К содержанию
РецензированоUZ2026

YUQORI SINFLARDA ONA TILI FANINI O‘QITISHNING AHAMIYATI

Soatova Hilola Shuxrat qizi

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada umumta’lim maktablarining boshlang’ich sinf o‘quvchilariga ona tili fanini o‘qitishning pedagogik, ijtimoiy va shaxsiy rivojlanish nuqtai nazaridan ahamiyati chuqur tahlil etilgan. Ona tili fanining mazmuni, uslubi va metodik yondashuvlari orqali o‘quvchilarni ongli fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lgan, ma’naviy yetuk, ijtimoiy faolligi rivojlangan shaxs sifatida shakllantirish imkoniyatlari ochib beriladi. Maqolada boshlang’ich sinf o‘quvchilari uchun ona tili fanining beqiyos ahamiyatga ega ekani, ayniqsa bu bosqichda o‘quvchilarda mustaqil fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish, o’z fikrini ona tilida aniq-ravon ifoda eta olishi, yoza olishi, o’qish davomida uqish kabi dolzarb masalalar kun tartibida turgani ta’kidlangan. Kalit so‘zlar: ona tili, boshlang’ich sinflar, umumta’lim maktabi, ona tili fanining ahamiyati, o’z ona tiliga bo’lgan hurmat, shaxsiy rivojlanish, o‘quvchi shaxsi. Hozirgi davrda ta’lim jarayonida shaxsni har tomonlama rivojlantirish va uni jamiyatga foydali inson sifatida shakllantirishga, u o’z ona tilini sevishni o’rgatishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, maktab ta’limining boshlang’ich bosqichidan boshlab, ya’ni 1-4- sinflardan boshlab ularni ona tilini bilishiga, tarixi bilan qiziqishiga, o’z ona tilida aniq, ravon so’zlay olishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu jihatdan ona tili fanini o‘qitish – bu nafaqat o‘quv dasturi bandini bajarayotganlik, balki yosh avlod ongiga ijtimoiy, axloqiy, madaniy va milliy qadriyatlarni chuqur singdirish jarayonidir. Boshlang’ich sinf o‘quvchilari ilk maktabga kirib kelgan kunidan boshlab ularga o’z ona tillari haqida dars soatlari shakllantiriladi. Maqsad o’quvchi ongida vatanga bo’lgan muhabbatni kuchaytirish, uning milliy qadriyatlari, tilini asrab avaylashga undash hisoblanadi. Shu bois, ona tili fanining mazmuni va uni o‘qitish metodikasi o‘quvchilarning ehtiyojlari va zamonaviy hayot talablari bilan uzviy bog‘liq bo‘lishi zarur. Bu fanning ahamiyati shundaki, u o‘quvchilarni nafaqat “kim bo‘lish”ga, balki “haqiqiy vatanparvar inson bo‘lish”ga o‘rgatadi. Ona tili fanining boshlang’ich sinflardagi tutgan o‘rni Ona tili fani maktab ta’limining ajralmas qismi bo‘lib, uning vazifasi o‘quvchilarni bilim bilan birga, o’zbek tilini biluvchi haqiqiy yetuk inson bo‘lib shakllanishiga xizmat qilishdir. Ayniqsa,1-4-sinflarda bu fanning ahamiyati yanada ortadi, chunki o‘quvchilar:  Aynan shu yoshda o’quvchi bilim olishga chanqoq bo’ladi ;  jamiyatdagi tengdoshlari bilan muloqatga kirisha boshlaydi;  bir qancha xorijiy tillarni o’rganishni boshlaydi va o’z ona tiliga bo’lgan muhabbat oshadi. Shunday muhim bosqichda ona tili fanining mavjudligi o‘quvchilarda mustahkam til me’yorlarni shakllantirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida ona tiliga bo’lgan cheksiz muhabbati oshib boradi. Boshlang’ich sinflarda ona tili fanining mashg’ulotlari turi va mazmuni Boshlang’ich sinflarda ona tili fani quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi: 36 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5  o’qish, yozuv, grammatik materiallarni o’rganish, kuzatishlar ham o’quvchilarning ijtimoiy faoliyati bilan bog’liq holda ularning og’zaki va yozma nutqini o’stirish.  Birinchi sinfga kelgan bolalarga savod o’rgatish, ya’ni ularning elementar o’qish va yozishga o’rgatish, bu kamchiliklarni malakaga aylantirish  Adabiy til normalarini, ya’ni ularning imloviy va punktuatsion savodli yozuvini, orfoepik to’g’ri talaffuzini o’rganish nutq va uslubiy elementlarini egallash.  Grammatika, fonetika, leksikadan nazariy materiallarni o’rganish, tildan ilmiy tushunchalarni shakllantirish.  O’quvchilarni o’qish va Grammatika darslari orqali badiiy, ilmiy-ommabop va boshqa adabiyotlar namunasi bilan tanishtirish, ularda adabiy asarni idrik etish ko’nikmasini hosil qilish. Yuqoridagi vazifalarning barchasini ona tili fani asosiy predmet sifatida o’rgatadi. Ularda ifodalangan barcha mashg’ulotlar ona tili dasturida aks etgan. Dastur davomida hujjati hisoblanib, unda boshlang’ich sinf o’quvchisi o’rganishi lozim bo’lgan barcha bilim, ko’nikma va malakalar berilgan bo’ladi. O’qituvchi va o’quvchilar ona tili fanini shu dastur asosida olib boradilar va unda berilgan talablarga ko’ra ish tutadi. O‘qituvchining roli va metodik yondashuvlar Ona tili fanining samaradorligi ko‘p jihatdan o‘qituvchining shaxsiga va metodik yondashuvlariga bog‘liq. Boshlang’ich sinf o‘quvchilari bilan ishlashda o‘qituvchi:  Interfaol usullar (munozara, rolli o‘yin, loyiha ishlari) orqali darslarni qiziqarli tashkil etishi;  Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida har bir o‘quvchining ehtiyoj va qiziqishlarini inobatga olishi;  Zamonaviy texnologiyalar, media vositalaridan samarali foydalanishi kerak. O‘qituvchi o‘z shaxsi, muomalasi, hayotga munosabati orqali o‘quvchilar uchun namuna bo‘lishi lozim. Shuning uchun tarbiyaviy faoliyatda pedagogning madaniyati, kommunikativ ko‘nikmalari va ijtimoiy faolligi muhim omillardan hisoblanadi. Boshlang’ich sinflarning ona tili fani

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada umumta’lim maktablarining boshlang’ich sinf o‘quvchilariga ona tili fanini o‘qitishning pedagogik, ijtimoiy va shaxsiy rivojlanish nuqtai nazaridan ahamiyati chuqur tahlil etilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada umumta’lim maktablarining boshlang’ich sinf o‘quvchilariga ona tili fanini o‘qitishning pedagogik, ijtimoiy va shaxsiy rivojlanish nuqtai nazaridan ahamiyati chuqur tahlil etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
o’z ona tiliga bo’lgan hurmat, boshlang’ich sinflar, ona tili fanining ahamiyati, o‘quvchi shaxsi., shaxsiy rivojlanish, umumta’lim maktabi, ona tili
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники