К содержанию
РецензированоUZ2026

INKLYUZIV TA’LIM MUHITIDA AUTIZM SINDROMLI BOLALAR BILAN ISHLASHNING KLASTER MEXANIZMLARI

ISHLASHNING KLASTER MEXANIZMLARI · Kasimova Mashxura Maxamadaliyevna · O‘lmasova Madinabonu Faxriddinovna

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

This article discusses both theoretical and practical aspects of teaching children with autism syndrome in an inclusive education system. It also explores the communication abilities of students with autism. The article includes a literature review that highlights the main features of communication difficulties in schoolchildren with autism. It identifies and summarizes the problems these students face in inclusive learning environments. Keywords: autism spectrum disorder, autism syndrome, delayed mental development, medical-psychological-pedagogical commission, adapted general education program, disabilities, inclusive education. Kirish. Bugungi kunda butun dunyoda inklyuziv ta’lim tizimi dolzarb sohalardan biriga aylanmoqda. Dunyo bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslarni o‘qitish, ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanish ishlari keng ko‘lamda olib borilmoqda. Shu o‘rinda bir savol tug‘iladi - inklyuziv ta’lim o‘zi nima? Inklyuziv ta’lim - barcha o‘quvchilar uchun maxsus ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarining farqliligini inobatga olgan holda ta’lim muassasalarida ilm olishda 69 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5 teng huquqlilikni ta’minlashdir. Inklyuzivlik1 - inglizcha so‘z bo‘lib, inclusive - qo‘shish, birlashtirish degan ma’nolarni anglatadi. Mazkur atama alohida ehtiyojga ega bo‘lgan o‘quvchilarni umumta’lim maktablarida sog‘lom tengdoshlari bilan qo‘shib birgalikda o‘qitish jarayonini ifodalaydi. Inklyuziv ta’lim- o‘quvchilarning imkoniyatlari, individual psixologik, jismoniy nuqson va o‘zlashtirish xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etiladigan ta’lim jarayonidir. Har bir bola ta’lim olish huquqiga ega. Bu alohida ehtiyojli bolalarga ham tegishlidir. Birlashgan Millatlar tashkilotining nogironlar huquqlari toʻg‘risidagi Konvensiyasi inklyuziv ta’lim insonning asosiy huquqi - har bir alohida ehtiyojli bola uchun ta’lim ekanligini ta’kidlaydi. Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish kontseptsiyasiga muvofiq, ta’lim sohasidagi davlat siyosatining strategik maqsadi iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish talablariga, jamiyat va har bir fuqaroning zamonaviy ehtiyojlariga mos keladigan sifatli ta’limning mavjudligini oshirishdir. Ushbu maqsadni amalga oshirishda bir qator ustuvor vazifalarni hal qilish kerak, ular orasida alohida ehtiyojli shaxslarning sifatli ta’limi va jamiyatning muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvini ta’minlaydigan ta’lim muhitini yaratish muhim ahamiyatga ega. Inklyuziv ta’lim tizimini umumta’lim maktablari amaliyotiga joriy etish nogiron bolalarga, shuningdek, normal rivojlanayotgan tengdoshlariga muassasada maxsus oʻquv sharoitlarini yaratishda teng ta’lim olish imkoniyatini beradi. Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2021-yil 12-oktabrdagi “Alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga ta’lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 638-son qaror qabul qilindi. Ushbu hujjat 2020-yil 13-oktabrdagi “Alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4860-son qarorga muvofiq ishlab chiqilgan boʻlib, unda 2020–2025 yillarda хalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish konsepsiyasida alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga koʻrsatiladigan ta’lim хizmatlari sifatini yaхshilash maqsadida bir qator vazifalar belgilab qo‘yilgan2 Autizm 3(grekcha “autos”-“o‘zim” degan) so‘zdan kelib chiqqan - bu ruhiyatning o‘ziga xos holati bo‘lib, bemor tashqi olam, atrofdagilar bilan muloqot qilishni istamaydi. U yolg‘izlikni yoqtiradi. Yana bir xil xatti- harakat va shunday so‘zlarni takrorlaydi. Autizm tashxisli bola o‘z olamida yashaydi. Fikrlashi boshqalarnikiga o‘xshamaydi. Ularning xatti- harakatlari real voqelik bilan bog‘liq emas. Ushbu rivojlanishda kamchilikka ega bo‘lgan bolalarning harakatlarida hissiy kechinmalar asosiy o‘rin tutadi. Ushbu sindrom o‘g‘il bolalarda qiz bolalarga nisbatan ko‘p uchraydi. Autizm atamasi fanga dastlab, bundan 40 yil oldin kirib kelgan. Ushbu atama birinchi bor shvetsariyalik psixiatr Eygen Bleyger tomonidan “Autizm spektrining buzilishi” (ASB) atamasi neyrorivojlanish buzilishi bilan bog‘liq boʻlgan va oʻzaro ijtimoiy oʻzaro ta’sir, verbal va noverbal muloqotdagi kamchiliklar, shuningdek cheklangan stereotipik yoki takrorlanadigan xatti-harakatlar, qiziqishlar va harakatlar bilan tavsiflangan holatlar guruhiga kiritiladi. ASB belgilari uch yoshdan oldin, koʻpincha 12-18 oyda paydo boʻladi, ammo ba’zi ruhiy sohalarida dastlabki rivojlanish belgilari yana bir necha yil davomida tashxis qoʻyilmaydi. Autizm spektrining buzilishi boʻlgan bolalar oʻquv jarayonini maxsus tashkil etishga muhtoj boʻlgan nogiron bolalarning maxsus toifasini anglatadi. Bugungi kunga 1 Mо‘minоvа L.R. “Аutizm sindrоmi, uning sаbаblаri, turlаri vа bаrtаrаf etish metоdikаlаri”. Uslubiy qо‘llаnmа. Tоshkent “Spectrum Mediа Grоup” 2015-yil. 2 https://www.lex.uz/uz/ 3 Mо‘minоvа L.R. “Аutizm sindrоmi, uning sаbаblаri, turlаri vа bаrtаrаf eti

Доказательный фрагмент

«This article discusses both theoretical and practical aspects of teaching children with autism syndrome in an inclusive education system.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses both theoretical and practical aspects of teaching children with autism syndrome in an inclusive education system. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
autism spectrum disorder, autism syndrome, delayed mental development, autizm spektrining buzilishi, inklyuziv ta’lim., ruhiy rivojlanishning sustligi, moslashtirilgan umumiy ta’lim dasturi, tibbiy-pedagogik-psixologik komissiya, cheklangan sog‘liqni imkoniyatlari, autizm sindromi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники