusnadomat ohanglari bilan to`lgan g`azallarni ham uchratish mumkin. Bobur –podshoh, shoir va olim. Ammo Boburning betimsol shaxsi shohlik, balki shoirlik va olimlikdan ham teranroqda turadi. Shuning uchun uning latif ruhi va darveshvash ko`ngli andak-mundak narsalarni pisand qilmaydi, aniqrog`i arzitmaydi. Shunday ekan, qaysi xon yoki sulton: Qilmoq umidu biym ila xizmat shah olida Darbonining so`kunchu tayoqig`a arzimas, - deydi. Insonga xos qanaqa tabiiy fazilat va sof tuyg`ular bo`lsa, Bobur hayotda ham, ijodda ham asosan ana shularga suyangan. U o`z davlati va saltanati manfaati yuzasidan she`riyatiga bir siyosiy rang, targ`ibot ohanglarini olib kirsa bo`lardi. Yo`q Bobur she`riyatida topolmaysiz bunday ohanglarni. Birgina “Boburnoma” asarini olib qaraydigan bo`lsak ham hali bu darajada har

Доказательный фрагмент

«Z.M.Bobur O`rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va she`riyatida o`ziga xos o`rin egallagan adib, shoir, olim bo`lishi bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir.»

Образец извлечения

Демо-превью

Z.M.Bobur O`rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va she`riyatida o`ziga xos o`rin egallagan adib, shoir, olim bo`lishi bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Sharq madaniyati, “Boburnoma”, Eron., Agra, Farg`ona, Hindiston, G`azna, Xuroson, Umarshayx Mirzo, “Mubayyin al-zakot”, Z.M.Bobur, Qobul, “Xatti Boburiy”, Dehli, Movarounnahr, Andijon, Ponipat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники