К содержанию
РецензированоUZ2025

“O'QITUVCHI VA O'QUVCHI O'RTASIDAGI MUNOSABATLARNING PSIXOLOGIK JIHATLARI”

PSIXOLOGIK JIHATLARI” · Akbaraliyeva Muqaddas Isaqjon qizi

Современная трансформация образования · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi munosabatlarning ahamiyati, ularning o‘quv jarayonidagi roli va samarali rivojlanishiga ta'siri tahlil qilinadi. O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, ishonch, va kommunikativ aloqalar ta'limning muvaffaqiyatli bo‘lishida muhim omil hisoblanadi. Maqolada pedagogik psixologiya, ta'lim metodikasi va pedagogik etika aspektlari orqali bu munosabatlarning qanday rivojlanishi, shuningdek, o‘qituvchining o‘quvchilarni tarbiyalashdagi va ilmiy bilimlarni o‘zlashtirishdagi roli o‘rganiladi. Kalit so'zlar: O'qituvchi, o'quvchi, pedagogik munosabatlar, ta'lim jarayoni, kommunikatsiya, o'zaro hurmat, motivatsiya, pedagogik etika, ta'lim metodikasi, psixologik yondashuv, o'qituvchining roli, ilmiy bilimlar, tarbiya, samarali rivojlanish, o'qitish texnologiyalari. Ta’lim jarayoni – bu nafaqat bilim berish, balki tarbiyaviy va psixologik jarayon hamdir. O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi munosabatlar aynan shu jihatlarni belgilab beradi. Bu munosabatlar ijobiy yoki salbiy shakllanishiga qarab o‘quvchilarning ruhiy holati, o‘qishga bo‘lgan qiziqishi, o‘ziga bo‘lgan ishonchi va shaxsiy rivojlanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi psixologik aloqaning mohiyatini chuqur o‘rganish dolzarb masalalardan biridir. Ta'lim tizimi barcha jamiyatlarning taraqqiyotida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi munosabatlar ta'lim jarayonining muvaffaqiyatli kechishida muhim omillardan biridir. Ushbu munosabatlar, o‘qituvchining www.tadqiqotlar.uz 19-to’plam 1-son may 2025 186 Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi pedagogik mahorati va o‘quvchining motivatsiyasi o‘rtasidagi samarali aloqalarni shakllantirishi, ta'lim jarayonining muvaffaqiyatli va samarali rivojlanishiga yordam beradi. O‘qituvchining roli faqat bilim berish bilan cheklanmaydi, balki o‘quvchilarni hayotga tayyorlashda ham katta ahamiyatga ega. O‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasidagi to‘g‘ri aloqalar, o‘zaro hurmat, ishonch va muloqot samarali o‘qitish va o‘quvchilarning shaxsiy rivojlanishini ta'minlashda muhim omil bo‘ladi. O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi munosabatlarni bir necha turlarga ajratish mumkin: pedagogik munosabatlar, emotsional munosabatlar va ijtimoiy munosabatlar. Pedagogik munosabatlar o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida bilim almashish jarayonini tashkil etadi. Emotsional munosabatlar o‘qituvchi o‘quvchilarning his-tuyg‘ulari, ehtiyojlari va qiziqishlariga e'tibor qaratadi, bu esa o‘quvchining o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshiradi va o‘quv jarayoniga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Ijtimoiy munosabatlar esa o‘qituvchi o‘quvchilarga jamiyatda o‘rin topish, axloqiy va ijtimoiy qoidalarga amal qilishni o‘rgatadi. O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi samarali munosabatlarni rivojlantirish uchun bir qator omillar muhim ahamiyatga ega. Ishonch va hurmat ta'lim jarayonining samarali bo‘lishiga ta'sir qiladi. O‘quvchilarning o‘qituvchiga bo‘lgan ishonchi va hurmati o‘quvchilarning o‘qish faoliyatida muvaffaqiyatga erishishlariga yordam beradi. Samarali kommunikatsiya o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida ochiq, samimiy va o‘zaro tushunishga asoslangan aloqalarni o‘rnatishga xizmat qiladi. Bu o‘quvchilarning o‘z fikrlarini erkin ifoda etishga va o‘zining rivojlanishiga yordam beradi. Motivatsiya o‘qituvchining o‘quvchini qiziqtirishi va unga o‘z maqsadlariga erishish uchun undash zarurligini ko‘rsatadi. Motivatsiya o‘quvchilarning o‘quv jarayoniga faol ishtirok etishiga va o‘z bilimlarini rivojlantirishga undaydi. O‘qituvchining pedagogik mahorati va o‘qitish uslublari o‘quvchilarga ta'lim berishning samaradorligini oshiradi. O‘qituvchi faqat bilim berish emas, balki o‘quvchilarning ijtimoiy va emotsional rivojlanishiga ham e'tibor qaratishi kerak. O‘qituvchining yondashuvi, o‘quvchilarni qanday tinglash va ularga qanday yordam berish usullari ta'lim sifatini yaxshilashda muhim rol o‘ynaydi. Samarali ta'lim jarayoni uchun individual yondashuv, interaktiv metodlar va refleksiya www.tadqiqotlar.uz 19-to’plam 1-son may 2025 187 Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi asosida tahlil qilish zarur. 1. Psixologik munosabatning mohiyati Psixologik nuqtayi nazardan olib qaralganda, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi munosabat — bu ikki shaxs o‘rtasida kechadigan hissiy, ijtimoiy va intellektual aloqalarning yig‘indisidir. Ijobiy munosabatlar o‘quvchida o‘zini qadrlash, faollik, mustaqil fikrlash va bilimga chanqoqlikni shakllantiradi. Aksincha, salbiy munosabatlar esa o‘quvchida qo‘rquv, ishonchsizlik va ruhiy tushkunlikka olib kelishi mumkin. 2. O‘qituvchining roli va shaxsiyati O‘qituvchi nafaqat bilim beruvchi, balki psixologik jihatdan qo‘llab- quvvatlovchi shaxs hamdir. U o‘zining shaxsiy fazilatlari, muloqot madaniyati va pedagogik yondashuvi orqali o‘quvchilarning ichki dunyosiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. O‘qituvchining sabr-toqati, adolatparvarligi, hurmatga asoslangan muloqoti o‘quvchining psixologik holatini barqarorlashtiradi va uni o‘qishga undaydi. 3. O‘quvc

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi munosabatlarning ahamiyati, ularning o‘quv jarayonidagi roli va samarali rivojlanishiga ta'siri tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi munosabatlarning ahamiyati, ularning o‘quv jarayonidagi roli va samarali rivojlanishiga ta'siri tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
O'qituvchi, o'quvchi, pedagogik munosabatlar, ta'lim jarayoni, o'zaro hurmat, tarbiya, pedagogik etika, kommunikatsiya, ilmiy bilimlar, samarali rivojlanish, o'qitish texnologiyalari., motivatsiya, o'qituvchining roli, ta'lim metodikasi, psixologik yondashuv
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники