Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘ZBEKISTONDA YOSH GANDBOLCHI DARVOZABONLARNI TAYYORLASHNING ZAMONAVIY USULLARI VA YECHIMLARI
Zaribboyev Zafarbek Farxod o‘g‘li
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
This article analyzes the current state of training young handball goalkeepers in the Republic of Uzbekistan, identifies existing challenges, and proposes innovative solutions to address them. The study examines issues related to physical, technical, and psychological preparation, discussing international and local practices, particularly the example of the OKMK team, in the context of modern methods. The article provides practical recommendations aimed at enhancing the skills of young goalkeepers. Keywords: Young handball players, goalkeeper training, modern methods, biomechanical analysis, psychological preparation, sports infrastructure, international experience. Dolzarbligi: O‘zbekiston Respublikasida gandbol sporti so‘nggi yillarda, ayniqsa yoshlar o‘rtasida sezilarli darajada rivojlanmoqda. Bu jarayonda davlatning faol ishtiroki muhim ahamiyatga ega bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-noyabrdagi PQ- 4 15 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 4877-son “Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori [1]. Ushbu tashabbuslar yoshlar o‘rtasida gandbolning ommalashishiga va milliy musobaqalarning sifatini oshirishga xizmat qiladi. Biroq, gandbolning eng muhim bo‘g‘inlaridan biri - darvozabonlarni tayyorlash jarayonida bir qator jiddiy muammolar saqlanib qolayotganidir. O‘zbekiston Gandbol Federatsiyasi ma’lumotlari va “Umid nihollari” hamda O‘zbekiston chempionatlari kabi musobaqalarni tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, yosh darvozabonlarda asosiy texnik ko‘nikmalar, xususan, to‘pni ushlash, qaytarish va tezkor reaksiya ko‘rsatish kabi mahoratlar yetarlicha rivojlanmagan. Masalan, 2024-yilgi O‘zbekiston chempionatida o‘tkazilgan o‘yinlarning video tahlillari shuni ko‘rsatadiki, darvozabonlarning 60% dan ortig‘i raqibning o‘rtacha masofa (9m.)dan yo‘llagan zarbalarini qaytarishda qiyinchiliklarga uchrashdi. Bu nafaqat texnik tayyorgarlikning yetishmasligi, shu bilan birga mashg‘ulotlar zamonaviy usullarga asoslanmaganligidan kelib chiqadi. Ya’ni an-anaviy mashg‘ulotlar hanuzgacha davom etib kelayotganidir. Bundan tashqari, psixologik tayyorgarlikning yaxshi emasligi yosh darvozabonlarning o‘yin davomidagi harakatlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. O‘yinning keskin daqiqalarida, masalan,7 metrlik jarima zarbasi yoki muhim himoya paytida stressni boshqara olmaslik va o‘ziga ishonchsizlik musobaqa natijalariga salbiy ta’sir qiladi. L.Z.Xolmurodovning tadqiqotlari shuni ta’kidlaydiki, psixologik tayyorgarlik jismoniy sifatlar bilan birgalikda rivojlantirilmasa, sportchilar o‘z salohiyatini to‘liq namoyon qila olmaydi [3]. Trenerlarning xalqaro tajribadan yetarlicha foydalanmasligi va zamonaviy metodikalarni qo‘llashdagi sustkashligi ham muhim to‘siq hisoblanadi. Dunyoning gandbol bo‘yicha yetakchi davlatlari, masalan, Daniya va Germaniya, darvozabonlarni tayyorlashda biomehanik tahlillar, individual mashg‘ulotlar va video tahlil kabi ilg‘or usullardan foydalanadi. O‘zbekistonda esa ko‘plab trenerlar an’anaviy usullarga tayanib, zamonaviy texnologiyalar va jihozlardan foydalanishda orqada qolmoqda. Shu bilan birga, respublikaning chekka hududlaridagi sport zallarining yetarlicha jihozlanmaganligi, masalan, maxsus trenajyorlar va video tahlil uskunalari yo‘qligi mashg‘ulotlar samaradorligini o‘zgarishlarsiz qoldirmoqda. O‘zbekistonda zamonaviy usullardan foydalanib keladigan murabbiylar va jamoalar bor ulardan biri, OKMK jamoasi, ular darvozabonlarni tayyorlashda innovatsion yondashuvlarni qo‘llashadi shu bilan birga individual mashg‘ulotlar va video tahlil usullari orqali yuqori natijalarga erishmoqdalar [5]. Ushbu jamoaning Respublika chempionatlarida doimiy yetakchiligi zamonaviy usullarning samaradorligini bilan ifodalanadi. Mazkur muammolarni o‘rgangan xolda shuni aytish mumkinki, biomehanik tahlil, psixologik testlarni sportchilarda o‘tkazib turish va xalqaro tajribalardan habardor bo‘lish va ularni mashg‘ulotlarda qo‘llab borish dolzarblidir. Tadqiqotning metodologiyasi: Tadqiqot O‘zbekiston Gandbol Federatsiyasi (https://uzhandball.uz) va Sport vazirligi (https://gov.uz/oz/sport) ma’lumotlari, shuningdek, “OKMKhandball” ijtimoiy tarmog‘idagi videolar tahliliga asoslanadi. Yosh darvozabonlarning musobaqalardagi o‘yinlari video tahlil qilindi, ularning texnik va psixologik tayyorgarlik darajalari baholandi. 4 16 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Bundan tashqari, Daniya va Germaniya kabi gandbol bo‘yicha yetakchi mamlakatlarning tajribasi o‘rganildi. A.Sh.Muminov [4] va L.Z.Xolmurodov [5] kabi mutaxasis va olimlarning tadqiqotlari ham ushbu ishda asosiy manba sifatida foydalanildi. Tadqiqotning natijalari: Texnik tayyorgarlikdagi muammolar O‘zbekiston chempionatlari va “Umid nihollari” musobaqalarid
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the current state of training young handball goalkeepers in the Republic of Uzbekistan, identifies existing challenges, and proposes innovative solutions to address them.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the current state of training young handball goalkeepers in the Republic of Uzbekistan, identifies existing challenges, and proposes innovative solutions to address them. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Young handball players, goalkeeper training, modern methods, Yosh gandbolchilar, sport infratuzilmasi, xalqaro tajriba., darvozabon tayyorgarligi, zamonaviy usullar, biomehanik tahlil, psixologik tayyorgarlik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024