Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
HADISLARDA TA’LIM VA TARBIYA MASALALARI
Tojiyev Umidjon
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
This article analyzes the issues of education and upbringing as presented in the Hadiths. Based on the sayings of the Prophet Muhammad (peace be upon him), topics such as acquiring knowledge, moral upbringing, family responsibility, teacher-student relationships, and the culture of social interaction are discussed. The Hadiths are shown as a guide for achieving spiritual maturity. The article also explores how Hadiths can be applied to modern educational and moral systems. It highlights the significance of Islamic upbringing as a universal value. Keywords: Hadith, education, upbringing, morality, knowledge, parents, teacher, family, Muslim, companion, method, spirituality ВОПРОСЫ ОБРАЗОВАНИЯ И ВОСПИТАНИЯ В ХАДИСАХ Аннотация. В данной статье рассматриваются вопросы образования и воспитания, изложенные в хадисах. На основе высказываний Пророка Мухаммада (мир ему и благословение) освещаются такие темы, как стремление к знанию, нравственное воспитание, семейная ответственность, отношения между учителем и учеником, а также культура социального общения. Хадисы представлены как путь к духовному совершенствованию. Также рассматривается, как хадисы могут быть применены в современном образовательном и воспитательном процессе. Статья раскрывает значение исламского воспитания как универсальной ценности. Ключевые слова: Хадис, образование, воспитание, нравственность, знание, родители, учитель, семья, мусульманин, сподвижник, метод, духовность. Kirish: Islom dini barcha zamonlar va xalqlar uchun ma'naviy-axloqiy tamoyillarning mukammal manbai hisoblanadi. Qur’oni karim va hadislar – bu dinning asosiy manbalari bo‘lib, inson hayotining barcha jabhalarini tartibga soladi. Xususan, ta’lim va tarbiya masalalarida hadislar juda muhim ahamiyat kasb etadi. Rasululloh Muhammad (s.a.v.)ning hayotiy faoliyatlari, u zotdan rivoyat qilingan hadislar insoniyatni ilmga, axloqiy poklikka, adolat va insofga undaydi. 5 35 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Bugungi zamonaviy tarbiya tizimi ham bu manbalarni chuqur o‘rganishga muhtoj. Zero, insonni to‘laqonli shakllantirish – faqat tashqi bilimlar emas, balki ichki ma’naviyat va axloqiy barkamollik orqali bo‘lishi mumkin. Asosiy qism: Islom dinida ilm va tarbiya bir-biridan ajralmas tushunchalardir. Ilm olish Islomda eng muqaddas amallardan biri sanaladi. Rasululloh (s.a.v.) bunday deganlar: “Ilm olish har bir musulmon erkak va ayol uchun farzdur.” Ushbu hadis din va ilmning ajralmasligini, har bir musulmon uchun ilm egallash muqaddas burch ekanligini ko‘rsatadi. Ilm nafaqat diniy bilimlar, balki dunyoviy fanlarni ham o‘z ichiga oladi. Hadislar ilm olishning har tomonlama zarurligini yoritadi. Yana bir hadisda aytiladi: “Kim ilm talab qilish yo‘lida yurib ketsa, Alloh unga jannat yo‘lini oson qiladi.” (Muslim). Bu hadisdan kelib chiqib, ilm egallash faqat dunyoviy muvaffaqiyat uchun emas, balki oxirat saodatiga ham olib boruvchi yo‘l ekani ayon bo‘ladi. Rasululloh (s.a.v.) hayotlarida ta’lim va tarbiya asosiy o‘rin egallagan. U zot o‘z sahobalarini ilmli, odobli, pokiza qalbli insonlar etib tarbiyalaganlar. Bu esa Islom tarbiyasining amaliy misolidir. “Men go‘zal axloqni mukammallashtirish uchun yuborildim”, – degan hadis u zotning tarbiyada axloqiy yetuklikka qancha e’tibor berganlarini bildiradi. Axloq – inson tarbiyasining asosi. Shuning uchun hadislar doimo halollik, rostgo‘ylik, sabr-toqat, fidoyilik, ota- onaga hurmat, mehr-shafqat, sadoqat kabi fazilatlarni targ‘ib qiladi. Oilaviy tarbiya haqida esa: “Har biringiz boshlig‘isiz va har biringiz o‘z qo‘l ostidagilar uchun mas’ulsiz”, – degan hadis orqali ota-onaning farzand oldidagi mas’uliyati yoritilgan. Oila – tarbiyaning birinchi bosqichi. Ota-onaning o‘rnak bo‘lishi, mehr bilan yondashuvi, ibratli hayoti farzand tarbiyasining mezoni hisoblanadi. Farzandni yoshligidan boshlab yaxshi odatlarga, pok axloqqa, ilmga, mehnatsevarlik va sabrga o‘rgatish kerak. Bu esa ota-onaning doimiy mehnatini talab etadi. Hadislar ota-onaning bu boradagi mas’uliyatini chuqur aks ettiradi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning tarbiyaviy metodlari ham bugungi zamon uchun o‘ta dolzarbdir. U zot savol-javoblar, hikmatli so‘zlar, amaliy namunalar orqali sahobalar va yosh bolalarni o‘rgatganlar. Eng samarali tarbiya usuli bu o‘rnak bo‘lishdir. Rasululloh (s.a.v.) har bir ishda avval o‘zlari ibrat bo‘lganlar. Bu esa tarbiyaning eng kuchli qurolidir. Ul zot bolalarni urmasdan, ranjitmasdan, balki rag‘batlantirish, tushuntirish, sabr bilan yondashish orqali tarbiya qilganlar. Zamonaviy pedagogikada ham shunday metodlar samarali hisoblanadi. Yuqori ma’naviyatga asoslangan tarbiya tizimida hadislar o‘ziga xos manba hisoblanadi. Unda ilm egallash, axloqiy yetuklik, jamiyatda o‘zini tutish madaniyati va mas’uliyat hissi keng yoritiladi. Ilmga intilish va o‘z ustida doimiy ishlash insonni barkamol shaxs sifatida shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Ta’lim-tarbiyada aynan shu ruh
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the issues of education and upbringing as presented in the Hadiths.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the issues of education and upbringing as presented in the Hadiths. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Hadith, education, upbringing, morality, knowledge, parents, teacher, family, tarbiya, musulmon, ustoz, sahoba, ota-ona, ta’lim, Hadis, oila, axloq, ma’naviyat, metod, ilm
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026