К содержанию
РецензированоUZ2025

BETTA TALASEMIYALI BOLALARDA TEMIR ORTIQCHASI NATIJASIDA YUZAGA KELADIGAN OVQAT HAZM QILISH BUZILISHLARI VA ULARNING OLDINI OLISH STRATEGIYALARI

Izzatullaev Sanjar Anvarovich · Avazov Bekzod Xamro o’g’li

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Mazkur tezis betta talasemiya bilan og‘rigan bolalarda ovqat hazm qilish tizimi faoliyatida kuzatiladigan buzilishlar, ushbu muammolarning patofiziologik sabablari va ularni bartaraf etishdagi parhez-terapevtik yondashuvlarni o‘rganishga bag‘ishlangan. Qon quyishlar natijasida organizmda ortiqcha to‘planadigan temirning gepatotoksik va pankreatotoksik ta’siri, fermentlar yetishmovchiligi, ichaklarda so‘rilish buzilishi kabi holatlar yoritilgan. Tadqiqotda bolalarning oziqlanish rejimini tibbiy-nutrisional jihatdan muvofiqlashtirishning dolzarbligi va kompleks yondashuv zarurligi asoslangan. Kalit so‘zlar: Betta talasemiya, ovqat hazm qilish, temir ortiqchasi, gepatotoksik ta’sir, ferment yetishmovchiligi, parhez terapiya, bola salomatligi. Betta talasemiya — gemoglobinning betta zanjirida genetik nuqsonlar tufayli rivojlanadigan irsiy kasallik bo‘lib, asosan bolalarda erta yoshda aniqlanadi. Kasallikning asosiy davolash usuli muntazam qon quyish hisoblanadi. Biroq uzoq muddat davomida qon quyilishi natijasida organizmda ortiqcha temir to‘planadi (ikkilamchi gemoxromatoz), bu esa turli a’zolar, jumladan, ovqat hazm qilish tizimi faoliyatining buzilishiga olib keladi. Temir ortiqchasi eng avvalo jigarga toksik ta’sir ko‘rsatadi. Jigar hujayralari (gepatotsitlar)da temir to‘planishi ularning faoliyatini buzadi: safro ishlab chiqarilishi susayadi, jigar fermentlari faollashadi, gepatomegaliya (jigar kattalashuvi), dispeptik simptomlar (ishta­ha pasayishi, og‘irlik hissi, ko‘ngil aynishi, diareya) kuzatiladi. Safro ajralishining kamayishi yog‘lar va yog‘da eruvchi vitaminlar (A, D, E, K) so‘rilishiga to‘sqinlik qiladi, bu esa bola organizmida hipovitaminoz holatlarini keltirib chiqaradi. Shuningdek, oshqozon osti bezi (pankreas) ham temirning toksik ta’siriga uchraydi. Bezning eksokrin funksiyasi pasayib, tripsin, amilaza, lipaza kabi ovqat hazm qilish fermentlari yetarlicha ishlab chiqilmaydi. Bu oqibatda ovqat tarkibidagi oqsillar, yog‘lar va uglevodlar to‘liq parchalanmaydi va so‘rilmaydi. Natijada bola organizmida ozuqa moddalari tanqisligi, dispepsiya, meteorizm (qorinda gaz to‘planishi), steatoriya (yog‘li najas) holatlari yuzaga keladi. 204 May, 2025-Yil Ferment yetishmovchiligi bolalarning ishtahasini pasaytiradi, ularda ovqatdan tez to‘yish, qusish, diareya kabi simptomlar rivojlanadi. Ichak devorlarida ham distrofiya jarayonlari kuzatiladi. Bu esa oziqa moddalarning so‘rilishini yanada yomonlashtiradi. Ayniqsa, kaltsiy, rux, magniy kabi minerallar tanqisligi bolalarda suyak o‘sishida orqada qolish, mushak zaifligi, immunitetning pasayishi kabi holatlarni keltirib chiqaradi. Betta talasemiyali bolalar doimiy parhezga muhtojdirlar. Ovqatlanish rejimi temir moddasining ortiqcha miqdorda iste’mol qilinishining oldini oladigan tarzda tuziladi. Masalan, qizil go‘sht, jigar, no‘xat, ismaloq kabi temirga boy mahsulotlar cheklanadi. Aksincha, sut mahsulotlari, tuxum oqi, guruch, sabzavotlar kabi temir kam, ammo oqsil va vitaminlarga boy mahsulotlar asosiy o‘rinni egallaydi. Oziq ovqatni kam miqdorda, lekin tez-tez iste’mol qilish tavsiya etiladi. Bundan tashqari, ferment preparatlari (pankreatin, mezim-forte), gepatoprotektorlar (ursodezoksixol kislotasi, silimarin) va vitamin-mineral komplekslar (ayniqsa A, D, B12, folat) bilan muvofiqlashtirilgan davo choralari orqali ovqat hazm qilish faoliyatini qo‘llab-quvvatlash zarur. Kelator terapiya (deferoksamin, deferasiroks) orqali temir ortiqchasini organizmdan chiqarish bilan bir qatorda, ovqat hazm qilish tizimining holatini muntazam nazorat qilish va simptomatik terapiya qo‘llash kerak. Parhez-terapevtik chora-tadbirlar betta talasemiyaning asosiy gematologik davolash usullarini to‘ldirib, bolalarning hayot sifati va rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu yondashuv ko‘p tarmoqli tibbiy kuzatuvni talab etadi: pediatr, gematolog, gastroenterolog va ovqatlanish bo‘yicha mutaxassislar hamkorligida olib borilishi lozim. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Rund, D., & Rachmilewitz, E. (2005). Beta-thalassemia. New England Journal of Medicine, 353(11), 1135–1146. 2. Cappellini, M. D., et al. (2014). Guidelines for the Management of Transfusion Dependent Thalassaemia (TDT). Thalassaemia International Federation. 3. Qodirov, M. N. (2021). Betta talasemiyali bolalarda ovqatlanish xususiyatlari. Pediatriya amaliyoti, №3, 21–24. 4. Mahmudov, D. R. (2019). Bolalarda talasemiya va uning asoratlari. Tibbiyot va hayot, №2, 43–46. 5. Akhmedova, G. S. (2020). Ovqat hazm qilish tizimi kasalliklari: pediatriya amaliyotida yondashuvlar 205

Доказательный фрагмент

«Mazkur tezis betta talasemiya bilan og‘rigan bolalarda ovqat hazm qilish tizimi faoliyatida kuzatiladigan buzilishlar, ushbu muammolarning patofiziologik sabablari va ularni bartaraf etishdagi parhez-terapevtik yondas…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur tezis betta talasemiya bilan og‘rigan bolalarda ovqat hazm qilish tizimi faoliyatida kuzatiladigan buzilishlar, ushbu muammolarning patofiziologik sabablari va ularni bartaraf etishdagi parhez-terapevtik yondas… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
gepatotoksiklik, parhez terapiya, bolalarda ovqat hazm qilish., Betta talasemiya, temir ortiqchasi, kelatorlar, ferment yetishmovchiligi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти