К содержанию
РецензированоUZ2025

YUSUF XOS HOJIBNING ,,QUTADG’U BILIG”ASARI SHAXS KAMOLIDA YETAKCHI O’RINDA

KAMOLIDA YETAKCHI O’RINDA · Sidiqova Barno Komiljonovna

Современная трансформация образования · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada Yusuf Xos Hojib va uning nodir asari bo’lmish ,,Qutadg’u bilig” asari haqida ma’lumotlar berib o’tilgan.Va bu asardagi qahramonlar ularning obrazlari yoritib o’tilgan.Bundan tashqari bu asar qaysi tilda, janrda yozilgani, nechi baytdan iborat ekanligi haqida bilimlarga ega bo’lish mumkin. Shuning bilan birgalikda asardagi asosiy g’oyalar ham yoritib berilgan.. Kalit so’zlar: Adolatparvarlik, laxja, fe’l atvor, inson kamoloti, axloq, ilm- ma’rifat, obraz, intellektual Krish: Sharq adabiyoti va falsafasining durdonasi sanalgan Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asari inson kamoloti, axloqiy poklik, ilm-ma’rifat va adolatli jamiyat qurish g‘oyalarini o‘zida mujassam etgan bebaho yodgorlikdir. XI asrda yozilgan bu didaktik doston nafaqat o‘z davrining siyosiy va ijtimoiy muammolariga yechim bo‘lib xizmat qilgan, balki bugungi kunda ham komil inson tarbiyasida muhim manba bo‘lib qolmoqda . Yusuf Xos Hojibning ushbu asari 1069–1070 yillar yozilgan bo’lib,bu asar qadimgi turkiy til(qoraxoniy lahjasi) da yozilgan. Va shuning bilan birgalikda asar janri: Didaktik-doston (axloqiy-siyosiy pandnoma) bo’lib “Saodatga eltuvchi bilim” yoki “Baxtli bo‘lish ilmi”degan ma’nolarni anglatadi. “Qutadg‘u bilig” davlat boshqaruvi, adolat, donishmandlik, axloqiy fazilatlar, insoniylik, ilm va odob haqidagi fikrlarni ifoda etadi. U jamiyatni tartibga solish, rahbar va fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlarni muvozanatda ushlashni targ‘ib qiladi. Asar masnaviy shaklida yozilgan – 6645 baytdan iborat.To‘rt asosiy obraz orqali g‘oyalar bayon etiladi: 1. Kuntug‘di – adolatni ifodalaydi (hukmdor). www.tadqiqotlar.uz 19-to’plam 1-son may 2025 287 Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi 2. Ayto‘ldi – baxt va davlatni ifodalaydi (vazir). 3. Odg‘urmis – aql va donishmandlik timsoli (zohid). 4. Uzg‘mish – aqibat va tavba ramzi (voiz yoki rohib). Bu to‘rt obraz orqali turli fazilatlar va davlat boshqaruvi tamoyillari tushuntiriladi.Va bu asar quyidagi to’rt asosiy g’oyalarni o’z ichiga oladi. Adolatparvarlik: Asarda hukmdorning eng oliy burchi – adolatni ta’minlash deb qaraladi. Ilm va aqlga e’tibor: Bilimdon va donishmand insonlar qadrlanadi. Ilm jamiyatni rivojlantiradi, deya targ‘ib qilinadi. Axloqiy fazilatlar: Halollik, sabr, vijdon, sadoqat, mehnatsevarlik targ‘ib qilinadi. Diniy va dunyoviy uyg‘unlik: Asarda islomiy dunyoqarash asosida dunyoviy ishlarni boshqarish muhim deb aytiladi. Siyosiy donolik: Asar davlatni boshqarish bo‘yicha muhim maslahatlar va tamoyillarni o‘z ichiga oladi. Qutadg‘u bilig” — turkiy xalqlar adabiyotidagi ilk siyosiy-falsafiy asarlardan biridir. U Sharq Uyg‘onish davriga mansub bo‘lib, o‘z davrining intellektual darajasini aks ettiradi. Asar uchta qo‘lyozma nusxada saqlanadi: Namangan, Vena va Farg‘ona nusxalari. Bugungi kunda ham “Qutadg‘u bilig”dagi fikrlar — adolatli jamiyat, bilimli rahbar, axloqiy barkamollik — dolzarb hisoblanadi. O‘zbekistonda bu asar milliy o‘zlik, ma’naviyat va ma’rifat targ‘iboti doirasida keng o‘rganiladi. Asosiy qism: Qutadg‘u bilig”da Yusuf Xos Hojib inson kamolotini quyidagi asosiy fazilatlar orqali talqin etadi: 1. Adolat. Asarda adolat eng oliy qadriyat sifatida ko‘rsatiladi. Hukmdor Kuntug‘di timsolida adolatli boshqaruvning jamiyat barqarorligiga ta’siri yoritiladi. Muallif adolatni inson kamolotining asosi deb biladi. 2. Ilm va aql. Odg‘urmis obrazida aql va ilmning inson hayotidagi o‘rni ta’kidlanadi. Yusuf Xos Hojib ilm-fan orqali inson o‘zini va jamiyatni yuksaltirishi www.tadqiqotlar.uz 19-to’plam 1-son may 2025 288 Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi mumkinligini uqtiradi. 3. Qanoat.Uzg‘mish obrazi orqali qanoat va tavba fazilatlari targ‘ib qilinadi. Muallif qanoatni komil insonning ajralmas xususiyati deb biladi. 4. Axloqiy poklik.Asarda halollik, sabr, vijdon, sadoqat kabi axloqiy fazilatlar komil inson tarbiyasida muhim omillar sifatida ko‘rsatiladi. Yusuf Xos Hojib inson kamolotini jamiyat taraqqiyoti bilan chambarchas bog‘laydi. Uning fikricha, har bir inson o‘zini tarbiyalab, komil inson bo‘lishga intilsa, jamiyatda adolat va farovonlik qaror topadi. Buyuk mutafakkir Yusuf Xos Hojib “Qutadg‘u bilig” kitobining an’anaviy boshlamasidan keyinoq insonning haqiqiy baxti bilimda ekanligini bayon etadi. U ilm, zakovatning ahamiyati haqida fikr yuritish. bilan birga unga alohida boblar ham bag‘ishlangan. Lekin olim faqat ilm-ma’rifatning ahamiyatini ko‘rsatibgina qolmaydi, u bilim va zakovatning amaliyotdagi o‘rnini ham yoritadi. U bilimli buyuk, uquvni ulug‘ deb ta’riflaydi. Chunki zakovatli inson ulug‘ bo‘ladi, bilimli kishi buyuk bo‘ladi, deb ilmli kishilami asl toifadagi kishilarga qo‘shadi. Olim ezgu ishlarning barchasi ilm tufayli amalga oshirilishini aytadi. 0 ‘sha davrdayoq olim “Bilim hatto osmon sari yo‘l ochur” deb bashorat qiladi. U dunyoda odam paydo bo‘libdiki, faqat bilimli kishilargina ezgu ish qilib, adolatli siyosat yuxgizib kelgan, ana shu bilim va zakovati tufayli kishilar razolatdan poklanganligini ta’riflaydi. Hatto hukmdorlar ham yurt

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Yusuf Xos Hojib va uning nodir asari bo’lmish ,,Qutadg’u bilig” asari haqida ma’lumotlar berib o’tilgan.Va bu asardagi qahramonlar ularning obrazlari yoritib o’tilgan.Bundan tashqari bu asar qaysi tilda…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Yusuf Xos Hojib va uning nodir asari bo’lmish ,,Qutadg’u bilig” asari haqida ma’lumotlar berib o’tilgan.Va bu asardagi qahramonlar ularning obrazlari yoritib o’tilgan.Bundan tashqari bu asar qaysi tilda… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
inson kamoloti, laxja, intellektual, Adolatparvarlik, axloq, fe’l atvor, obraz, ilm-ma’rifat
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники