Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OILADA BOLANING BO`SH VAQTINI TASHKIL ETISH MAZMUNI
Kdirbayeva Kamshat Maxsetovna
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
The article examines the content, tasks of family education, the importance of increasing the role of free time, organizing family life based on the correct rhythm and regime, rational distribution of responsibilities between its members, planning work and rest, as well as the important role of economic education organized in the family in the formation of economic literacy and thinking in children. Key words: Family, education, parents, thinking. СОДЕРЖАНИЕ ОРГАНИЗАЦИИ СВОБОДНОГО ВРЕМЕНИ РЕБЕНКА В СЕМЬЕ Аннотация. В статье рассматриваются содержание, задачи семейного воспитания, значение повышения роли свободного времени, организация жизни семьи на основе правильного ритма и режима, рационального распределения обязанностей между ее членами, планирования труда и отдыха, а также важная роль экономического воспитания, организованного в семье, в формировании экономической грамотности и мышления у детей. Ключевые слова: Семья, воспитание, родители, мышление. Oila tarbiyasi-ota-onalar yoki shaxs kamoloti uchun mas'ul shaxslar tomonidan tashkil etiluvchi hamda farzandlarni har tomonlama yetuk, sog'lom etib tarbiyalashga yo'naltirilgan pedagogik jarayon. Ota-onalar o'zlarining ijtimoiy burchlarini bajarar ekanlar, farzandlarida mehnatga, uni tashkil etuvchilarga nisbatan mehr-muhabbat, hurmat tuyg'usini shakllantirish, ularni ijtimoiy-foydali mehnatga tayyorlash, turli ko'rinishdagi munosabatlarni uyushtirish vaqtida tartib-intizomga amal qilish, ijtimoiy me'yorlarga og'ishmay rioya etish, sog'lom turmush tarzini yaratish, o'z shaxsiy hayotlari mazmunini belgilashda maqsad, so'z va faoliyat birligini ta'minlash borasida har tomonlama ijobiy ibrat namunasini ko'rsatadi. Ayniqsa, hozirgi vaqtda oilaning bo'sh vaqtni va dam olishni tashkil etish funktsiyasi alohida ahamiyat kasb etmoqda. Bo'sh vaqt deganda biz shartli ravishda ishdan tashqari (erkin) vaqtni tushunamiz. Bo'sh vaqt – muhim ijtimoiy qadriyatlardan biri, insonning jismoniy va ma'naviy kuchini qayta tiklash, shaxsni har tomonlama rivojlanishining takrorlanmas vositasi. Bo'sh vaqtning rolini oshirish oila hayotini to'g'ri ritm va rejim asosida tashkil etish, uning a'zolari orasida majburiyatlarni oqilona taqsimlash, mehnat va dam olishni rejalashtirishga imkon beradi. 3 54 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Oilaviy bo'sh vaqt o'zida birgalikda o'qish (kitob, gazeta, jurnal), radio eshitish, televizor ko'rish, qarindoshlar, do'stlar, tanishlar bilan uchrashish, kutubxona, teatr, kontsert saroylari va kinoteatrlarga tashrif buyurish; yillik ta'tilni birga o'tkazish; ko'ngilochar bog', sayohat, sayrga chiqish; sport bilan shug'ullanish, musobaqalarda ishtirok etish; bayramlar o'tkazishni aks ettiradi. Eng avvalo, oiladagi tarbiya mazmuni demokratik jamiyatning bosh maqsadi bilan belgilanadi. Jamiyatimizning bosh maqsadi – har tomonlama barkamol, erkin fikrli shaxsni tarbiyalash ekan, oila tarbiyasi mazmuni ham o'zida ana shu oliy maqsadni ifodalashi zarur. Shaxsning jismoniy va psixologik sog'lomligini ta'minlash, intellektual, axloqiy jihatdan rivojlantirish, mehnat, jamiyat va oilaviy hayotga tayyorlash oilaning majburiyatlaridir. Oilaviy tarbiya mazmunining tarkibiy qismlari o'zida jismoniy, axloqiy, intellektual, estetik, mehnat tarbiyasini aks ettiradi. Shu bilan birga bu jarayon o'sib kelayotgan avlodga iqtisodiy, ekologik, siyosiy, jinsiy ta'lim berish bilan to'ldirib boriladi. Davlatimiz bugungi kunda bolalarni va yoshlarni jismoniy tarbiyalashni dolzarb vazifa sifatida belgilab bergan. Oilada jismoniy tarbiya sog'lom turmush tarziga asoslanadi va kun tartibini to'g'ri tashkil etish, sport bilan shug'ullanish, organizmni chiniqtirishni o'z ichiga qamrab oladi. Oiladagi jismoniy tarbiya quyidagi vazifalarni hal etishga qaratiladi: -sog'liqni mustahkamlash, bolalarni jismoniy jihatdan to'g'ri rivojlanishiga ko'maklashish; -asosiy harakatlantiruvchi sifatlarni rivojlantirish; -estetik sifatlarni shakllantirish; -axloqiy sifatlarni shakllantirish; -gigienik ko'nikma va malakalarni hosil qilish; Bolalarning sog'lom bo'lishlarida ularning kundalik rejimga amal qilishlari nihoyatda muhimdir. Ota-onalar yoki oilaning katta vakil avlodlari bolalarning mehnat qilishlari va dam olishlarini tartibga solishga ahamiyat berishlari kerak. Intellektual tarbiya ota-onalarning bolalarning bilimlarini boyitish, ularni egallash va doimiy yangilab borish ehtiyojlarini shakllantirishga qiziqish bilan ishtirok etishini talab etadi. Bilishga qiziqish, qobiliyatlarni rivojlantirish markazida ota-onalarning g'amxo'rligi turadi. Bu borada ota-ona yoki oilaning boshqa a'zolarining dunyoqarashi, ehtiyoj va qiziqishlari doirasi hamda ular tomonidan ko'rsatilayotgan namuna muhim tarbiyaviy omil bo'lib xizmat qiladi. Oila muhitida bolaning aqliy jihatdan tarbiyalab borishda konstruktorlik o'yinlari (kubiklar yordamida uylar qurish, kesmalar asosida fano (tasvir)lar hosil qilish va boshqal
Доказательный фрагмент
«The article examines the content, tasks of family education, the importance of increasing the role of free time, organizing family life based on the correct rhythm and regime, rational distribution of responsibilities…»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article examines the content, tasks of family education, the importance of increasing the role of free time, organizing family life based on the correct rhythm and regime, rational distribution of responsibilities… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Family, education, parents, thinking, ota-ona, tarbiya, Oyla, tafakkur.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025