Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI TIZIMIDA ZAMONAVIY ELEKTRON TARTIBDA HUJJATLAR BILAN ISHLASH TIZIMINI ZAMONAVIY USLUBLAR ASOSIDA RIVOJLANTIRISH VA YO‘LGA QO‘YISH
Z.M. Mirzaaxmedov · Sh.U Qutlimuratov
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmon va Qarorlarini o‘rgangan holda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Markaziy apparati boshqarmalari, mustaqil bo‘lim va xizmatlari, hududiy va tarkibiy tuzilmalari hamda oliy harbiy bilim yurtlari tomonidan tizimda nomaxfiy ish yuritish va hujjatlar ijrosi ustidan nazoratni tashkil etish borasida ko‘nikma hosil qilishdan hamda ularni O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha normativ hujjatlar va zamonaviy elektron tartibda hujjatlar bilan ishlash tizimini zamonaviy uslublar asosida rivojlantirish va yo‘lga qo‘yishning yangicha usullarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy qarashlar va takliflarni o‘z ichiga oladi. Kalit soʻzlar: Prezident qarori, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, elektrоn hujjatlar, elektrоn murоjaat, huquq normalari, davlat muassasasi, ariza, taklif. Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) tizimi ko‘plab davlat idoralari, tashkilotlar va fuqarolar o‘rtasida tezkor va samarali axborot almashish zaruriyatini talab etadi. Hujjatlarni elektron tarzda yuritish FVV tizimida jarayonlarni tezlashtiradi, xatoliklarni kamaytiradi va samaradorlikni oshiradi. Bugungi kunda raqamli texnologiyalar favqulodda vaziyatlar boshqaruvida sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimini zamonaviy davlat ish yuritish nazariyasi va amaliyoti asoslariga tayanib boshqaruv tizimini me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlash orqali zamonaviy talablarga javob beruvchi malakali ish yurituvchi mutaxassislarni tayyorlashga hissa qo‘shishdan iborat. Hujjatlar bilan ishlash tizimini zamonaviy uslublar asosida rivojlantirish orqali ish unumdorligi va boshqaruvni samarali tashkil etilishi hamda FVV tizimi shaxsiy tarkibini saviyasini oshirishni o‘z zimmasiga oladi. Zamonaviy davlat ish yuritish nazariyasi va amaliyoti asoslari, boshqaruv tizimini me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlashning maqsad va vazifalari, ish yuritish tili va uslubi, hujjat turlari, ish yuritishni tashkil etishning dolzarb muammolarini o‘rganishni talab etadi. Tadqiqotning maqsadi. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Markaziy apparati, boshqarmalari, mustaqil bo‘lim va xizmatlari, hududiy va tarkibiy tuzilmalari hamda oliy harbiy bilim yurtlari harbiy xizmatchilari tomonidan tizimda nomahfiy ish yuritish va hujjatlar ijrosi ustidan nazoratni tashkil etish borasida zamonaviy ko‘nikma hosil qilishdan iboratdir. Tadqiqotning vazifalari. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilandi: tizimda mavjud professional tayyorgarlikning salohiyatini oshirish; favqulodda vaziyatlar 4 97 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ tizimini zamonaviy dasturlar bilan ta’minlash; rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rganish, mahalliy dastur ishlab chiqaruvchilar bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish; yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari shaxsiy tarkibi tomonidan insonlarni favqulodda vaziyatlardan qutqarish usullarini takomillashtirish; respublikamizdagi boshqa turdosh davlat organlari bilan mavzuga dahldor masalalar yuzasidan tajriba almashish; favqulodda vaziyatlar tizimiga malakali professional tayyorgarlik va mutaxassisligiga ega kadrlarni jalb etish; sohada ishlayotgan iqtidorli xizmatchilarga yеtarli darajada shart-sharoit yaratib berish, ularni moddiy qo‘llab quvvatlash masalalarini ko‘rib chiqishdan iborat bo‘ldi. Tadqiqot obyekti. Tadqiqot obyekti sifatida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Markaziy apparati, boshqarmalari, mustaqil bo‘lim va xizmatlari, hududiy va tarkibiy tuzilmalari tanlangan. Tadqiqot predmeti. Predmeti sifadida Favqulodda vaziyatlar vazirligida hujjatlar bilan ishlash va ish yuritish usullarini takomillashtirish olingan. Tadqiqotning usullari. Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida hujjatlar bilan ishlash va ish yuritish nazariyasini hamda hujjatlar almashinuvini takomillashtirishning yangicha usullarini ishlab chiqish bo‘yicha malakaviy bitiruv ishida umumilmiy metodlar, tahlil, sintez, umumlashtiruv, shuningdek, juz’iy metodlar, tarixiy, mantiqiy, statistik metodlar ishlatildi. Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi (tahlili). Hozirgi vaqtda vazirliklar va idoralar, davlat hokimiyati mahalliy organlari apparatlarida ijro intizomini mustahkamlash, ish yuritishni takomillashtirish boshqaruvning barcha darajalarida xizmat olib borayotgan rahbarlar va mutaxassislar javobgarligini yanada oshirishni taqazo etmoqda. Aynan mamlakatimizda shu yo‘nalish bo‘yicha Z.M.Mirzaahmedov, B.T.Akramxodjayev, G‘.A.Alimov, Z.M.Jo‘raev, M.Aminov, A.Madvaliev va boshqalar Zamonaviy davlat ish yuritish nazariyasi, amaliyoti va boshqaruvni me’yoriy hujjatlarini ishlab chiqishda o‘zlarini hissalarini qo‘shganlar. Shu bilan birga yuqorida qayd etilgan mutaxassislarning ilmiy nashrlari hozirgi davrda O‘zbekiston Respublikasi FVV tiz
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmon va Qarorlarini o‘rgangan holda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Markaziy apparati boshqarmalari, mustaqil bo‘l…»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmon va Qarorlarini o‘rgangan holda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Markaziy apparati boshqarmalari, mustaqil bo‘l… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- huquq normalari, davlat muassasasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, elektrоn hujjatlar, Prezident qarori, taklif., ariza, elektrоn murоjaat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025