Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
14-15 YOSHLI FUTBOLCHILARDA MAXSUS CHIDAMKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VOSITALARINI TANLASH VA QOʻLLASHDAGI MUAMMOLAR
Qosimov Mirjalol Qahramon oʻg'li · Chirchiq shahri. (Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti 1-bosqich magistranti)
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
This article presents recommendations for addressing issues related to the selection and application of methods for developing specific endurance in 14–15-year-old football players. Key words: specific endurance, physical loads, technical and tactical exercises, interval running, individual recovery. Kirish. Chidamlilik – futbol oʻyinchilari uchun asosiy jismoniy sifatlaridan biri boʻlib, u sportchining uzoq muddat davomida yuqori samaradorlik bilan harakatlanish qobiliyatini belgilaydi. Ayniqsa, 14-15 yoshli futbolchilarni tayyorlash jarayonida maxsus chidamlilikni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi, chunki aynan shu davrda organizmning fiziologik va funksional oʻzgarishlari jadallashadi. Oʻsmirlik davrida yurak-qon tomir va nafas olish tizimlarining rivojlanishi, mushak massasining oʻsishi va energiya almashinuvidagi oʻzgarishlar chidamlilikka ta’sir qiluvchi omillar hisoblanadi. Shu sababli, futbolchilarning jismoniy imkoniyatlarini maksimal darajada oshirish va ularning oʻyin jarayonida yuqori natijalarga erishishini ta’minlash uchun chidamlilikni shakllantirishga yoʻnaltirilgan maxsus vositalarni toʻg‘ri tanlash va qoʻllash zarur. Bu jarayonda mashg‘ulot usullari, yuklamalar intensivligi hamda tiklanish jarayonlariga e’tibor qaratish muhim ahamiyatga ega. Adabiyotlar tahlili Maxsus chidamlilikni shakllantirish jarayoni futbolchilarning sport natijalarini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu jarayon fiziologik, biomekanik va psixologik omillarni hisobga olgan holda, ilmiy asoslangan yondashuv orqali amalga oshirilishi lozim [1; 45-66]. 3 92 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Maxsus chidamlilikni rivojlantirish uchun turli xil mashg‘ulot metodikalaridan foydalanish zarur boʻlib, bu usullar energiya ta’minot tizimlarini takomillashtirish, mushaklarning aerob va anaerob imkoniyatlarini oshirish, hamda asab-mushak koordinatsiyasini yaxshilashga qaratilgan [2 3;87-90]. Shu bilan birga, jismoniy yuklamalardan keyin organizmning tiklanish jarayonlarini optimallashtirish ham muhim ahamiyatga ega[3; 76-88]. Bunda reabilitatsiya usullari – shu jumladan, sport massaji, toʻg‘ri ovqatlanish, individual tiklanish rejimlari va regenerativ mashqlar qoʻllanilishi lozim[4; 67-71]. Ushbu kompleks yondashuv futbolchilarning chidamliligini oshirish bilan birga, jarohatlar oldini olish va uzoq muddatli sport barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Tadqiqot metodologiyasi Mazkur tadqiqotimiz oldiga qoʻyilgan maqsadi va hal etish uchun pedagogika sohasida koʻp qoʻllaniladigan tadqiqot (Ilmiy-uslubiy adabiyotlar tahlili, pedagogik kuzatuv, anketa soʻrovnoma) usullardan foydalanildi. Tadqiqotning maqsadi 14-15 yoshli futbolchilarda maxsus chidamkorlikni rivojlantirish vositalarini tanlash va qoʻllashdagi muammolarni bartaraf etishga doir tavsiyalar ishlab chiqish. Tadqiqot vazifalari quydagilardan iborat. 14-15 yoshli futbolchilarda maxsus chidamkorlikni rivojlantirish vositalarini tanlashga tegishli kuztuvlar olib borish asosida maxsus chidamkorlik vositalar tartibini ishlab chiqish: 14-15 yoshli futbolchilarda maxsus chidamkorlikni rivojlantirish vositalarini qoʻllashdagi muammolarni bartaraf etishga doir tavsiyalar ishlab chiqish. Tadqiqotni tashkil etilishi va samaradorligi Jismoniy yuklamalarga moslashuv – bu organizmning jismoniy faollik natijasida yuzaga keladigan oʻzgarishlarga fiziologik va biokimyoviy darajada javob berish qobiliyatidir. Futbolchilarda yuklamalarga moslashuv jarayoni uzoq muddatli mashg‘ulotlar davomida shakllanib, yurak-qon tomir tizimi, nafas olish a’zolari, mushak-motor tizimi hamda markaziy asab tizimining funksional imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan. Energiya tizimlarining moslashuvi. Jismoniy yuklamalar davomida organizmning energiya ta’minot tizimlari bosqichma-bosqich moslashadi: Aerob tizim – uzoq davom etadigan past va oʻrta intensivlikdagi mashg‘ulotlar jarayonida kislorod yetkazib berish mexanizmlarining takomillashuvi kuzatiladi. Yurak urish hajmi ortib, periferik qon aylanish yaxshilanadi. Anaerob tizim – qisqa muddatli, yuqori intensivlikdagi yuklamalar vaqtida anaerob glikoliz jarayonining faollashishi kuzatiladi, bu esa tezkor energiya ta’minotini ta’minlaydi va mushaklardagi laktatga chidamlilikni oshiradi. Maxsus chidamlilikni rivojlantirish futbolchilarning texnik, taktik va jismoniy koʻrsatkichlarini yaxshilashda muhim rol oʻynaydi. Ushbu jarayon futbolchilarning energiya ta’minoti tizimlarini takomillashtirish, tezkor va uzoq davom etuvchi jismoniy yuklamalarga moslashuvini oshirish hamda asab-mushak koordinatsiyasini rivojlantirishga qaratilgan. Maxsus chidamlilikni shakllantirishda qoʻllaniladigan asosiy vositalarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 3 93 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 1. Jismoniy tayyorgarlik mashqlari Bu turdagi mashqlar futbolchilarning umumiy
Доказательный фрагмент
«This article presents recommendations for addressing issues related to the selection and application of methods for developing specific endurance in 14–15-year-old football players.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article presents recommendations for addressing issues related to the selection and application of methods for developing specific endurance in 14–15-year-old football players. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- specific endurance, physical loads, technical and tactical exercises, interval, interval yugurish, jismoniy yuklamalar, maxsus chidamlilik, individual tiklanish., texnik va taktik mashqlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014