К содержанию
РецензированоUZ2016

MUSTAQILLIK YILLARIDA O‘ZBEKISTON ADLIYA TIZIMINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI

SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI · Jumanazarov Ixtiyor Jamoladdin o’g’li

Современная наука и исследования · 2 · 2016

Аннотация

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik yillarida adliya tizimining shakllanishi va rivojlanishi tahlil qilingan. Mamlakatning yangi huquqiy asoslari yaratish, qonun ustuvorligini ta’minlash va davlat xizmatlarini shaffof qilish bo‘yicha amalga oshirilgan islohotlar ko‘rib chiqilgan. Adliya tizimi, uning tarkibiy tuzilmalari, normativ- huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, yuridik xizmatlar va notariat sohalaridagi o‘zgarishlar tahlil etilgan. 2016-yildan keyin raqamli platformalar, shaffoflik va samaradorlikni oshirishga qaratilgan islohotlar orqali adliya tizimi modernizatsiya qilindi. Maqolada huquqiy madaniyatni oshirish, fuqarolarning huquqiy savodxonligini yuksaltirishda adliya tizimining o‘rni va kelajakdagi istiqbollari ko‘rib chiqilgan. Kalit so‘zlar: O‘zbekiston, adliya tizimi, mustaqillik, huquqiy islohotlar, qonun ustuvorligi, raqamlashtirish, huquqiy madaniyat, notariat, fuqarolik holati dalolatnomalari, davlat xizmatlari, shaffoflik, institutsional rivojlanish, Lex.uz. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikni e’lon qilganidan so‘ng, mamlakatda davlat boshqaruvi tizimi, huquqiy infratuzilma va institutlar tubdan isloh qilindi. Bu jarayonlarda adliya tizimi o‘zining markaziy o‘rnini egalladi, chunki huquqiy davlat barpo etish, qonun ustuvorligini ta’minlash, inson huquqlarini himoya qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. 1991-yildan so‘ng amalga oshirilgan huquqiy islohotlar nafaqat davlat boshqaruvi, balki adliya tizimini ham qayta qurish va rivojlantirishni talab qildi. Adliya tizimining shakllanishi va rivojlanishi davri, mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab, bugungi kunga qadar huquqiy va institutsional islohotlarning amalga oshirilishi, davlat xizmatlari tizimining yaxshilanishi, raqamlashtirish va shaffoflikka asoslangan yangiliklarning joriy etilishi bilan bog‘liqdir. Mustaqillikning dastlabki bosqichida O‘zbekiston Respublikasining yangi huquqiy asoslarini yaratish va jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlashga katta e’tibor qaratildi. 2000-yillar o‘rtalarida adliya tizimi yanada rivojlanib, yuridik xizmatlar, notariat, fuqarolik holati dalolatnomalarini ro‘yxatga olish sohalarida islohotlar amalga oshirildi. 2016-yildan keyin esa, prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilgan huquqiy islohotlar adliya tizimini yanada takomillashtirish va raqamlashtirishga qaratildi. O‘zbekiston Respublikasi 1991-yilda o‘z mustaqilligini e’lon qilganidan so‘ng, davlat boshqaruvi tizimi, ayniqsa, huquqiy tizim tubdan isloh qilinishi zaruratiga duch keldi. Mamlakatda demokratik huquqiy davlat barpo etish, qonun ustuvorligini ta’minlash, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Shu nuqtai nazardan, adliya tizimi yangi mazmun kasb etdi, chunki bu tizim qonunchilik faoliyati, huquqiy xizmatlar, notariat, fuqarolik holati dalolatnomalarini ro‘yxatga olish va davlat xizmatlarini ko‘rsatishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Mustaqillik yillarida adliya tizimi shakllanish bosqichidan boshlab, bosqichma-bosqich rivojlanib, bugungi kunda zamonaviy, ochiq va samarali huquqiy institutga aylandi. Dastlabki yillarda Adliya vazirligi faoliyati huquqiy bo‘shliqni bartaraf etish, mustaqil O‘zbekiston uchun mos milliy qonunchilik asoslarini yaratishga qaratildi. 1992-yilda 96 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinishi bilan huquqiy davlat tamoyillari, inson huquqlari va erkinliklarini kafolatlovchi asosiy qoidalar belgilab berildi. Ushbu konstitutsiyaviy prinsiplarni amaliyotga tatbiq etishda adliya tizimi markaziy rolni egalladi. Vazirlik tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, ularni ekspertizadan o‘tkazish, rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazish va ularning ijrosini nazorat qilish kabi faoliyatlar tizimli yo‘lga qo‘yildi. 1990-yillarning oxiri va 2000-yillarning boshlarida adliya tizimining institutsional jihatdan mustahkamlanishi kuzatildi. Yuridik xizmatlar, notariat, FHDYO, huquqiy targ‘ibot sohalarida alohida bo‘linmalar shakllantirildi. Hududiy adliya organlari kengaytirilib, ularning vakolatlari oshirildi. Shu bilan birga, qonunlar, farmonlar, qarorlar va boshqa normativ hujjatlarni ishlab chiqish jarayonida huquqiy ekspertiza sifat jihatdan takomillashtirildi. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida yuridik xizmatlar joriy etilib, ularning kasbiy salohiyatini oshirish bo‘yicha normativ asoslar yaratildi. Adliya tizimi davlat boshqaruvida huquqiy kafolatlarni ta’minlovchi mexanizm sifatida faoliyat yurita boshladi. 2016-yildan keyingi davr adliya tizimining sifat jihatdan yangi bosqichga o‘tish davri bo‘ldi. Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatda olib borilayotgan huquqiy va institutsional islohotlar doirasida Adliya vazirligiga alohida e’tibor qaratildi. 2017-yilda Adliya vazirligi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha Prezident farmoni e’lon qilindi va ushbu hujjat asosida yangi tarkibiy tuzilmalar tashkil etildi. Ulardan

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik yillarida adliya tizimining shakllanishi va rivojlanishi tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik yillarida adliya tizimining shakllanishi va rivojlanishi tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
shaffoflik, Lex.uz., raqamlashtirish, huquqiy madaniyat, notariat, O‘zbekiston, fuqarolik holati dalolatnomalari, mustaqillik, davlat xizmatlari, qonun ustuvorligi, adliya tizimi, huquqiy islohotlar, institutsional rivojlanish
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники