Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
QADIMGI JANUBI-SHARQIY OSIYO XALQLARINING DINIY E’TIQODLARI XUSUSIDA
Yarashev Sanjarbek · Oybek Iskandarovich Rajabov · Malayya arxipelagi · РЕЛИГИОЗНЫХ УБЕЖДЕНИЙ · полуостров Индокитай · Малайский архипелаг · SOUTHEAST ASIA
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
This article provides a comprehensive study of the primitive religious beliefs of the peoples living in the territory of Ancient Southeast Asia and the religious beliefs that emerged in the Middle Ages, based on scientific sources. It can be noted that all secular religious beliefs existed in the region. Keywords: Ancient Southeast Asia, religious beliefs, Indochina Peninsula, Malay Archipelago, Indonesia, Vietnam, Burma, Cambodia. Kirish. Yevrosiyo qit’asining janubi-sharqiy qismidagi Hindi-xitoy yarim orolida va qo‘shni Malayya arxipelagi orollarida o‘ziga xos madaniyatga ega bo‘lgan turli elatlar yashaydi. Taxminan 4,6 mln. km2 territoriyada hozirda bir necha yirik mustaqil davlatlar joylashgan. Uning aholisi 324 milliondan ortiq. Eng katta yarim orol (jahonda maydoni jihatidan uchinchi o‘rinda) hisoblangan Hindi – xitoydagi Vetnam (53 mln.), Laos (3,7 mln.), Kambodja Xalq Respublikasi (4,5 mln.), Birma (32,6 mln.) va Tayland qirolligi (46 mln.) joylashgan. 15 mingdan ortiq orollardan tashkil topgan Malayya arxipelagida esa katta hududni egallagan Indoneziya (148 mln.) va Filippin (45 mln.) Respublikalari, Malayziya Federatsiyasi (13,5 mln.), Singapur Respublikasi (2,4 mln.) kabi davlatlar mavjud. Asosiy qism. Vetlar qadimdan turli ibtidoiy e’tiqod shakllariga amal qilib, animizm, totemizm va shuningdek, o‘tmish ajdodlar kultlariga sig‘inganlar. Qolaversa, ularda "yer ruhlari, timsoh-ajdar va suv ustida suzuvchi qushlarga ham topinish odati bo‘lgan". Miloddan avvalgi III-II asrlarda, Hindiston bilan bo‘lgan aloqalar bois bu yerga buddizm kirib kelgan va milodning XII-XIII asrlariga borib keng tarqalgan. 157 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5 Xitoy madaniyatining Vetnamda yoyilishi ham aynan shu davrlarga to‘g‘ri keladi. Mamlakatda Budda, Konfusiy va Lao ta’limotlari diniy e’tiqod maqomiga ko‘tarilgan vaqtda, mavjud markazlar muzofoti va tog‘lik yerlarda yashagan aholining o‘z ibtidoiy e’tiqodlarida qolganliklari inkor etilmaydi. Vetnamliklarda ham xitoy, koreys va yaponlar singari, milliy mentalitet asosida ajdodlar ruhi poyiga nisbatan izzat-ehtirom ruhida munosabatda bo‘lish, ularni yodda saqlash alohida mas’uliyat ma’nosida tushunilgan. Vetnamlik nasorolar asosan ikki firqaga bo‘lingan: vet-katoliklar va vet-protestantlar. Fransuzlar zamonasida qurilgan katolik cherkovlari bus-butun saqlangan va hali-hamon ularning darvozalari dindorlar uchun ochiq. Yana shuni ham qayd etish lozimki, janubiy Vetnamning Mekong havzasida nisbatan yangi diniy sektalar ham faoliyat ko‘rsatgan. Bulardan birinchisi "Kao Day-Ulug‘ saroy", ya’ni dinshunoslikdagi atama bo‘yicha "kaodaizm" Budda, Iso Masih va Konfusiy, ikkinchisi - "Xoaxao-Uyg‘unlik va olijanoblik" esa buddizm, daosizm hamda boshqa diniy ta’limotlarga asoslangan. Vetnamdagi dindorlarning umumiy soni 20 million kishi bo‘lib, ular mamlakat aholisining taxminan uchdan bir qismini tashkil qiladi. Vetnamda eng keng tarqalgan e’tiqod buddizm[1, 6, 8,]. Mazkur xulosaning tasdig‘i sifatida, Ninbin provinsiyasida barpo etilgan mamlakatdagi eng mahobatli Budda ibodatxonasini misol keltirish mumkin. Bu maskandagi Buddaning uch haykali buddaparastlar nazdida o‘tmish, hozir va kelajakning ramzidir. Birmadagi diniy e’tiqodlar buddizm tarqalgan mintaqalar tarixida ta’limot asoschisining hayoti va faoliyati haqida juda ko‘p turli rivoyat va voqealar qayd etilgan. Bu diniy e’tiqodning Birmadagi tarixida shunday bir xabar saqlanib qolganki, uning qay darajada haqiqat ekanligi kishini o‘ylantirmay qo‘ymaydi. Tadqiqiy manbalardan olingan ma’lumotlarda berilishicha, "Birmaga Budda dini uning o‘zi bilan kirib kelib, Mandalay shahrida jonli Buddaning o‘zidan Mahamuni haykali yasab bitirilgach, shundan keyin yuzlab mo‘ьjaz tillakor ibodatxonalar qurilishi boshlab yuborilgan ekan"[1, 6, 8].. Buddizmning birmalik aholi o‘rtasida keng miqyosda qabul qilinishi XI asr ma’naviy hayotida muhim voqea bo‘lgan. Xususan, Pagan hukmdori Anauratha xuddi Hindistondagi imperator Ashokaga o‘xshab Birmada buddizm hinoyana mazhabining eng yirik targ‘ibotchisi edi. U o‘zining yangi din xususidagi tashviqotida nainki e’tiqodni, balki buddizm vositasida turli qabilalardan iborat birmaliklarni birlashtirish va madaniyatini yuksaltirish siyosatini ham ko‘zda tutgan. Taxt sohibi shuningdek, o‘z poytaxtini buddizmning markaziga aylantirish maqsadida qo‘shni mamlakatlardan diniy manbalarni keltirib maxsus ibodatxonalarda saqlagan. Budda ibodatxonalari qurilishida esa, Hindiston va Shri Lankada qad ko‘targan mashhur ibodatxonalar nusxasini bunyod etishga harakat qilingan. Shu yo‘nalishda 1090 yili qad ko‘targan kub shaklidagi Ananda ibodatxonasi Birma me’morchilik san’atining eng yorqin namunalaridan biri mavqeini egallagan. Birmadagi Budda ibodatxonalarida istiqomat qilgan rohiblarning hind buddaparastlaridan farqli o‘z qonun - qoidalari bo‘lib, ular, masalan, kunning birinchi yarmida taomlanganlar. Ikkinchi yarmida esa, faqat suv yoxud sharbat ichish bilan qanoatlanganlar. Tunda to‘rt s
Доказательный фрагмент
«This article provides a comprehensive study of the primitive religious beliefs of the peoples living in the territory of Ancient Southeast Asia and the religious beliefs that emerged in the Middle Ages, based on scien…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article provides a comprehensive study of the primitive religious beliefs of the peoples living in the territory of Ancient Southeast Asia and the religious beliefs that emerged in the Middle Ages, based on scien… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Ancient Southeast Asia, religious beliefs, Indochina Peninsula, Malay, Qadimgi Janubi-Sharqiy Osiyo, Malayya arxipelagi, Vetnam, Birma, Indoneziya, Kambodja., diniy e‘tiqod, Hindi-xitoy yarim oroli
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025