К содержанию
РецензированоUZ2025

GANDOLCHILARDA MUSOBAQAVIY STRESSNI YENGISH VA PSIXOLOGIK TAYYORGARLIKNI SHAKLLANTIRISH USULLARI

TAYYORGARLIKNI SHAKLLANTIRISH USULLARI · Pavlov Shoislom Kalibayevich · Xudoyberdiyeva Nigora Abdusamat qizi

Современная наука и исследования · 4 · 1091-1098 · 2025

Аннотация

Handball players rely not only on physical preparedness but also on psychological readiness during gameplay. Competitive stress conditions can negatively impact an athlete’s decision-making ability, concentration, and performance. This study analyzes the primary sources of stress — team pressure, expectations, and individual responsibility — and examines the effects of competitive stress on athletes from both negative and positive perspectives. Techniques such as concentration focus, visualization, positive thinking, self- awareness, and mental regulation strategies are recommended as effective tools for reducing stress and enhancing athletic performance. 3 37 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Keywords: Handball sport, competitive stress conditions, psychological stability, emotional discipline, cognitive regulation strategies, athletes' mental preparation, psychoregulatory techniques, stress resilience competency, psychological adaptability, motivational factors. Gandbol — yuqori tezlikda kechadigan, jamoaviy harakatlar va tezkor qaror qabul qilishni talab qiluvchi sport turi hisoblanadi. Bunday sharoitda sportchining faqat jismoniy emas, balki psixologik tayyorgarligi ham muhim rol o‘ynaydi. Ayniqsa, musobaqa paytidagi stress holatlari gandbolchilarning harakatlariga, diqqatiga va o‘yindagi samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu sababli, sportchilarda musobaqaviy stressni yengish va psixologik barqarorlikni shakllantirish usullarini o‘rganish dolzarb masala hisoblanadi. Ushbu ishda gandbolchilarning psixologik tayyorgarligini mustahkamlash va stressni boshqarish usullarining samaradorligi tahlil qilinadi hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi. O‘yin davomida sportchilar faqat jismoniy holatiga, balki psixologik tayyorgarligiga ham tayanishlari kerak. Musobaqaviy stress — bu sportchining o‘yinda muvaffaqiyatga erishishi uchun zarur bo‘lgan ruhiy va emotsional holatni boshqarishdagi qiyinchiliklarni anglatadi. Musobaqalarda yuzaga keladigan stressning asosiy omillari quyidagilardir: Birinchidan, jamoaviy bosim o‘yinchilarda stressni kuchaytiradigan asosiy faktorlardan biridir. Gandbol — bu jamoaviy sport turi, va har bir o‘yinchi o‘z jamoasining muvaffaqiyatiga javobgar. Agar jamoa o‘yinda orqada qolsa yoki muhim momentda g‘alaba qozonish zarur bo‘lsa, sportchilarda jamoaviy bosim kuchayadi. Bu psixologik bosim stressni keltirib chiqarishi mumkin. Masalan, 2020-yilda Germaniya va Daniya o‘rtasidagi Yevropa chempionatida, Daniya jamoasi oxirgi daqiqalarda ikkita gol urish zaruriyatini his qilib, o‘yinchilarda psixologik stressni boshdan kechirdi va bu ularning o‘yindagi xatolarga olib keldi. Ikkinchidan, musobaqaviy muhit va kutishlar sportchilarni stressga soladigan yana bir omildir. Musobaqalarda o‘yinchilar ko‘p hollarda ommaviy auditoriya, murabbiylar, fanatlarning kutishlari va boshqa sportchilar tomonidan doimiy nazorat ostida bo‘ladilar. Bunday holatlarda sportchi o‘zining yuqori natijalar ko‘rsatish majburiyatini his qiladi, bu esa stressni kuchaytiradi. Masalan, o‘tgan yildagi O‘zbekiston milliy jamoasining Osiyo chempionatidagi o‘ynaganida, ba’zi yosh o‘yinchilar o‘zlaridan kutilgan yuqori natijani qayd eta olishmaydi, chunki ular ommaviy kutishlar bosimiga qarshi turish uchun psixologik tayyorgarlikka ega bo‘lmadilar. Uchinchidan, individual mas’uliyat stressni keltirib chiqaruvchi yana bir muhim omil sifatida ko‘riladi. Gandbolchilarning o‘z vazifalariga bo‘lgan mas’uliyati musobaqalarda ko‘pincha ularga qo‘shimcha psixologik bosim olib keladi. Ayniqsa, oxirgi daqiqalarda penalti zarbasi yoki muhim gol urish zaruriyatini his qilgan o‘yinchi o‘zining muvaffaqiyatini boshqarish uchun katta psixologik bosim ostida bo‘ladi. Masalan, 2016-yilda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi xalqaro turnirda, o‘yinchi oxirgi daqiqalarda muhim golni urish uchun penalti olganida, katta psixologik bosim ostida bo‘ldi va golni kiritishda qiyinchiliklarga duch keldi. Musobaqaviy stressning ta’siri ikki tomondan ko‘rinadi. Bir tomondan, stress salbiy ta’sirlar ko‘rsatishi mumkin. Sportchilarda emotsional barqarorlikni pasaytiradi, qaror qabul qilishda kechikish yoki xatoliklar yuzaga keladi. Stress o‘yinchining o‘zini ishonchsiz his qilishi, muhim daqiqalarda noto‘g‘ri qarorlar qabul qilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Ikkinchi tomondan, stress ijobiy ta’sirlar ham ko‘rsatishi mumkin. Ba’zida stress sportchilarda qo‘shimcha motivatsiya va ishlash uchun kuchni oshirishi mumkin. Stress ostida, sportchilar ko‘proq jismoniy va ruhiy resurslardan foydalanishga majbur bo‘lishadi. Bunday holatlarda, sportchi o‘zining chegaralarini oshirishga va yuqori natijalarga erishishga intiladi. 3 38 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Musobaqaviy stressni yengish va sportchilarning psixologik tayyorgarligini oshirish uchun bir nechta

Доказательный фрагмент

«Handball players rely not only on physical preparedness but also on psychological readiness during gameplay.»

Образец извлечения

Демо-превью

Handball players rely not only on physical preparedness but also on psychological readiness during gameplay. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Handball sport, competitive stress conditions, psychological stability, stressga chidamlilik kompetensiyasi, psixologik moslashuvchanlik, musobaqaviy stress holatlari, psixoregulyatsiya texnikalari, motivatsion omillar., emotsional intizom, kognitiv boshqaruv strategiyalari, sportchilarni ruhiy tayyorlash, psixologik barqarorlik, Gandbol sporti
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники