Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ПАПЕ-МАШЕ В ТВОРЧЕСКОМ РАЗВИТИИ ДЕТЕЙ ВАЖНОСТЬ ТЕХНОЛОГИЙ
Yaqubova Muhabbat Dilshodbekovna (Andijon davlat pedagogika instituti)
Универсал международный научный журнал · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni ijodiy rivojlanishiga yondashishda pape-mashe texnologiyalarining ahamiyati o‘rganilgan. Maqolada, pape-mashe texnologiyasining amalyotdagi holati hamda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar haqida bayon etilgan. Kalit so‘zlar: Pape-mashe, maktabgacha ta'lim, ijodiy rivojlanish, tarbiyalanuvchilar, texnologiyalar, atrofdagi olam, o‘quv o‘yinlari va o‘yinchoqlar, pedagogik yondoshuvlar. Hozirgi kunda ilmiy manbalarda, ota-onalar o‘rtasida, hatto pedagoglar orasida maktabga tayyorlov guruh tarbiyalanuvchilari egallashi kerak bo‘lgan ma’lumotlarning ko‘p ekanligi haqida fikrlar yuritilmoqda. Haqiqatan ham, maktabgacha ta’lim tayyorlov guruh tarbiyalanuvchilari ta’lim jarayonidagi murakkabliklar tufayli ayrim bolalarda qiziqishlar so‘nib borayotganini guvoxi bo‘lmoqdamiz. Ular olamni o‘z imkoniyatlari darajasida ko‘radilar. Maktabga tayyorlov guruh tarbiyalanuvchilarida o‘z imkoniyatlariga bo‘lgan ishonch hissi qanchalik to‘g‘ri, sog‘lom va tabiiy shakllantirilgan bo‘lsa, u keyingi bosqich maktabda sifatli ta’lim olishi yanada osonlashadi. Bu o‘rinda bolalar uchun muhim sanalgan bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalaridan biri bu – ijodiy rivojlanish hisoblaniladi. Ijodiy rivojlanish bolaning yangi g‘oyalar yaratishi, muammolarni yangi usulda hal qilish imkoniyatlari va shu bilan birga o'zining ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirish jarayonidir. Bola ijodiy rivojlanishi olamni anglashidagi muhim bo‘g‘ini sanalinadi, bolaning ijodiy olamga bo‘lgan qiziqishi aniqlanishi natijasida layoqatlari, iste’dodlari rivojlana boradi. Shuning uchun ijodiyot olamiga bolalarni olib kirish zarur sanalinadi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tayyorlov guruh tarbiyalanuvchilari, olamni anglash va bilish jarayonida, o‘z imkoniyatlarini sarhisob qilib, o‘ziga bo‘lgan ishonch hosil qilish jarayoniga nisbatan ijodiy rivojlanish shakllantirilgan bo‘lsagina, bolalarda barcha ta’lim, shaxs shakllanishi ijobiy amalga oshiriladi. Ammo hayotda ko‘p hollarda boladagi qiziqishlari, intilishlar, layoqatlar bilan amaldagi belgilangan qat’iy tartib o‘rtasida keskin ziddiyatlar yuzaga keladi. Bolaning boshqa soxaga bo‘lgan qiziqishi tufayli kattalar tomonidan belgilab qo‘yilgan majburiyatlarni qoniqarli tarzda bajara olmaydi. Ya’ni rasm chizishni yaxshi ko‘rgan bola kattalarning buyruqlari tufayli dutor chalishni ijobiy o‘rgana olmaydi. Ikkinchi tomondan esa bolaga nisbatan “bilishing kerak”, “o‘rganishing kerak”, “doimo birinchida bo‘lishing kerak”, “orqada qolma” kabi talablari qo‘yiladi. Natijada ikki xil istak o‘rtasida qattiq kurash ketadi. Manashu kurash jarayonida bola hohlamagan tarzda o‘ziga ishonchsizligi rivojlanib ma’nan qaram insonga aylanib qoladi. Bu esa bolaga bo‘lgan kuchli talab bolani ruxiyati sinishiga ham olib keladi. Bolaning biror narsani sitqi dildan bajarishi yaratayotgan narsalariga kreativ yondashishi bu tarbiyalanuvchining kelajagini belgilab qo‘yuvchi omil sanalinadi. Mana shu jarayonlarda ziddiyatlarni osonlashtirib bolani olamga bo‘lgan qiziqishini oshiruvchi jarayon – ijodiy rivojlanishinidir. Olimlar maktabgacha ta’lim tashkiloti tayyorlov guruh tarbiyalanuvchilarida ijodiy faollikni rivojlantirishga yordam beruvchi omillar tajriba jarayonida o‘rganilishi natijasida quydagi xulosaga keldilar. adpi.uz universaljurnal.uz 245 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil Atrofdagi olam Bolarga atrofingizdagi hamma narsa – odamlar, mashinalar, binolar, tabiat haqida so‘zlashish juda ham yoqadi. Bu bolaning nutqini, xotirasini, tasavvurini rivojlantirishga yordam beradigan va umuman olganda, bolaning ko‘plab shaxsiy xususiyatlarini shakllantirishda muhim nuqta bo‘lgan kattalar va bola o‘rtasidagi aloqa vositasi sanalinadi. O‘quv o‘yinlari va o‘yinchoqlar Bolalar ijodiy rivojlanishida o‘yin faoliyatining o‘rni beqiyos sanalinadi va tasavvur olami kengayib boradi, muammolarni mustaqil hal qilishni o‘rganadi va fikrlarini erkin bayon eta olishga yordam beradi. O‘yinlar orqali bolalar yangi g‘oyalar yaratish, xayoliy dunyo qurish va turli tuman rollarda o‘zlarini sinab ko‘radilar. Bu jarayon orqali bolalar kreativ fikrlashini, mantiqiy yondashuvni va o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirib boradilar. Pedagogik yondoshuvlar: Bolalarning ijodiy rivojlantirishda tarbiyachilar va pedagoglarning roli katta. Ijodiy o‘qitish yondoshuvlarini amalga oshirish, bolalarga yangi ko‘nikmalarni egallashda erkinlik berish va ularni o‘z qobiliyatlarini kashf qilishga undash kerak. Tarbiyachilar ijodiy faoliyatni rag‘batlantiruvchi, quvnoq va qiziqarli muhit yaratishlari zarur sanalinadi. Tayyorlov guruh tarbiyalanuchilari o‘zining ko‘p qirrali ijodiy layoqatlarini namoyon etish, ko‘rsatish, rivojlantirish, amaliyotga tatbiq etish, ijodiylik jihatidan shaxsiy realizatsiyasini amalga oshirishga bo‘lgan ishtiyoq juda yuqori bo‘ladi. Har bir 6-7 yoshgacha bo‘lgan bolada tabiiy ravishda o‘z “Men”i
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni ijodiy rivojlanishiga yondashishda pape-mashe texnologiyalarining ahamiyati o‘rganilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni ijodiy rivojlanishiga yondashishda pape-mashe texnologiyalarining ahamiyati o‘rganilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- bolalar ijodi, Папье-маше, детское творчество, Pape-mashe
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024