К содержанию
РецензированоRU2025

ВЛИЯНИЕ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ЦИФРОВЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ДОШКОЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ НА ЭФФЕКТИВНОСТЬ ОБРАЗОВАНИЯ

Raximova Surayyo Saloxiddinovna (oshirish instituti “Maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi mudiri)

Универсал международный научный журнал · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tizimida raqamli texnologiyalarning joriy etilishi va uning samaradorlikka ta’siri yoritilgan. Raqamli vositalarning ta’lim jarayonidagi o‘rni, bolalarning kognitiv rivojlanishiga ta’siri hamda mustaqil o‘rganish qobiliyatini shakllantirishdagi ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, interaktiv ta’lim platformalari, multimedia vositalari va onlayn resurslar orqali ta’lim sifatini oshirish usullari muhokama qilingan. Maqolada raqamli texnologiyalar yordamida bolalarning bilim va malakasini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Kalit so‘zlar: Raqamli texnologiyalar, maktabgacha ta’lim, interaktiv ta’lim, kognitiv rivojlanish, multimedia, ta’lim samaradorligi, integratsiya, kreativ fikrlash, virtual reallik, animatsiyali o‘yinlar. Bugungi davrda raqamli texnologiyalar ta’lim tizimidagi innovatsion o‘zgarishlarning asosiy omiliga aylanib bormoqda. Xususan, maktabgacha ta’lim jarayonida raqamli vositalardan samarali foydalanish bolalarning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Zamonaviy pedagogik yondashuvlar va texnologiyalar integratsiyasi orqali bolalarning bilim olish jarayoni qiziqarli va ta’sirchan shaklda tashkil etilishi kuzatiladi. Hozirgi axborot asrida, har qanday davlatning barcha sohalarida raqamli texnologiyalar muhim o‘rin egallagan bir davrda, jamiyat yanada barqaror rivojlanishi va taraqqiyotga erishishi uchun raqamli bilim va axborot texnologiyalariga e’tiborni qaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, dunyoning ko‘pgina davlatlarida, ayniqsa rivojlangan va yuqori darajada rivojlanayotgan mamlakatlarida raqamli iqtisodiyot anchagina tez sur’atlarda o‘sib bormoqda. Ushbu maqolada raqamli texnologiyalarning maktabgacha ta’lim jarayoniga ta’siri va ularning samaradorligi haqida fikr yuritiladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida raqamli texnologiyalar bolalarning qiziqishini oshirish, interaktiv ta’lim muhitini yaratish va ta’lim samaradorligini kuchaytirish imkonini beradi. Interaktiv doskalar, multimedia platformalar, mobil ilovalar orqali bolalar nafaqat bilim oladilar, balki kreativ fikrlash, mustaqil izlanish va muloqot qobiliyatlarini ham rivojlantiradilar. Bundan tashqari, raqamli resurslar ta’lim jarayonini yangi, samarali va noan’anaviy shaklda tashkil etish imkonini yaratadi. Maktabgacha ta’limda raqamli texnologiyalarning joriy etilishi bolalarning ta’lim olish jarayonini osonlashtirish va ularning ijodiy hamda kognitiv qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bugungi kunda quyidagi raqamli texnologiyalar maktabgacha ta’limda keng qo‘llanilmoqda: Interaktiv doskalar va multimedia vositalari – bolalarning qiziqishini oshirish va ularning diqqatini uzoqroq saqlab turish uchun muhim vositalardan biri; Ta’limiy mobil ilovalar va kompyuter o‘yinlari – bolalarning individual rivojlanishini ta’minlash va ularning bilimini shaxsiylashtirilgan yondashuv asosida oshirish; Virtual va qo‘shimcha reallik (VR/AR) texnologiyalari – ta’lim jarayonini real hayotga yaqinlashtirish va bolalarda yangi tajribalar hosil qilish; Onlayn ta’lim platformalari – ota-onalar va tarbiyachilar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish hamda ta’lim jarayonini to‘liq kuzatib borish imkonini yaratadi. Raqamli texnologiyalardan foydalanishning ta’limda samaradorlikka erishishga ta’sirini ko‘rib chiqamiz. Raqamli texnologiyalarning maktabgacha ta’lim jarayonidagi muhim afzalliklaridan biri, bolalar uchun yoqimli va qiziqarli o‘quv muhitini yaratishdir. Interaktiv adpi.uz universaljurnal.uz 91 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil kontent va animatsiyali o‘yinlar orqali bolalarning diqqat-e’tibori oshadi, ma’lumotlarni yanada oson o‘zlashtiradilar. Raqamli texnologiyalar bolalar uchun ta’limiy faoliyatlarni qiziqarli va interaktiv shaklda tashkil etishga yordam beradi. Animatsiyalangan darslar va video materiallar orqali bolalarga murakkab tushunchalarni osonroq tushuntirish imkoni mavjud. Interaktiv ta’lim platformalari va mobil ilovalar bolalarda tafakkur qilish, xotira va diqqatni jamlash qobiliyatlarini rivojlantiradi. Masalan, multimedia kontentlar bolalarning tashxisiy va tahliliy qobiliyatlarini kuchaytirishga xizmat qiladi. Shuningdek, raqamli texnologiyalar orqali o‘quv materiallarini qayta ko‘rib chiqish va mashg‘ulotlarni takrorlash imkoni mavjud. Bu esa bolalarning bilimlarini mustahkamlash imkonini beradi. Zamonaviy raqamli vositalar bolalarni mustaqil bilim olishga yo‘naltirishda samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi. Ular multimediali darslar, elektron kitoblar va onlayn resurslar orqali mustaqil o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Multimediya resurslari, elektron qo‘llanmalar va mobil ilovalar bolalarga bilimni yanada interaktiv usulda o‘zlashtirish imkonini beradi. Bolalar multimedia orqali yangi mavzularni vizual va audio formatda qabul qiladi, bu esa xotirani mustahkamlashga yordam beradi. Onlayn platformalar va mobil ilovalar ota-onalarga bolalarining rivojlanishi

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tizimida raqamli texnologiyalarning joriy etilishi va uning samaradorlikka ta’siri yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tizimida raqamli texnologiyalarning joriy etilishi va uning samaradorlikka ta’siri yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
интерактивное образование, Цифровые технологии, дошкольное образование
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники