Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TUBAN ZAMBURUG’LAR VAKILLARINING TUZULISHI VA ULARNING XALQ XO’JALIGIDAGI AHAMIYATI
Mirzasultonova Shaxzoda Alisher qizi (Andijon davlat pedagogika instituti)
Современная трансформация образования · 2025
Аннотация
This thesis provides information on the structure, reproduction and systematics of representatives of bottom fungi, their lifestyle and importance in agriculture. Keywords: bottom fungi, mycelium, zoospore, zygogamy, saprotroph, mycorrhiza. Xitridiyanamolar zamburug‘larning tallomi ko‘pincha bir hujayrali, ayrimlari hujayra qobig‘isiz yoki kuchsiz rivojlangan mitseliyga ega; jinssiz ko‘payganda orqa tomonida joylashgan, bitta qamchinsimon xivchinli zoospora www.tadqiqotlar.uz 19-to’plam 1-son may 2025 48 Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi hosil qiladi; jinsiy ko‘payish gametagamiya yoki xologamiya; hujayra qobig‘ida xitin va glyukan hosil bo‘ladi. Uning yashash tarzi suv muhitiga bog‘liq bo‘lib, ozroq qismi suvdagi o‘simlik va hayvon qoldiqlarida saprofit holda, ko‘pchilik qismi esa suvo‘tlari, suvdagi yuksak o‘simliklarda, umurtqasiz hayvon- larda va quruqlikdagi yuksak o‘simliklarning ildizida parazit holda hayot kechiradi. Ushbu sinf vakillari ichida hayvonlarning xitin qoplamini substrat sifatida ishlatib hayot kechiruvchilari ham bor. Parazit holda yashovchi vakillarining ko‘pchiligi tirik organizmlarning hujayrasi ichida shilimshiqlarning plazmodiysi singari joylashgan bo‘lib, butun yuzasi bilan oziqa moddalarni so‘rib oladi (osmotrof oziqlanish) Parazit vakillariga tipik misol qilib Xitridiyanamolar qabilasiga (Chytridiales) mansub no‘xat ildizining hujayralari ichida hayot kechiruvchi olpidium vika (Olpidium vicae) turini ko‘rib chiqamiz. Ushbu zamburug‘ning, yuqorida ko‘rsatilganidek, bir xivchinli zoosporalari o‘simlik ildizi yuzasiga yopishib, xivchinlarini yo‘qotadi va epiderma hujayrasining ichiga kiradi. Hujayra ichidagi oziqa moddani o‘zlashtirish hisobiga tallomi kattalashib, yadrolari ko‘payib boradi va qobiqqa o‘ralib, butu bor’ig‘i bilan ko‘p miqdordagi zoosporalarni hosil qiladi (tallomining hammasi zoosporalarga aylanishi xolokarpik zoosporalanish hisob- lanadi). Zoosporangiysi o‘simliklarning epidermis hujayralarini teshib, hosil qilgan ingichka bo‘yincha orqali zoosporalari tashqariga chiqadi. Har bir zoospora tuproqdagi suv orqali suzib, yangi ildiz hujayralarini topishi va uni qayta zararlashi mumkin. Ushbu rivojlanish sikli taxminan 5—l0 kun davomida amalga oshadi va yoz davomida bir necha marta qaytarilishi mumkin. Har xil sabablar bilan zoosporangiyda turib qolgan zoosporalar tashqariga chiqqach xuddi gametalarga o‘xshash rivojlanadi, ya'ni juftlashadi. Hosil bo‘lgan ikki xivchinli planozigotalar biroz suzib yurgach zoosporalarga o‘xshab epidermis hujayrasiga kiradi. Lekin ikki yadrolik holatini saqlab qolgan holda sistaga aylanadi. Sista esa kelasi bahorgacha saqlanib yadrolari qo‘shiladi va yana reduksion bo‘linib, zoosporani hosil qiladi. Ushbu zamburug‘ning boshqa turi olpidium brassika (Olpidium brassicae) ham xuddi shunday rivojlanish sikliga ega bo‘lib, u karam ildizida „qora-oq“ kasalligini tug‘diradi. Xitridiyasimonlar qabilasiga mansub sinxitrium endobiotikum www.tadqiqotlar.uz 19-to’plam 1-son may 2025 49 Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi (Synxchutrium endobioticum) esa kartoshkaning tugunaklarida „kartoshka raki“ kasalligini hosil qiladi. Kasallangan kartoshka tuganaklari ustida burmali shishlar yuzaga keladi. Bunga sabab o‘simlik hujayralari ketma-ket bo‘linib, zoosporangiylar sorusining (to‘plami) hosil bo‘lishidir. Xitridiyasimonlar sinfiga mansub saprofit vakillarining ko‘pchiligi blastokladiyanamolar (Blastocladiales) va monoblefaridanamolar (Monoblepharidales) qabilalariga mansub bo‘lib, rivojlanish sikli yuqorida bayon etilgan vakillardan biroz farqlanadi. Lekin ularning ko‘pchiligi rizomitseliy (boshlang‘ich mitseliy) hosil qiladi. Omitsetsimonlar sinfi vakillarining mitseliylari yaxshi rivojlangan, lekin to‘siqlar bilan ajralmaganligi sababli hujayralarga bo‘linmagan. Jinssiz ko‘payishda ikki xivchinli (biri qamchinsimon, zoosporaning orqa qismida joylashgan, uzunroq, ikkinchisi esa patsimon, zoosporaning oldingi qismida joylashgan, kaltaroq ) zoospora hosil qiladi. Hujayra qobig‘ida selluloza glyukan bo‘ladi. Ushbu sinfga suv muhitida keng tarqalgan, suvdagi o‘simlik va hayvon qoldiqlarida saprofit holda hayot kechiruvchi yoki suvo‘tlari va suvdagi hayvonlarda parazitlik qilib yashovchi zamburug‘lar kiradi. Oomitsetsimonlarning yuksak tuzilgan vakillari yuksak o‘simliklarda parazit holda hayot kechiradi va qishloq xo‘jalik ekinlariga sezilarli zarar keltirishi mumkin. Ayrim vakillari quruqlikda hayot kechirishga moslashib, zoosporalar o‘rnida spora yoki konidiyalar hosil qiladi. Hattoki, bir turning o‘zida ham zoosporalar, ham ekzo- yoki endosporalar hosil qilishini kuzatish mumkin. Bu jihatidan ular suvli muhitda yashashdan quruqlikka o‘tishdagi oraliq formalar bo‘lib hisoblanadi. Zigomitsetsimonlar (Zygomycetes) sinfi tarkibiga 500 tur kiradi va ular quruqlikda yashashga moslashgan. Oziqlanishiga ko‘ra, saprotrof (o‘simlik chirindisi va hayvon qoldiqlari) va parazit (yuksak o‘simliklar, umurtqasizlar va ba’zan inson tanasi). Jinssiz ko‘payishi – k
Доказательный фрагмент
«This thesis provides information on the structure, reproduction and systematics of representatives of bottom fungi, their lifestyle and importance in agriculture.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis thesis provides information on the structure, reproduction and systematics of representatives of bottom fungi, their lifestyle and importance in agriculture. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- bottom fungi, mycelium, zoospore, zygogamy, saprotroph, saprotrof, mikoriza., mitselliy, tuban zamburug’lar, zigogamiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026