К содержанию
РецензированоUZ2025

PIRLS XALQARO BAHOLASH DASTURINING AHAMIYATI

NEW RENAISSANCE · Mahmudova Sabina Amriddin qizi

Современная наука и исследования · 2 · 21–37 · 2025

Аннотация

This article highlights the content, main objectives, and significance of the PIRLS international assessment program within the education system. It analyzes how reading literacy assessment helps improve education quality. The paper also discusses Uzbekistan’s participation in PIRLS and emphasizes the relevance of the topic through the President's views on education. Keywords: PIRLS international assessment program, comprehension level, comprehension skills, teacher, student, reading strategies, PIRLS-format tasks. Kirish. Bugungi kunda ilm-fan va zamonaviy texnologiyalar jadal rivojlanayotgan bir davrda har bir davlatning taraqqiyoti, avvalo, uning ta’lim tizimi sifatiga bog‘liq. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’lim-tarbiya masalalariga alohida e’tibor qaratib, quyidagicha ta’kidlaydi: “Yangi O‘zbekistonni barpo etish – avvalo, bilimli va intellektual salohiyatga ega yosh avlodni tarbiyalash orqali amalga oshiriladi.” Ushbu fikr ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini xalqaro mezonlar asosida baholash zaruratini yanada kuchaytiradi.Aynan shunday xalqaro baholash tizimlaridan biri – bu PIRLS 142 NEW RENAISSANCE 2025 MAY INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 5 (Progress in International Reading Literacy Study) dasturidir. Ushbu dastur orqali o‘quvchilarning o‘qish savodxonligi, matnni tushunish va tahlil qilish qobiliyati aniqlanadi. Bu esa o‘z navbatida ta’lim tizimining kuchli va zaif tomonlarini aniqlab, ularni takomillashtirishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. PIRLS dasturi nafaqat o‘quvchilarning savodxonlik darajasini aniqlash, balki ta’lim sifatini oshirishga doir davlat siyosatini shakllantirishga ham asos bo‘ladi. O‘zbekistonning ushbu dasturda ishtirok etishi xalqaro maydonda raqobatbardosh bilimli avlodni tarbiyalashga bo‘lgan qat’iy intilishning yaqqol dalilidir. Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. Ushbu dasturning ko'p yillar davomida muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotganiga 2021-yilda 20 yil to'ladi. Progress in International Reading and Literacy Study (PIRLS) – boshlang'ich 4-sinf o'quvchilarining matnni o'qish va tushunish darajasini baholash uchun; Boshqacha qilib aytganda, boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'qib tushunish ko'nikmalarini qay darajada rivojlanganligi haqidagi ma'lumotlarni xalqaro miqyosda taqqoslash imkonini beradigan, o'qish va o'qitishni yaxshilash uchun ta'lim sohasidagi davlat siyosatiga oid ma'lumotlarni taqdim etadigan yirik xalqaro baholash dasturidir. Samariddin Qorayev va Sarvinoz Allayorovalarning fikriga ko'ra, PIRLS, yosh o'quvchilar tomonidan maktabda va maktabdan tashqarida ta'lim olishning katta qismini tashkil etuvchi, ya'ni badiiy tajriba orttirish, ma'lumot olish va undan foydalanish ko'nikmalarini baholash kabi ikkita keng qamrovli maqsadlarni ifodalaydi. Yana shuni aytish mumkinki, ushbu dastur zamon bilan hamnafas qadam tashlaydi hamda o'zining baholash mezonlarini zamonaviy talablarga muvofiq ravishda takomillashtirib boradi. Bunga misol sifatida, 2021-yilda o'tkazilgan tadqiqotda o'quvchilarga birinchi marta raqamli formatdagi topshiriqlarni taqdim etganini aytish o'rinlidir. Raqamli formatga o'tish bilan birga, internet muhitida boshqariladigan ePIRLS onlayn o'qishni kompyuterda baholash kabi o'zgarishlar ham ko'zda tutilgan.[3-445] Tadqiqot metodologiyasi. 2021-yilda PIRLS xalqaro baholash dasturi bo’yicha o’tkazilgan tadqiqotda dunyoning 60 ga yaqin davlati qatnashdi. PIRLS tadqiqoti butun dunyo bo’ylab 4-sinf o’quvchilarining o’qish savodxonligi bo’yicha qiyosiy tahlil o’tkazadi. PIRLS- 2021 tadqiqotiga mamlakatimizdan 180 ta maktabdan 6000ga yaqin o’quvchilar va ularning ota-onalari, maktab direktorlari va sinf rahbarlari qatnashishdi. Tadqiqot doirasida 4-sinf o’quvchilarining matnni o’qish, tushunish, xulosalar chiqarish, matnlardagi g’oyalar va fikrlarni o’zaro bog’lash darajalarini aniqlashga qaratilgan topshiriqlarni bajarish bilan 143 NEW RENAISSANCE 2025 MAY INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 5 birgalikda o’quv jarayonidagi muhitni aniqlashga qaratilgan so’rovnomalarda qatnashish ham talab etiladi. Shuningdek, ota-onalar ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi omillar, o’quvchining uyidagi muhit va ta’lim muassasasi bilan munosabatlariga oid so’rovnomada qatnashdilar. Tadqiqotda qatnashuvchi maktablar va o’quvchilar ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda tasodifiylik tamoyiliga asoslanib tanlab olingan. Ushbu tanlovda ta’lim tili, o’quvchilarning soniga ko’ra katta-kichiklik mezonlari ham inobatga olingan.PIRLS-2021 xalqaro tadqiqotida o’zbekistonlik o’quvchilar 437 ball to’plashdi. PIRLS o'qish savodxonligini baholovchi dastur. O'qish savodxonligi esa, tushunish va shaxs tomonidan qadrlanadigan va/yoki jamiyat tomonidan talab etiladigan barcha yozma til shakllaridan foydalana olish qobiliyatidir. O‘quvchi turli shakldagi matnlardan mazmun hosil qiladi. Ular o‘rganish, maktab va kundalik hayotda o‘zlari kabi boshqa o

Доказательный фрагмент

«This article highlights the content, main objectives, and significance of the PIRLS international assessment program within the education system.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article highlights the content, main objectives, and significance of the PIRLS international assessment program within the education system. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
PIRLS international assessment program, comprehension level, tushunish ko'nikmasi, o'quvchi, PIRLS formatidagi topshiriqlar., o'qituvchi, tushunish darajasi, o'qish strategiyalari, PIRLS xalqaro baholash dasturi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники