Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
JAHON EPOSLARIDA BAHODIRLIK, QAHRAMONLIK VA MARDLIK TALQINI (“Alpomish” va “Odisseya” dostonlari misolida)
NEW RENAISSANCE · Sonniboyev Olim Nodirovich
Современная наука и исследования · 2 · 2025
Аннотация
The epic “Alpomish” and “Odyssey” has not been studied much in the comparative literature of the world. In this article, the question of the interpretation of valor, heroism and bravery, which revealed the pathos of the epics “Alpomish” and “Odyssey”, will be analyzed. It reveals the simple and complex aspects of the characters' character, the drama of serious struggle and competition between them, the unique and common, different aspects of the plot of the two epics. Keywords: “Alpomish”, “Odyssey”, folklore, alpine interpretation, heroic and courageous motive, realistic and legendary interpretation. Jahon xalqlari yaratgan qahramonlik eposlarida bahodirlik, qahramonlik va mardlik motivi turlicha badiiy talqin etilgani bilan koʻzga tashlanadi. Bu ilmiy muammo “Alpomish” va 214 NEW RENAISSANCE 2025 MAY INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 5 “Odisseya” dostonlari misolida kuzatilganda Sharq va Gʻarb xalqlari soʻz san’atining muayyan mezonlari mavjudligini koʻrsatadi. “Alpomish” dostonida qahramonlarning bahodirlik va mardlik sifati “alp” ta’rifi orqali beriladi. Bunda qahramonning alplik sifati uning jismonan qudratliligini, devqomat pahlavonligini va albatta, uning barchani hayratda qoldiradigan qudrat namunasi koʻrsatishini talab etadi. “Alpomish” dostonida bu motiv “Odisseya”ga qaraganda aniq-ravshan boʻrttirilib tasvirlanadi. Masalan, Hakimbekning pahlavonlik, jismonan qudratligini olaylik: Shunda Hakimbek yetti yoshiga kirgan. Alpinbiy bobosidan qolgan oʻn toʻrt botmon birichdan boʻlgan parli yoyi bor edi. Ana shunda Hakimbek shul oʻn toʻrt botmon yoyni qoʻliga ushlab, yetti yashar bola koʻtarib tortdi, tortib qoʻyib yubordi. Yoyning oʻqi yashinday boʻlib ketdi. Asqar togʻining katta choʻqqilarini yulib oʻtdi, ovozasi olamga ketdi... (dostonda 90 alp oʻtganligi tilga olinadi) Dostonda qalmoq alplarining ham jusmonan kuch-qudratda tengsizligi e’tirof etiladi. Toychi viloyatinda, Qalmoq muzofotinda bir Surxayil degan kampir bor edi. Juda haddili zoʻr kampir edi, bu kampirning yetti oʻgʻli bor edi, yettovi ham nomdor alp edi. Kattasini Koʻkaldosh der edi, undan kichkinasini Koʻkaman der edi, Koʻkqashqa derdi, Boyqashqa der edi, Toyqashqa der edi, Qoʻshquloq (der edi ), kenjatoyini Qorajon der edi. Shu yettoviga tir qilgani Qalmoqshoh har mamlakatlardan alplarni olib kelib, toʻqson alp qilib, Kashal gʻoridan joy berib, bularni toʻqayistonda boqib yotar edi. Ul alplar qanday alp: yoyandoz, mergan alp, har qaysisi toʻqson botmon temirdan sovut kiygan, har kuniga toʻqson shirbozning etini ta'til qilgan, bosh-boshiga har qaysisi podshohlikdan har oyda besh yuz soʻm moyana olgan xoʻb birlanchi zoʻr polvondir... “Alpomish” dostonida alplar kurashi oʻziga xos talqinga ega. Unda qahramonlarning kurashi faqat jismoniy bellashuvdangina iborat emas, balki qahramonlarning oʻzaro olib borgan dahanaki jangida ham namoyon boʻladi. Bunga misol tariqasida Alpomish va Qultoy, Alpomish va Qorajon, Barchinoy va Koʻkaman, Alpomish va Koʻkaldosh qarama-qarshiligini keltirish mumkin. Shubhasiz, bu kurashlarning eng asosiysi Alpomish va Koʻkaldosh oʻrtasidagi hisoblanadi. Alpomish va Koʻkaldosh nutqiga e’tibor beraylik: Alpomish: Tikilsam quriydi daryoning gumi, Na'ra tortsam qular qoʻrgʻonning timi, Buncha soʻzni lof urmagin bema'ni, Otim Hakim, men ham Boysinning xoni... 215 NEW RENAISSANCE 2025 MAY INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 5 Nor kesar olmosni belga chotarman, Qilichima qirmiz qonlar qotarman, Duchor kelganingni koʻkka otarman, Ish koʻrsatib, yorim olib ketarman. Jafolar solarman tandagi jonga, Xazon boʻlsa zogʻlar qoʻnar gulshanga, Ajalli kasratki tegar ilonga, Hazillashma, qalmoq, menday sultonga, Sen mard boʻlsang, chiqa bergin maydonga, Ot-potingman otayinmi osmonga?! Alpomish der senga bermayman omon, Qalmoqlarga solayin oxir zamon. Koʻkaldosh: Oʻzbak, eshit mening dodim, Yerni bosgan siyosatim, Bu yurtda qolar jasading, Qaytib sen otasan otim, Kimga keladi quvvating?! Sen ham, oʻzbak, ajab depsan, Guppi soʻz oʻrganib kepsan, Necha soʻzni lof uribsan. Qilarman yer bilan yakson, Soʻz aytarman alvon-alvon, Elingdan chiqibsan, polvon, Mendan qutulmogʻing gumon. Doston bosh qahramoni Alpomish kabi uning yori Barchinoy ham ta’rifda erkak alplardan kam emas: "Shul vaqtlarda Barchin ham barkamol, boʻyi yetgan, har yagʻrini oʻn besh qarich keladi. Pirning nazari bilan paydo boʻlgan, bu ham alp...” Barchindagi dushmandan qoʻrqmaslik, mardlik sifatlari uning tilidan bir necha bor keltiriladi. Masalan, uning Koʻkamanga aygan soʻzlarini olaylik: Xabar borsa, bek Alpomish kelmaymi, Xonim kelsa, senday qalmoq oʻlmaymi, Holing bilib toʻgʻri yursang boʻlmaymi?! 216 NEW RENAISSANCE 2025 MAY INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 5 Kelsa kelar Qoʻngʻirot eldan Alpomish, Kelmasa, men taqdirimdan koʻrarman, Erkak libosini oʻzim kiyarman, Bor kuchimni bilagima jiyarman, Qirq mingini bir deb sanab qirarman. Meni olmoq hadding bormi, badbaxtlar! Ba
Доказательный фрагмент
«The epic “Alpomish” and “Odyssey” has not been studied much in the comparative literature of the world.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe epic “Alpomish” and “Odyssey” has not been studied much in the comparative literature of the world. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- “Alpomish”, “Odyssey”, folklore, alpine interpretation, heroic and, alplik talqini, folklor, “Odisseya”, qahramonlik va mardlik motivi, realistik va afsonaviy talqin.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025