Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
YO’SINLAR BO’LIMI SISTEMATIKASI, TARQALISHI VA AHAMIYATI
Xusanova Feruza Ravshanbek qizi
Современная трансформация образования · 2025
Аннотация
This topic covers the main systematic groups of the Bryophyte division and their classification. It provides information about the ecological and geographical distribution of mosses, as well as their adaptation to different environments. The significance of mosses in nature and human life is also discussed. Аннотация: В данной теме рассматриваются основные систематические группы отдела мхов и их классификация. Приводится информация об экологическом и географическом распространении мхов, а также об их адаптации к различным условиям среды. Также освещается значение мхов в природе и жизни человека. Kalit so’zlar: yo‘sinlar, sistematika, tarqalish, ekologiya, tasnif, yashash muhiti, biologik xilma-xillik Keywords: bryophytes, systematics, distribution, ecology, classification, habitat, biodiversity Ключевые слова: мхи, систематика, распространение, экология, классификация, среда обитания, биологическое разнообразие Yo`sinlar bo`limi bu yer yuzida juda ham keng tarqalgan o`simliklar guruhi hisoblanadi. Bu bo'limga 25 mingga yaqin tur kiradi. Ya’ni tur soni jihatdan yuksak o'simliklar orasida gulli òsimliklardan keyin 2 chi o'rinda turadi. Ular sodda tuzilishga ega o't o'simliklar bo'lib, suv o'tlariga ancha yaqin turadi. Sababi vegetativ www.tadqiqotlar.uz 19-to’plam 1-son may 2025 33 Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi tanasi tallom (qattana) shaklida, ildizi yo'q, rizoidlari ildiz vazifasini bajaradi. Barglari oddiy. Yo'sinlarda gametafit sporafitdan ustun turadi. Jinsiy organi arxegoniy va antiridiy hisoblanadi. Anteridiyda xosil bo'lgan spermatozoid arxigoniydagi tuxum hujayra bilan qo'shiladi. Natijada zigota va undan sporangiy taraqqiy etadi. Shundan so'ng jinssiz ko'payish boshlanadi. Ularda sporafitning taraqqiyoti gametofit bilan uzviy boglangan. Chunki sporafit suv bilan ozuqani asosan gametofitdan olib turadi. Shuning uchun yo'sintoifalarda gametofit bo'g'in ustunlik qiladi. Boshqa yuksak o'simliklarda esa sporafit bo'g'in mustaqil yashaydi. Shu bois bo'lim vakillari yuksak usimliklar shajarasida aloxida urinda turadi. Yo'sinlar xilma-xil ekologik muhitlarda tarqalgan. Ular tropik va subtropik zonadan sovuq; tundra zonasigacha bo'lgan hududlarda uchraydi. Yo'sintoifalarning taraqqiyot siklidagi xarakterli belgilaridan yana biri yetilgan sporadan protonemaning o'sishidir. Protonema ko'pchilik yo'sinlarda ipsimon ko'rinishda, faqat sfagnum va andreya yo'sinlarida gametofitlar dastlabki fazasida plastinka shaklida bo'ladi. Jigarsimon yo'sinlarda protonema bir yoki bir necha hujayralardan tashkil topgan qisqagina ipchadan iborat. Undan plastinkali yoki poya-bargli gametofit taraqqiy etadi. Yo'sinlar orasida funariyaning (Funaria hydrometrica) protonemasi yaxshi o'rganilgan. Uning sporasi qulay sharoitda o'sib, undan shoxlangan ipcha xosil bo'ladi. Shundan so'ng ipcha shoxlanib, unda gametofit kurtaklar xosil bo'ladi. Yo'sinlarning bunday ipsimon protonemasi tashqi ko'rinishidan yashil suv o'tlariga juda o'xshaydi. Shunga ko'ra yo'sintoifalilarni yashil suv o'tlaridan kelib chiqqan degan taxminlar yuzaga kelgan. Biroq, bu fikrni tasdiqlovchi asosli dalillar yo'q. Xozirgi klassifikatsiyalar bo'yicha yo'sintoifa o'simliklar bo'limi 3 ta sinfga (ajdodga) bo'linadi: 1. Jigarsimon yo'sinlar — Marchantiopsida. 2. Antotserotasimon yo'sinlar - Anthocerotopsida. 3. Poya-bargli yo'sinsimonlar - Bryopsida. Ayrim biologlar 1 chi va 2 chi sinflarni birlashtirib 1 chi sinfni jigarsimonlarning kichik sinfi yoki qabilasi deb qaraydi. Poyabargli yo'sinsimonlar sinf (ajdod)i. Bu sinfga 700 turkum 15 OOO dan www.tadqiqotlar.uz 19-to’plam 1-son may 2025 34 Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi ziyodroq tur kiradi. Uning vakillari quruklikda juda keng tarqalgan. Ular Arktika va Tundrada o'simliklarga yopishgan xolda botqoqliklarda, chuchuk suvlarda, voxalarda, ayrim vakillari esa Urta Osiyoning qumloq cho'llarida o'sadi. Poyabarli yo'sinsimonlar sinfi: 3 ta sinfchaga bo'linadi: 1. Sfagnumkabilar — Sphagnidae 2. Andreyakabilar - Andreaidae 3. Yashil yusinkabilar (Briumkabilar) — Bryidae Jigarsimon yo'sinlar (Marchantiopsida) sinf (ajdod)i. Jigarsimon yo'sinlar gametofitining xilma-xil bo'lishi va sporafitining deyarli o'xshash bo'lishi bilan xarakterlanadi. Bu sinfga 300 ga yaqin turkum va 6000 dan ortik tur kiradi. Ularning ko'pchiligi tropikada tarqalgan bo'lib, asosan sernam tuproqda, ayrimlari esa suvda uchraydi. Epifit vakillari mavjud. Jigarsimon yo'sinlar sinfining vakillari vegetativ, jinsiy va jinssiz yo'llar bilan ko'payadi. Xozirgi klassifikatsiyaga kura jigarsimon yo'sinlar sinfi 2 ta sinfchaga bo'linadi 1. Marshansiyakabilar - Marchantiidae. 2. Yungermaniyakabilar — Jungermanniidae. Birinchi sinfcha sferakarpnamolar — Sphaerocarpales va marshansiyanamolar - Marchantiales, ikkinchi sinfcha esa uchta qabilaga - metutsiyanamolar - Metzgeriales, xaploiGriyanamolar - Haploitriales, yungermaniyanamolar - Jungermanniales qabilalariga bo'linadi. Marshansiyakabilar (Marchatttiidae) sinfcha(ajdodcha)siga 3500 dan ziy
Доказательный фрагмент
«This topic covers the main systematic groups of the Bryophyte division and their classification.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis topic covers the main systematic groups of the Bryophyte division and their classification. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- bryophytes, systematics, distribution, ecology, classification, tarqalish, yashash muhiti, tasnif, sistematika, yo‘sinlar, biologik xilma-xillik, ekologiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014