К содержанию
РецензированоRU2025

КОМПЬЮТЕРНЫЕ ИГРЫ И ДЕТСКИЙ ИНТЕЛЛЕКТ: НАУЧНЫЙ ПОДХОДЫ И ИСТОРИЧЕСКИЕ ЭТАПЫ

G’ulomova Muxlisa (instituti tayanch doktoranti)

Универсал международный научный журнал · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning intellektual rivojlanishida kompyuter texnologiyalarining ahamiyati, ularning ta’lim jarayonida qo‘llanishi va samaradorligi haqida so‘z boradi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, kompyuter o‘yinlari bolalarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini oshirishga, muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga va ta’lim jarayonini qiziqarliroq qilishga yordam beradi. Dunyoning turli mamlakatlarida olib borilgan ilmiy izlanishlar natijalari kompyuter texnologiyalarining bolalar ta’limi va tarbiyasiga ijobiy ta’sirini tasdiqlaydi. Shu bilan birga, kompyuter o‘yinlari an’anaviy o‘yinlarni to‘liq almashtira olmasligi, balki ularga qo‘shimcha ta’lim vositasi sifatida qaralishi kerakligi ta’kidlanadi. Kalit so‘zlar: Maktabgacha ta’lim, intellektual rivojlanish, kompyuter texnologiyalari, kompyuter o‘yinlari, ta’lim jarayoni, axborot texnologiyalari, mantiqiy fikrlash, pedagogika, psixologik tayyorgarlik. Maktabgacha yoshdagi bolalarning intellektini rivojlantirishda kompyuter texnologiyalardan foydalanishning afzallaiklari to’g’risida pedagog-olimlar tomonidan tadqiqot ishlari olib borilgan bo’lib va ushbu jarayon metadologik asoslangan. 1980 – yildan boshlab insoniyat turmush tarziga kompyuter texnologiyalari, so’ngra sekin - asta kompyuter o’yinlari ham kirib keladi. Kompyuter texnologiyalarining ta’lim jarayoniga olib kirishning zarurati xalqaro eksportlar tomonidan ta’kidlab o’tilgan bo’lib, 1999-2000 yillarda YUNESKO tomonidan axborot va kommunikatsiya xalqaro ma’ruzasi tayyorlangan va “Biznes - Press” agentligi tomonidan chop etilgan. Yangi texnologiyalar, “yaxshi dunyoni” yaratishga, xizmat qiladi har bir inson texnologiyadan faqatgina foyda oladi deb yozadi ma’ruzaning muqaddimasida, YuNESKOning bosh direktori Fediriko Mayo. Bolalar dunyosiga kompyuterning olib kirishning asosiy maqsadi - jamiyatimizda, ta’lim, fan, iqtisodiyotda keng foydalanib kelinayotgan axborot - texnologiyalaridan foydalanishda psixologik tayyorgarligini shakllantirishdan iborat. Jamiyatning sifatli yangilanishining zarur shartlaridan biri – intellektual potensiyasining oshirish hisoblanadi. Bunday vazifani bajarish sifatli ta’lim jarayonini qurilishiga bog’liq. Barcha tadqiqotchilarning fikrlari bo’yicha maktabgacha yoshdagi bolaning ta’lim va tarbiya jarayonining bir qismini kompyuter vositasida, mantiqiy kompyuter o’yini yordamida amalga oshirish mumkin. Kompyuter texnologiyalari maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchi bolalar orasida ilk bor 1971 yilda Amerika Qo’shma Shtatlarining Massachuti instituti tomonidan qo’llanilgan. Rossiya Federatsiyasidф maktabgacha ta’lim tashkilotlarining mashg’ulot jarayoniga kompyuter texnologiyasi 1980-yilning o’rtalarida kirib kelgan. 1986- yilda Moskva shahridagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ilk bor kompyuter- o’yin kompleksi ochiladi. Bunday yangilik bir qator olimlarni o’ziga jalb qilib, shu yildan boshlab qator ilmiy izlanish va kuzatuvlar olib borilishiga turtki bo’ladi. Bu manbaa ortida A.V. Zaporojets nomidagi “Maktabgacha yosh” markazi, Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, “Elektronika” tashkilotining bir qancha olim va mutaxassislari turadi va 1990 yilda ular birlashgan holda “Kompyuter va bolalik” mustaqil assosiatsiyasini tuzadilar. Kompyuterga doir asosiy tushunchalar, u tomonidan bajaraladigan funksiyalar hamda ta’lim jarayoni bolalar hayotiga rivojlantiruvchi o’yinlar orqali bosqichma – bosqich kiritilishi za’rurligi ta’kidlanadi. Shu bilan birga, bolalarning kompyuter vositasi bilan tanishuvi oson va qiziqarli bo’lishi uchun o’yin shaklidagi ta’limiy yondashuv muhim ahamiyat kasb etishi ham qayd etiladi. Kompyuter vositasi bolaning mustaqil rivojlanishida yordam beruvchi vositalardan biri hisoblanadi. Shunga qaramay adpi.uz universaljurnal.uz 115 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil u an’anaviy o’yinlarning o’rnini to’laqonli ravishda egallay olmaydi. Olib borilgan izlanishlar shuni ko’rsatdiki an’anaviy va kompyuter o’yinlarini hamkorlikda qo’llanilishi bolaning iqtidorini yuzaga chiqarib beradi. O’yin jarayonida har bir bola o’zining tajriba, bilim, taasurotlariga tayanadi. Buyuk Britaniyada o’tkazilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, ta’lim jarayonida kompyuter o’yinlardan foydalanish bolalarning intellectual salohiyatini oshirishga ijobiy hissa qo’shadi. Tadqiqot doirasida o’tkazilgan so’rovnoma natijalariga ko’ra, qatnashchilarning 82 foizi hozirgi bolalar avvalgi avlod vakillariga nisbatan keng dunyoqarash va bilimga ega ekanligini ta’kidlab o’tishgan. Buning asosiy sababi sifatida esa zamonaviy kompyuter vositalarini qo’llanilishi keltirib o’tilgan. Bu esa maktabgacha yoshdagi bolalarda mantiqiy fikrlash doirasi va yuzaga kelgan muammolarni hal qilish qobiliyatini rivojlanishiga xizmat qilishi ham aytib o’tilgan. 34 foiz ishtirokchilar kompyuter o’yinlari bolalarning ta’lim – tarbiya jarayonini yengillashtiri

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning intellektual rivojlanishida kompyuter texnologiyalarining ahamiyati, ularning ta’lim jarayonida qo‘llanishi va samaradorligi haqida so‘z boradi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning intellektual rivojlanishida kompyuter texnologiyalarining ahamiyati, ularning ta’lim jarayonida qo‘llanishi va samaradorligi haqida so‘z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
mantiqiy fikrlash, pedagogy, logical thinking, pedagogika
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники