Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BARQAROR RIVOJLANISH TAMOYILLARIGA (ESG) ASOSLANGAN HOLDA MAHALLIY BYUDJET DAROMADLARI BAZASINI MUSTAHKAMLASH
Zaylobiddinov Mirkomiljon Abdulhamid o’g’li
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
This article analyzes the issue of strengthening the local budget revenue base in the Republic of Uzbekistan through the lens of the Sustainable Development Goals (SDGs) and ESG principles (Environmental, Social, and Governance). It emphasizes the importance of ensuring regional financial independence, increasing budget revenues, and managing resources efficiently. The study examines Uzbekistan’s national strategy up to 2030, the green taxonomy model, and local revenue sources such as land, property, and profit taxes, along with environmental fees. It also highlights how digital transformation, automation of tax reporting, and the expansion of electronic services are contributing to the growth of budget revenues. Additionally, the article proposes the development of new revenue sources through tax incentives for small businesses, support for the self-employed population, and public-private partnership projects. Keywords: local budget, revenue base, Sustainable Development Goals (SDGs), ESG principles, financial independence, tax revenues, digital transformation, green taxonomy, public- private partnership (PPP), electronic tax control, fiscal policy, regional financing, self- employment, tax base, local economic stability. 4 72 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ KIRISH. Bugungi global iqtisodiy va ijtimoiy o‘zgarishlar sharoitida mahalliy darajada moliyaviy mustaqillikni ta’minlash va byudjet daromadlarini barqaror shakllantirish masalasi tobora dolzarb bo‘lib bormoqda. Xususan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan ilgari surilgan Barqaror Rivojlanish Maqsadlari (BRM) mahalliy darajada moliyaviy resurslarni shakllantirishda keng ko‘lamli islohotlar va tizimli yondashuvlarni talab qilmoqda. 1Bu tamoyillar O‘zbekistonning 2030- yilgacha bo‘lgan rivojlanish strategiyasida ham o‘z ifodasini topgan. Mamlakatda mahalliy byudjet daromadlarining mustahkam va muvozanatli shakllanishi, ularning barqarorligini ta’minlash borasida kompleks choralar ko‘rilmoqda. Xususan, O‘zbekiston hukumati tomonidan 2030-yilgacha bo‘lgan milliy rivojlanish strategiyasini BRM bilan uyg‘unlashtirish yo‘lida qabul qilingan siyosiy va institutsional qarorlar bevosita hududiy byudjet siyosatining barqaror asoslarda shakllanishiga xizmat qilmoqda. Bu orqali mahalliy hokimiyatlarning moliyaviy mustaqilligi, o‘z daromadlarini shakllantirishdagi vakolati va mas’uliyati ancha kengaymoqda. 2018-yilda hukumat tomonidan tasdiqlangan 2030-yil kun tartibi doirasida barqaror rivojlanish yo‘nalishlariga muvofiq 16 ta milliy maqsad, 125 ta konkret vazifa va 206 ta ko‘rsatkich belgilangan bo‘lib, ular hududiy darajadagi byudjet rejalashtirish, daromadlar bazasini kengaytirish va moliyaviy monitoring jarayonlarini takomillashtirishga xizmat qilmoqda. Bu indikatorlar yordamida mahalliy byudjetlar daromadlarining o‘sishini nafaqat iqtisodiy samaradorlik, balki ekologik va ijtimoiy barqarorlik mezonlari asosida ham baholash imkoniyati yaratilmoqda. Mahalliy darajadagi BRMga asoslangan yondashuvlar — xususan, yashil iqtisodiyot, ijtimoiy tenglik va boshqaruvdagi shaffoflikni kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar — byudjetga tushumlar hajmini oshirish, soliqqa tortish bazasini kengaytirish va investorlar uchun ishonchli muhit yaratish orqali daromadlarning barqarorligini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Bu esa o‘z navbatida, mahalliy byudjetlarning markaziy byudjetga qaramligini kamaytirish va moliyaviy o‘zini o‘zi ta’minlash darajasini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar jarayonida mahalliy moliyaviy mustaqillikni kuchaytirish va byudjet daromadlari bazasini kengaytirish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Hududlar daromad salohiyatining ortishi nafaqat iqtisodiy o‘sishning qo‘zgatuvchi omili, balki barqaror ijtimoiy taraqqiyot, aholi turmush darajasini yaxshilash va bandlik muammolarini hal etishda muhim moliyaviy tayanch sifatida maydonga chiqmoqda. Shu boisdan, mahalliy byudjetlarning daromad bazasini mustahkamlash, uni barqaror va uzoq muddatli rivojlanishga yo‘naltirish — bugungi davrda davlat moliyasini boshqarishning ustuvor yo‘nalishiga aylanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 52-moddasida belgilanishicha, 2 Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining daromadlari bir qator soliqlar, yig‘imlar, jarimalar, mulkdan olinadigan daromadlar, shuningdek, respublika byudjetidan ajratiladigan transfertlar hisobidan shakllantiriladi. Bunda foyda solig‘i, daromad solig‘i, yer va mol-mulk soliqlari, aksizlar, suv va yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqlar, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslardan tushadigan qaytarilmas mablag‘lar asosiy manbalarni tashkil etadi. Mahalliy byudjet 1 https://uzbekistan.un.org/uz/sdgs 2 O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi, Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03/25/1038/0188-son 4 73 Internationa
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the issue of strengthening the local budget revenue base in the Republic of Uzbekistan through the lens of the Sustainable Development Goals (SDGs) and ESG principles (Environmental, Social, and…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the issue of strengthening the local budget revenue base in the Republic of Uzbekistan through the lens of the Sustainable Development Goals (SDGs) and ESG principles (Environmental, Social, and… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- local budget, revenue base, Sustainable Development Goals (SDGs), ESG, daromadlar bazasi, hududiy moliyalashtirish, barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM), raqamli transformatsiya, ESG tamoyillari, moliyaviy mustaqillik, soliq tushumlari, davlat-xususiy sheriklik (DXSh), o‘zini o‘zi band qilganlar, soliq bazasi, mahalliy byudjet, fiskal siyosat, mahalliy iqtisodiy barqarorlik., yashil taksonomiya, elektron soliq nazorati
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024