К содержанию
РецензированоUZ2026

ISLOMDA VA’DAGA VAFODORLIK TUSHUNCHASI

To’rayev Sayfullo

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

This article examines the Islamic concept of promise-keeping through linguistic, theological, and social lenses. It analyzes Qur’anic verses and Hadiths, highlights examples from the lives of the Prophet’s companions, and evaluates the role of promise-keeping in modern personal and societal relationships. The author emphasizes that fulfilling promises is not only a moral duty but also a reflection of faith. Keywords: Islam, promise, loyalty, Qur’an, Hadith, faith, society. КОНЦЕПЦИЯ ВЫПОЛНЕНИЯ ОБЕЩАНИЯ В ИСЛАМЕ Аннотация. В статье рассматривается понятие верности обещаниям в исламе, его лексическое и шариатское значение, основы в Коране и хадисах, примеры из жизни сподвижников Пророка, а также важность в современном обществе. Автор подчеркивает, что верность обещанию — это не только нравственная обязанность, но и проявление веры. Ключевые слова: Ислам, обещание, верность, Коран, хадис, вера, общество. Jamiyat taraqqiyoti, oilaviy tinchlik va insonlar o‘rtasidagi sog‘lom munosabatlarning asosiy tayanchi bu — ishonchdir. Ishonch esa eng avvalo insonning so‘zida turishi, ya’ni va’dasiga vafodor bo‘lishiga bog‘liq. Shaxsiy munosabatlardan tortib xalqaro kelishuvlargacha bo‘lgan barcha sohalarda va’daning bajarilishi — barqarorlik va taraqqiyot kafolatidir. Ayniqsa, din nuqtai nazaridan va’daning ahamiyati nihoyatda yuksak baholanadi. Islom dini bu borada juda aniq va qat’iy ko‘rsatmalarga ega bo‘lib, Qur’on va hadislarda va’daga sadoqat iymon alomati sifatida ko‘rsatiladi. Rasululloh (s.a.v) o‘z ummatini va’dasida turishga chaqirganlar. U zot bergan va’dasiga doimo sodiq bo‘lgan va sahobalarni ham bunga o‘rgatganlar. Musulmon jamiyati hamisha bu fazilatni o‘z axloqiy tamoyillarining markaziga qo‘ygan. Zero, so‘zida turmaydigan, va’dasini buzadigan kishi na Allohga va na insonlarga ishonchli bo‘la olmaydi. Maqolada va’daning lug‘aviy va istilohiy ma’nosi, Qur’oni karim va hadislar asosida sharhi, sahobalar hayotidagi namunalari, zamonaviy hayotdagi o‘rni va va’daga sadoqatning iymon bilan bog‘liqligi chuqur yoritiladi. “Va’da” so‘zi arab tilidagi “wa‘ada” fe’lidan olingan bo‘lib, “so‘z berish”, “kelishmoq”, “biror narsani va’da qilmoq” degan ma’nolarni bildiradi. Lug‘aviy jihatdan bu so‘z biror kishiga kelajakda bajarilishi lozim bo‘lgan harakatga oid so‘z berishni anglatadi. 244 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5 Istilohiy (diniy) ma’noda esa “va’da” — bu shariatda inson zimmasiga yuklatilgan axloqiy yoki huquqiy majburiyatdir. Islomda va’da ikki xil bo‘ladi: 1 Allohga qilingan va’da – bu odatda ahd, nazr, tavba kabi ibodatlarga taalluqlidir. 2 Insonlarga berilgan va’da – bu kundalik hayotda do‘stlarga, oilaga, hamkorlarga beriladigan so‘zlarni o‘z ichiga oladi. Va’daning bajarilishi musulmon shaxsining halolligi, mas’uliyati va ishonchliligining ko‘rsatkichidir. Va’da qilish oson, ammo uni ado etish qiyin va savobli amaldir. Shuning uchun Alloh har bir bandani og‘zidan chiqqan so‘zdan ham javobgar qiladi. Qur’oni karimda va’daga vafodorlik haqida ko‘plab oyatlar mavjud. Alloh taolo Isro surasining 34-oyatida bunday deydi: “Va’dalarga vafodor bo‘linglar. Albatta, va’da (Alloh huzurida) so‘raladi.” Bu oyat va’daning oddiy ijtimoiy kelishuv emas, balki ilohiy majburiyat ekanligini bildiradi. Inson tilidan chiqqan har bir so‘z, berilgan har qanday va’da Alloh oldida hisobga olinadi. Yana bir oyatda (Baqara surasi, 177-oyat): “Ular ahdlarini ado qiladilar...”, deya solih insonlar va’dasida turadigan shaxslar sifatida tavsiflanadi. Demak, va’daning bajarilishi solihlik, to‘g‘rilik va imonning belgisidir. Maida surasining 1-oyatida esa bunday deyilgan: “Ey mo‘minlar! Ahdlaringizga (va’dalaringizga) sodiq bo‘linglar.” Ushbu oyat nafaqat shaxsiy, balki ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy munosabatlarda ham va’dabozlikka yo‘l qo‘yilmasligi kerakligini anglatadi. Alloh O‘zi ham va’dalariga vafodorlardandir (Ali Imron surasi, 9-oyat). Bu musulmonni Rabbisiga o‘xshashga undaydi. Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v) hadislarida va’daning bajarilishi imon bilan bog‘lab ko‘rsatilgan. Mashhur hadisda: “Uchta xislat kimda bo‘lsa, u munofiqdir: gapirsa — yolg‘on gapiradi, va’da qilsa — uni buzadi, ishonch topshirilsa — unga xiyonat qiladi.” (Buxoriy, Muslim) Yana bir hadisda: “Mo‘min kishining sifati — so‘zida turadigan, va’dasini bajarayotgan, ishonchli shaxs bo‘lishidir.” Bu hadislar musulmon kishining asosiy xulqlari qatorida va’daga sadoqatni ham ko‘rsatmoqda. Bu fazilat nafaqat diniy, balki axloqiy yuksaklik, boshqalarga nisbatan mas’uliyat va halollik mezonidir. Shuningdek, Alloh yo‘lida berilgan va’da — ibodat hisoblanadi. Rasululloh (s.a.v) sahobalarini doim va’dalarida sobit bo‘lishga chaqirganlar va o‘zlari bunga tirik namuna bo‘lganlar. Abu Bakr Siddiq (r.a) kimga yordam va’dasi bersalar, o‘sha ishni bajarmasdan uylariga qaytmaganlar. Umar ibn Xattob (r.a) esa bir kishi va’dasiga xiyonat qilganini eshitgach, uni jamoat oldida ogohlantirganlar. Bir mashhur voqeada, Rasululloh (s.a.v) bir sahobadan: “Sen va

Доказательный фрагмент

«This article examines the Islamic concept of promise-keeping through linguistic, theological, and social lenses.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article examines the Islamic concept of promise-keeping through linguistic, theological, and social lenses. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Islam, promise, loyalty, Qur’an, Hadith, faith, society, sadoqat, jamiyat., hadis, Islom, va’da, Qur’on, iymon
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти