К содержанию
РецензированоUZ2025

ZAMONAVIY JAMIYATDA DINIY QADRIYATLARNING SAQLANISHI

NEW RENAISSANCE · Abdullayeva Dinara G’ayratjon qizi

Современная наука и исследования · 2 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada zamonaviy jamiyat sharoitida diniy qadriyatlarning saqlanishi masalasi tahlil etiladi. Maqolada diniy qadriyatlarning madaniy meros sifatida jamiyatdagi ahamiyati, ularni saqlab qolish uchun amalga oshirilayotgan ijtimoiy, madaniy va ta’limiy chora – tadbirlar ko’rib chiqiladi. Kalit so’zlar: Diniy qadriyatlar, zamonaviy jamiyat, ijtimoiy o’zgarishlar, globallashuv, modernizatsiya, ma’naviyat. Zamonaviy jamiyatda diniy qadriyatlar o’zining ma’naviy va axloqiy ahamiyatini saqlab qolishda davom etmoqda. Ammo shu bilan birga, globalizatsiya, texnologik inqiloblar va ijtimoiy tarmoqlarning tez rivojlanishi din va diniy qadriyatlarning ta’sirini kamaytirishi mumkin. Yangi avlod uchun diniy qadriyatlar ko’pincha “eskilik” sifatida qaraladi, shu sababli diniy qadriyatlarni saqlash, ularni avlodlarga yetkazish masalasi nihoyatda dolzarb bo’lib qolmoqda.1 Maqolada diniy qadriyatlarning zamonaviy jamiyatda saqlanishi, ularning hamiyati, yo’qolish xavfi va saqlash yo’llari haqida tahlil qilinadi. Diniy qadriyatlar insoniyat tarixining muhim qismi bo’lib, ular avloddan avlodga o’tgach, jamiyatning ma’naviy poydevorini tashkil qiladi. Diniy qadriyatlarning asosiy mazmuni insonning bir – biriga nisbatan mehr – oqibat, adolat, halollik, kechirimlilik va sabr kabi fazilatlaridan iborat. O’zbekistonda ham Islom dini qadim zamonlardan buyon xalqning axloqiy va ma’naviy poydevoriga aylanib, milliy madaniyat va urf – odatlar bilan uyg’unlashgan. Diniy qadriyatlar eski tizim sifatida ko’rilishi mumkin, chunki ularni yangi texnologiyalar va hayot tarzining tez o’zgarishlari bilan moslashtirish qiyinlashmoqda. Diniy qadriyatlarning yo’qolish xavfi, ayniqsa, ijtimoiy va madaniy hayotda yuksak darajada aks etmoqda. Avvalo, diniy qadriyatlarning saqlanishi uchun oila muhim poydevor bo’lib xizmat qiladi. Oila ichida bolalarga diniy qadriyatlar, axloqiy me’yorlar va insoniylik tamoyillari o’rgatiladi.2 1 Abdullayev E.{2020}. Diniy qadryatlar va zamonaviy jamiyat: Xamohanglik muammolari. Toshkent Ma’naviyat nashriyoti. 2 Mirboboyev X.[2017] GLoballashuv va milliy qadryatlar muammosi . Toshkent Muhammad al-Xorazmiy 131 NEW RENAISSANCE 2025 MAY INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 5 Zamonaviy jamiyatda diniy qadriyatlarning saqlanishi jamiyatning ma’naviy va axloqiy barqarorligini ta’minlashda juda muhimdir. Diniy qadriyatlar nafaqat diniy e’tiqodlarni, balki insonning kundalik hayotini, jamiyatda o’zaro munosabatlar va ma’naviy yuksalishni ham belgilaydi. Shuning uchun, diniy qadriyatlarni saqlash va yoshlar orasida ularni targ’ib qilish zarur. Oila, ta’lim muassasalari, diniy tashkilotlar va jamiyatning boshqa qismi bu jarayonda birgalikda faoliyat yuritishi kerak. Faqat shunda diniy qadriyatlar saqlanadi va zamonaviy jamiyatda yangi avlod uchun zarur bo’lgan ma’naviy poydevor shakllanadi. Foydalanilgan adeabiyotlar: 1. 1.Abdullayev E.{2020}. Diniy qadryatlar va zamonaviy jamiyatii 2. 2.Mirboboyev X.[2017] GLoballashuv va milliy qadryatlar muammosi . 3. 3.Asqarov Sh. O’zbekiston diniy bag’rikenglik an’analari. 132

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada zamonaviy jamiyat sharoitida diniy qadriyatlarning saqlanishi masalasi tahlil etiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada zamonaviy jamiyat sharoitida diniy qadriyatlarning saqlanishi masalasi tahlil etiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
globallashuv, ijtimoiy o’zgarishlar, Diniy qadriyatlar, ma’naviyat., modernizatsiya, zamonaviy jamiyat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники