Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
INGLIZ VA O’ZBEK XALQ ERTAKLARINING TARBIYAVIY AHAMIYATI
Ortiqova Zebiniso Sunnatullo qizi · Yusupova Muxayyo Irkinovna
Современная трансформация образования · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada ertaklar xalq og‘zaki ijodining qadimiy janri sifatida tahlil qilinib, ularning tarbiyaviy ahamiyati, jamiyatda tutgan o‘rni yoritiladi. Asarda o‘zbek xalq ertagi “Zumrad va Qimmat” hamda ingliz xalq ertagi “Cinderella” (Sinderella) syujeti, qahramonlari va mazmun jihatidan qiyosiy tahlil qilinadi. Ikkala ertakda ham mehribonlik, sabr-toqat, ezgulik kabi fazilatlar targ‘ib etilishi, sehrgar ayol obrazining mavjudligi va bosh qahramonlarning sinovlardan so‘ng baxtga erishishlari ularning umumiylik jihatlari sifatida ko‘rsatib o‘tiladi. Maqola ertaklarning bolalar tarbiyasidagi o‘rni va ularning insonparvarlik g‘oyalarini shakllantirishdagi rolini ochib beradi. Kalit so‘zlar: Xalq ertaklari, Zumrad va Qimmat, Sinderella, mehr-oqibat, ezgulik, madaniy qadriyatlar, bolalar tarbiyasi, sehrgar obrazi. Kirish: Bilamizki, ertaklar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lgan janr emas. Ular asrlar davomida xalq og‘zaki ijodi sifatida bizga qolgan meros hisoblanadi. Ertakning paydo bo‘lishida xalqlar orasidagi qadimiy urf-odat va an’analar muhim o‘rin tutadi. Ertak – xalq og‘zaki ijodining eng qadimiy namunalaridan biri hisobblanadi va bu janr og‘izdan og‘izga o‘tish usuli orqali xalqlar o‘rtasida ajdoddan avlodga o‘tib kelgan. Xalq og‘zaki ijodini o‘rganuvchi olimlarning ta’kidlashlaricha, dunyodagi hamma xalqlar og‘zaki ijodida bir-biriga yaqin turuvchi janr ertak hisoblanadi. Hayot haqiqati bilan bog‘liq bo‘lib hayoliy va hayotiy uydirmalar asosiga qurilgan, tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan hikoyalarni ertak deb ataymiz. O‘zbeklarda ertak aytuvchilar “ertakchi”, “matalchi” deb atalgan. E’tibor beradigan bo‘lsak, ertaklarda www.tadqiqotlar.uz 19-to’plam 1-son may 2025 138 Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi ijobiy qahramon yovuzlik, adolatsizlikka qarshi kurashib g‘alaba qozonadi. Chunki ertaklarning zamirida inson tarbiyasini shakllantirish va xalq orzu umidlari, manfaatlari turgan bo‘ladi. Har bir ertak mutolaasi insonga qanchadan qancha zavq- shavq beradi, uni komillikka yetaklaydi, dunyoqarashi o‘zgarishiga sababchi bo‘ladi. Shu bois, mo‘jizalar olamiga yo‘l – ertaklar o‘qishdan boshlanadi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Va shubhasiz bu go‘zal, g‘aroyib, bepayon hayol va aql olamiga qadam ertaklar yordamida qo‘yiladi. Ertaklarning tarbiyaviy jihatdan o‘rni beqiyosdir. Chunki ular bolalarni sog‘lom muhitda o‘sib-unishlari uchun imkoniyat yaratib beradi va to‘g‘ri yo‘lga boshlaydi. V.G.Gusevning fikricha, “Jamiyatda, umuman inson tabiatidagi illatlar real hayotda aksini topmagach, fantastik tarzda ertaklarda o‘z yechimiga ega bo‘ladi”. Binobarin biz o‘z farzandlarimizga ertak aytib berish orqali ularni kelajakda barkamol avlod bo‘lib yetishishiga o‘z hissamizni qo‘shgan bo‘lamiz. Asosiy qism. Asrlar o‘tishi bilan olimlar ertaklarni tuzilishi va ma’no- mazmuniga qarab turli xil guruhlarga ajratishdi. Bunga misol qilib, hayvonlar haqidagi ertaklar, hayotiy maishiy ertaklar, sehrli ertaklar va hajviy ertaklarni keltirishimiz mumkin. Hayvonlar haqidagi ertaklarning mazmuni majoziy ya’ni ko‘chma ma’noda bo‘ladi. Misol uchun ertaklarda tulki obrazi orqali ayyorlik, sher obrazi orqali jasurlik va qo‘rmaslik, bo‘ri obrazi orqali esa qonxo‘rlik va laqmalik ifoda etiladi. Sehrli ertaklarda voqelar fantastik to‘qimalar, sehr-u jodular asosiga qurilgan bo‘ladi. Ertakda qahramonlar har narsa qo‘lidan keladigan mo‘jizakor obrazlardan tashkil topadi. Hayotiy-maishiy ertaklar esa xalqlarning o‘z urf-odatlari va qadriyatlari asosida yartilgan bo‘ladi. Bunday ertaklarning aksariyati hayot kechinmalariga oid yoki hayot voqealaridan olingan bo‘ladi. Bunga misol qilib o‘zbeklarning “Zumrad va Qimmat”, “Oygul bilan Baxtiyor” va “Ozodachehra” ertaklarini olishimiz mumkin. Olimlar haqli ravishda, ilmiy tasavvurlarning rivojlanishida, falsafaning, adabiyotning, me’morchilik, musiqa va teatr san’atlarining paydo bo‘lishida miflar o‘ziga xos manbaa bo‘lib xizmat qilgan, deb ta’kidlashadi. Eng qadimgi ertaklarda xalqlarning urf-odatlari, an’analari va marosimlari aks etgan. www.tadqiqotlar.uz 19-to’plam 1-son may 2025 139 Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi Inglizlarda Angliya eng mashhur bolalar ertaklarining vatani bo‘lgan. Folklor hikoyalarida boshqa Yevropa mamlakatlariga o‘xshab, ingliz ertak an’anasi Britaniya orollarida paydo bo‘lgan deb hisoblangan. Bunday folklor namunalari asrlar davomida hikoya qilish an’analari orqali rivojlangan va mamlakatning turli mintaqalarida o‘ziga xosligi va o‘ziga xos madaniyati bilan noyob hisoblanadi. Shunday qilib, Angliyaning ertak va folklor an’analari kelt, german va nasroniy manbalari bilan mustahkam aloqaga ega. Ushbu maqolada orqali o‘zbek xalqining mashhur ertaklaridan biri bo‘lgan “Zumrad va Qimmat” ertagi va ingliz xalqining eng mashhur ertaklari qatoriga kirgan “Cinderella” ertagini bir-biriga qiyoslab beriladi. “Zumrad va Qimmat” ertagida Zumrad ismli qiz ijobiy qahramon sifatida gavdalanadi. U juda ham sabr-toqatli, maftunkor va mehnatkash qiz sifatida o‘zbek xalqi orasida mashhur. Qimmat
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada ertaklar xalq og‘zaki ijodining qadimiy janri sifatida tahlil qilinib, ularning tarbiyaviy ahamiyati, jamiyatda tutgan o‘rni yoritiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada ertaklar xalq og‘zaki ijodining qadimiy janri sifatida tahlil qilinib, ularning tarbiyaviy ahamiyati, jamiyatda tutgan o‘rni yoritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Zumrad va Qimmat, madaniy qadriyatlar, mehr-oqibat, bolalar tarbiyasi, Xalq ertaklari, sehrgar obrazi., Sinderella, ezgulik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025