Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ТЕНДЕНЦИИ РАЗВИТИЯ ДОШКОЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ В КЛАСТЕРЕ ПЕДАГОГИЧЕСКОГО ОБРАЗОВАНИЯ
RIVOJLANISH TENDENSIYALARI · Rasulov Baxtiyor Mahmudjonovich (Andijon davlat pedagogika instituti)
Универсал международный научный журнал · 1 · 2025
Аннотация
This article provides information about the pedagogical education cluster and its content, and discusses the modern knowledge necessary for all personnel working in continuing education. Keywords: Educational clusters, programs, technologies, coordinated curricula, cluster formation, monitoring and evaluation. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimidagi taraqqiyotining o‘sish sur’atlari butun dunyo hamjamiyati tomonidan yuqori darajada e’tirof etilmoqda. Bu ayni paytda ilm-fanni rivojlantirish, ta’lim sohasini isloh etish, ilmiy va innovatsion faoliyatni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda fan, ta’lim va ishlab chiqarishning o‘zaro integratsiyasiga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar samarasidir. Har bir xalq, har bir millatning ertangi kuni bugun voyaga yetayotgan avlod taqdiri bilan uzviy bog‘liqdir. Shuning uchun mamlakatimizda maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratib kelinmoqda. Maktabgacha ta’lim - bolaning intellektual va ijtimoiy rivojlanishidagi boshlang‘ich nuqtadir. Bolalarning shaxsiy va ijtimoiy qobiliyatlarini shakllantirish, ularning kelgusi hayotiga mustahkam asos qo‘yish uchun maktabgacha ta’lim tizimi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Xususan, bizning Andijon davlat pedagogika institutimizda ham bakalavr-tarbiyachilarni tayyorlash kunduzgi, kechki va sirtqi shakllarda amalga oshirilmoqda. Institutimizda magistratura mutaxassisliklari va pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash tuzilgan bo‘lib, ushbu ilmiy kengashga bir necha ixtisosliklar bo‘yicha dissertatsiyalar himoyalarini o‘tkazishga ruxsat berilgan. Mazkur ilmiy kengash o‘z faoliyatini oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar attestatsiyasiga oid normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq amalga oshirmoqdaki, bu borada maktabgacha ta’lim yo‘nalishida erishilayotgan ilmiy muvaffaqiyatlarimiz taxsinga loyiq. Zero, maktabgacha ta’limga yo‘naltirilgan qarorlar va innovatsion yondashuvlar davlat va jamiyat taraqqiyoti uchun muhimdir. Shu munosabat bilan, “Maktabgacha ta’lim taraqqiyoti: Muammo, yechim va istiqbol” mavzusidagi ilmiy konferensiyani tashkil etish biz uchun alohida ahamiyatga ega. 2024-yil 30-oktyabr kuni Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan davlat mukofotlarini topshirdi hamda soha vakillari bilan ta’limda amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan muloqot o‘tkazdi. Prezidentimizning maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta-maxsus, oliy taʼlim va malaka oshirish adpi.uz universaljurnal.uz 3 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil tizimida yagona uzviy zanjirni yo‘lga qo‘yish uchun pedagogik taʼlim klasterlari tashkil yetilishini maʼlum qilganliklari taʼlim sohasi jonkuyarlari uchun haqiqiy xushxabar bo‘ldi. “Klaster tajriba-sinov tariqasida dastlab Andijon va Buxoro shaharlaridagi pedagogika kollejlarida barpo etiladi va hududlardagi pedagogika institutlari boshqaruvida bo‘ladi”,-deyildi muloqotda. Ushbu strategik maqsadni amalga oshirishda, shu yo‘nalishdagi ilmiy-nazariy va amaliy asoslardagi tadqiqotlarning olib borilishida mazkur konferensiyamiz maʼlum maʼnoda xizmat qiladi. Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoevning ta’lim-tarbiya sohasi vakillari bilan o‘tkazilgan muloqoti chog‘ida, ta’lim tizimidagi taraqqiyotni jadallashtirish maqsadida maktabgacha, umumiy o‘rta ta’lim, oliy ta’lim va malaka oshirish tizimida yagona uzviy zanjirni yo‘lga qo‘yish uchun pedagogik ta’lim klasterlarini tashkil qilish to‘g‘risidagi ko‘rsatmasi pedagogik ta’lim sifatini oshirish bilan bir qatorda ta’lim jarayonini zamonaviylashtirishga ham yordam beradi. Bu borada pedagogik ta’lim klasteri hali shakllanish bosqichida bo‘lsada, uning metodologik asoslari oxirgi besh yil davomida yaratila boshlangan bo‘lib, bu borada bir qator ishlar amalga oshirildi. - pedagogik ta’lim standartlari zamonaviy talablarga moslashtirilmoqda, bunda ta’lim jarayonini raqamlashtirish, interaktiv usullarni joriy etish va ta’limni bozor talablariga moslashtirishga alohida e’tibor qaratildi; - pedagoglarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash kurslarining sifati oshirilmoqda, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini o‘rgatishga alohida e’tibor berildi; - pedagogik ta’lim yo‘nalishlarida o‘qitish sifatini oshirish, zamonaviy laboratoriyalar va resurs markazlarini yaratishga alohida e’tibor qaratildi; - oliy ta’lim hamda professional ta’lim tashkilotlari bilan umumiy o‘rta ta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlik rivojlantirilmoqda. Bu hamkorlik ta’lim standartlarini birlashtirish, o‘quv materiallarini almashish va o‘qituvchilarni qayta tayyorlashga imkoniyat yaratildi; - ta’lim muassasalari va ish beruvchilar o‘rtasida hamkorlik kuchaytirilmoqda. Bu hamkorlik ta’lim jarayonini ish beruvchilarning ehtiyojlariga moslashtirish, talabalarning amaliyot o‘tashini tashkil etish va ishga joylas
Доказательный фрагмент
«This article provides information about the pedagogical education cluster and its content, and discusses the modern knowledge necessary for all personnel working in continuing education.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article provides information about the pedagogical education cluster and its content, and discusses the modern knowledge necessary for all personnel working in continuing education. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Educational clusters, programs, technologies, coordinated curricula, cluster
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014