Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
HADISLARDA IQTISODIY TARBIYA MASALALARI
Mirzabekova Gumsha Xo‘jabekovna · Kdirbayeva Kamshat Maxsetovna (Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Boshlang‘ich ta’lim fakulteti)
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
The article provides information about the two pillars of the family, provides a pedagogical analysis of the ideas regarding economic education in the hadiths included in the works of Imam al-Bukhari, as well as the importance of money in raising children in the family. Key words: Education, family, society, morality, economics, spirituality, hadith "Al-Jami as-Sahih", extravagance. ВОПРОСЫ ЭКОНОМИЧЕСКОГО ОБРАЗОВАНИЯ В ХАДИСАХ Аннотация. В статье дается информация о двух столпах семьи, дается педагогический анализ идей относительно экономического воспитания в хадисах, включенных в труды имама аль-Бухари, а также о значении денег в воспитании детей в семье. Ключевые слова: Образование, семья, общество, мораль, экономика, духовность, хадис «Аль-Джами ас-Сахих», расточительство. Har bir davrning oʻziga xos dolzarb muammolari va masalalari boʻlgani kabi shunday bir masala borki, u bizni hamisha oʻylantirib keladi. Bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir soʻz bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan oʻzgaryapti. Bu oʻzgarishlarni hammadan ham koʻproq his qilayotganlar ham aynan jamiyatimizning faol va oʻz navbatida nozik qatlami boʻlmish yoshlardir. Mayli, yoshlar oʻz davrining talablari bilan uyg‘un boʻlsin. Lekin ayni paytda oʻzligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, oʻzligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan.[1.1b] Tarbiya esa eng avvlo oiladan boshlanadi. Oila – jamiyatning eng muhim instituti. Chunki, u tug‘ilishdan to o‘limgacha insonning mavjudligi va rivojlanishi uchun odatiy muhit vazifasini bajaradi. Nafaqat odatiy balki, zamon nafasi bilan uyg‘unlikda farzand dunyoqarashning shakillanib borishida ta’limiy va tarbiyaviy jarayonlarni birdek qamrab oluvchi va oʻz navbatida dinamik xarakterga xususiyatiga ega boʻlgan ziyo maskanidir. Uning ikki ustuni mavjud. Bular: birinchisi-iqtisod, ikkinchisi-ma’naviyat.[3.66b] ➢ Iqtisod- jamiyatning hamma a’zolari uchun faravon hayot yaratish usul va vositalarini oʻrganadigan va amalda qoʻllaydigan soha. 3 57 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ ➢ Ma’naviyat- inson ruhiy va aqliy olamini ifodalovchi tushuncha. U kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiy, axloqiy, diniy tasavvurlarini oʻz ichiga oladi. Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot boʻlsa, uning joni va ruhi–ma’naviyatdir. Milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ajdodlarimizning boy merosi negizida shakillanib boruvchi milliy tarbiyada ham har ikki tushunchadan uyg‘unlikda foydalanish oila mustahkamligini belgilab beruvchi omil boʻlib xizmat qiladi. Xususan, buyuk muhaddis Imom al- Buxoriyning mashhur toʻrt qismdan iborat «Al-jomi’ as-sahih» («Ishonarli toʻplam») asarining aynan ikkinchi qismi «Savdo - sotiq kitobi» deb nomlangan boʻlib, unda iqtisodiy munosabatlar zamirida shakillanib boruvchi inson axloqi va ma’naviyati borasidagi hadislar oʻrin olgan. Hadisi shariflar Qur’oni Karimdan keyingi muqaddas manba sifatida e’tirof etiladi. Shu nuqtai nazardan ularda keltirilgan ko‘rsatmalarni Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan musulmonlarga xolis nasihat deb tushunish mumkin. Ularda bir qator asosiy masalalar sirasida isrofgarchilik, uning zararli oqibatlari haqida ham xabar berilgan. Isrof so‘zining lug‘aviy ma’nosi bu–molni gunoh ishlarga sarflash yoki o‘zi va bola-chaqasi uchun hech narsa qoldirmay, bor-yo‘g‘ini mayda-chuyda, ikir-chikirlarga sarflab yuborish ma’nolarini anglatadi. Isrof–u qaysi ko‘rinishda bo‘lmasin kishining bor-yo‘g‘ini sovuradi, yakson qiladi.[4.131b] Oiladagi isrofgarchilik majoziy ma’noda aytganda “zanjir reaksiyasi”ning boshlanishiga olib keladi. Ya’ni: ➢ iqtisodiy yetishmovchilikka; ➢ oila a’zolari oʻrtasida kofliktli vaziyatlarga; ➢ ematsional-ruhiy zo‘riqishga; ➢ jismoniy sog‘ligiga; ➢ er-xotin ajrimlarga; ➢ ijtimoiy yetimlikka; ➢ jinoyatga sabab boʻlishi mumkin. Bundan koʻrinadiki, iqtisodiy tarbiya masalasiga befarq qaramaslik lozim. Jumaldan, iqtisodiy tarbiyaning muhim vositasi boʻlmish, pul ham insonni tarbiyalashdek xususiyatga ega. Bunga atoqli yozuvchi Sadriddin Ayniyning farzandlar tarbiyasida qoʻllagan pul taqsimotini ham keltirish mumkin. Ya’ni, Sadriddin Ayniy oʻg‘li va qizi Moskvada oʻqiganida oʻg‘liga oz, qiziga koʻp pul yuborar ekan. Bunday qilishining sababini: “Oʻg‘il bolani toʻqchilik buzadi, qiz bolani yoʻqchilik” degan fikrlari orqali bayon qilgan. Bundan ko‘rinadiki, biz uchun shunchaki odatiy hol sanalmish oila va uning a’zolari oʻrtasidagi pul taqsimoti ham juda muhimdir. Hozirgi kunda mehnatga, oilaga nisbatan yengil-yelpi qarash kayfiyati bilan birgalikda bir zumda moʻmay daromadga ega boʻlish istagi insonlar o‘rtasida turli xil ko‘rinshdagi ko‘ngilsizliklarni yuzaga keltirmoqda. Bulardan biri bu-hatto yorug‘ dunyoga kelmagan goʻdaklarni sotishdir. Bu katta gunohd
Доказательный фрагмент
«The article provides information about the two pillars of the family, provides a pedagogical analysis of the ideas regarding economic education in the hadiths included in the works of Imam al-Bukhari, as well as the i…»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article provides information about the two pillars of the family, provides a pedagogical analysis of the ideas regarding economic education in the hadiths included in the works of Imam al-Bukhari, as well as the i… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Education, family, society, morality, economics, spirituality, hadith "Al-Jami, «Al-jomi’ as-sahih» hadis, iqtisod, oila, ma’naviyat, jamiyat, isrof., Tarbiya, odob-axloq
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026