Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
DINIY RIVOYATLAR VA ULARNING MA'NAVIY AHAMIYATI.
To’xtayev Og’abek Otabek o’g’li
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada diniy rivoyatlar va ularning inson ma'naviyatini shakllantirishdagi o‘rni yoritilgan. Rivoyatlarning tarixiy, axloqiy va tarbiyaviy ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, diniy rivoyatlar orqali jamiyatga ijobiy g‘oyalarni singdirish va odob- axloq me’yorlarini shakllantirishdagi o‘rni ham ko‘rib chiqilgan. Ushbu maqolada ana shunday rivoyatlarning inson ma'naviy kamolotidagi o‘rni, yosh avlodni tarbiyalashdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Bugungi kunda yosh avlodni sog‘lom e’tiqod, ezgu fazilatlar ruhida tarbiyalash, ularning qalbida sabr-toqat, halollik, mehr-oqibat kabi qadriyatlarni singdirish zaruriyati tobora ortib bormoqda. Bu borada diniy rivoyatlar ishonchli, samarali va hayotiy vosita bo‘lib xizmat qilmoqda. Shu sababli mazkur maqolada diniy rivoyatlarning turlari, ularning ma’naviy va tarbiyaviy ahamiyati, jamiyatdagi roli tahlil qilinadi. Kalit so`zlar: qadryatlar, diniy ta’limotlar, diniy rivoyatlar, ezgu amallar, sabr-toqat, axloq, odob. Har bir xalqning tarixiy va ma'naviy boyligi, asosan, og‘zaki va yozma manbalarda, xususan, diniy rivoyatlarda namoyon bo‘ladi. Rivoyatlar nafaqat dini bilimlarni yetkazish, balki inson qalbida ezgulik, sabr-toqat, halollik kabi fazilatlarni shakllantirishda muhim vosita hisoblanadi. Islom dini tarixida rivoyatlar — hadislar, sahobalar hayoti, avliyolarning qissalari kabi ko‘plab shakllarda bizgacha yetib kelgan. Ushbu maqolada ana shunday rivoyatlarning inson ma'naviy kamolotidagi o‘rni, yosh avlodni tarbiyalashdagi ahamiyati tahlil qilinadi.Islomda yaxshi xulqning o‘rni juda muhimdir. Rasululloh (s.a.v.) o‘z hayotida yaxshi xulqni namuna qilib ko‘rsatganlar va buni musulmonlar uchun asosiy fazilat deb belgilaganlar. Bir hadisda Rasululloh (s.a.v.) shunday deganlar:"Men yaxshilik va xulqni mukammallashtirish uchun yuborildim".(Sahih al-Buxoriy, Hadis 5683) Bu hadisda Rasululloh (s.a.v.) o‘zining asosiy vazifalaridan birini odamlarni yaxshi xulq bilan tarbiyalash va ularni ijobiy fazilatlar, ya'ni sabr, samimiyat, adolat va rahm-shafqat kabi xususiyatlar bilan to‘ldirish deb belgilaganlar. Islomda yaxshi xulq faqatgina so‘zlar bilan emas, balki amallar orqali ham ko‘rsatilishi kerak. Shu sababli, musulmonlar o‘z hayotlarida bu xulqni namoyon qilishga intilishlari lozim. Rasululloh (s.a.v.) ning hadislarida yaxshi xulqni o‘rganish va unga amal qilishning ahamiyati keng yoritilgan. Yaxshi xulq, nafaqat odamlar bilan bo‘ladigan munosabatda, balki Alloh bilan bo‘ladigan munosabatda ham muhimdir. Islomda xulqni yaxshilashda sabr-toqat, haqiqatni aytish, va'daga sodiq qolish, boshqalarga yordam berish, insof bilan muomala qilish va boshqalar bilan mehr-muhabbatda bo‘lish kabi fazilatlar muhim o‘rin tutadi. Rasululloh (s.a.v.) bir hadisda shunday deganlar: ”Parvardigorim meni husni tarbiya bilan tarbiyala” [1.58- hadis.23-b] Bu hadisda Allohning rahmati va mukofoti yaxshi xulqni o‘rganish va unga amal qilish orqali o‘rnatilishi aytilgan. Bunda musulmonlarga o‘z xulqini yaxshilash, yomonlikka javob bermaslik, boshqalarga nisbatan rahm-shafqatli bo‘lish tavsiya etiladi. Ezgulik va sabr-toqat: Nuh (a.s.), Ayyub (a.s.) kabi payg‘ambarlarning boshidan kechirgan sabrli hayoti saboq bo‘la oladi. 274 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5 Halollik va adolat: Payg‘ambar (s.a.v.)ning halollikka bo‘lgan e’tibori, sahobalarning to‘g‘riligi yosh avlodga ibrat. Tavba va kechirimlilik: Diniy rivoyatlar orqali Allohning kechirimli Zot ekanligi, bandaning esa doimo tavbaga ochiq bo‘lishi uqtiriladi. Ma’naviy o‘sish: Rivoyatlar odamning ichki dunyosini boyitadi, qalbida mehr-oqibat, diyonat tuyg‘ularini uyg‘otadi. Diniy rivoyatlar oila, maktab, jamoat ta’lim-tarbiyasida muhim o‘rin tutadi. Masalan: Ota-onaga itoat haqida Luqmon Hakimning o‘gitlari. Yaxshi do‘st tanlash bo‘yicha sahobalarning do‘stlik haqidagi maslahatlari. Yolg‘onning zararli oqibatlari haqidagi rivoyatlar orqali yosh avlodga rostgo‘ylik targ‘ib etiladi. Islomda yaxshi xulq, nafaqat dunyo hayotida baxtli bo‘lish, balki oxiratda ham mukofotlanishning asosiy yo‘li sifatida ta'riflanadi. Rasululloh (s.a.v.) ning hadislarida yaxshi xulqning oxiratdagi ahamiyati haqida ko‘p so‘z yuritilgan. Bir hadisda shunday deyiladi: “Muminlarning afzali xulqi-atvori yaxshirog’idir”. [1.153-hadis.54-b] Bu hadisda Rasululloh (s.a.v.) jannatga kirishda eng muhim mezonlardan biri sifatida yaxshi xulqni ko‘rsatganlar. Demak, yaxshi xulq Islomda nafaqat dunyodagi yaxshi hayot uchun, balki oxiratdagi mukofotlar uchun ham zaruriydi . Bugungi kunda axborot oqimi kuchli bo‘lgan zamonda diniy rivoyatlar yoshlarga ijobiy fikr va axloqiy asos beradi. Media, darsliklar, teatr va adabiyotda bu rivoyatlar zamonaviy talqinda berilib, yoshlarni ogoh va tarbiyali bo‘lishga undaydi. Islomda yaxshi xulqning jamiyatdagi o‘rni ham juda katta. Yaxshi xulq, insonlar o‘rtasida mehr-muhabbat, do‘stlik, va o‘zaro yordamni kuchaytiradi. Hadislarda musulmonlar o‘rtasidagi o‘zaro yordam va bir-birini sevish, yaxshi munosabatlar qurish
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada diniy rivoyatlar va ularning inson ma'naviyatini shakllantirishdagi o‘rni yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada diniy rivoyatlar va ularning inson ma'naviyatini shakllantirishdagi o‘rni yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- sabr-toqat, ezgu amallar, axloq, qadryatlar, diniy rivoyatlar, odob., diniy ta’limotlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025