Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ПЕДАГОГИЧЕСКОЕ ОБРАЗОВАНИЕ В ПОДГОТОВКЕ СТУДЕНТОВ К ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ АКСИОЛОГИЯ И СРАВНИТЕЛЬНЫЙ АНАЛИЗ
Abdulazizova Muhayyoxon Baxtiyarovna
Универсал международный научный журнал · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada talabalarnı kasbıy faolıyatga tayyorlashda pedagogık aksıologıya va komparatıvıstık tahlıl keng bayon etilgan. Kalit so‘zlar: aksiologiya, komprovistik tahlil, pedagogik aksiologiya, qadriyat, dual ta’lim. Hozirgi kunda jamiyatning iqtisodiy va madaniy rivojlanishi kasbiy tayyorgarlikning sifatiga bevosita bog‘liq. Talabalar nafaqat o‘z kasbiy bilim va ko‘nikmalarini egallashi, balki kasbiy faoliyatda asosiy qadriyatlar va etika normalariga rioya qilishi ham muhim hisoblanadi. Pedagogik aksiologiya – ta’lim jarayonida qadriyatlarni shakllantirish va rivojlantirishga yo‘naltirilgan muhim yo‘nalish bo‘lib, u yosh mutaxassislarning kasbiy faoliyatga tayyor bo‘lishida asosiy omillardan biri sanaladi. Qadriyatlar tizimi to‘g‘ri shakllanmagan taqdirda, talabalar o‘z kasbiy faoliyatida yetarli darajada ijtimoiy mas’uliyat sezmasligi yoki mehnat faoliyatida muammolarga duch kelishi mumkin. Shu sababli, pedagogik aksiologiyaning kasbiy ta’lim jarayoniga ta’sirini o‘rganish dolzarb masala hisoblanadi. Aksiologiya – qadriyatlar haqidagi falsafiy ta’limot bo‘lib, inson hayotida va jamiyatda qadriyatlarning ahamiyatini o‘rganadi. Ta’lim va tarbiya jarayonida aksiologiya shaxsning ma’naviy, axloqiy va kasbiy qadriyatlarini shakllantirishga xizmat qiladi. Bu tushuncha pedagogik jarayonda muhim ahamiyat kasb etib, o‘quvchilarda ijtimoiy va kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishga yordam beradi. Pedagogik aksiologiya – pedagogikaning qadriyatlar bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘nalishi bo‘lib, ta’lim-tarbiya jarayonida shaxsning axloqiy, estetik va kasbiy qadriyatlarini shakllantirish bilan shug‘ullanadi. U nafaqat bilim berish, balki talabalarga hayotiy pozitsiya, axloqiy tamoyillar va ijtimoiy javobgarlik hissini singdirish vazifasini bajaradi. Qiyosiy tahlil: Xorijiy tajriba va O‘zbekistondagi holat Dunyoda kasbiy ta’limning rivojlanishi mamlakatlarning iqtisodiy va sotsial taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liq. Turli davlatlarda kasbiy ta’lim jarayoni o‘ziga xos xususiyatlarga ega: 1. Germaniya modeli (Dual ta’lim tizimi) o Talabalar nazariy ta’lim va ishlab chiqarishdagi amaliyotning uyg‘unligi asosida o‘qitiladi. o O‘quvchilar vaqtining 60-70% ini amaliyotga ajratadi. o Ish beruvchilar va ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik kuchli. 2. Finlyandiya modeli o Innovatsion pedagogik yondashuvlar asosida tashkil etilgan. o Amaliy ko‘nikmalarga urg‘u beriladi va kreativ ta’lim metodlari qo‘llaniladi. o O‘quvchilar mustaqil va ijodiy fikrlashga yo‘naltiriladi. 3. AQSh modeli o Kasbiy ta’lim kollej va universitetlar bilan integratsiyalashgan. o Bozor talablariga mos ravishda moslashuvchan ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi. o Texnologik innovatsiyalar va startap madaniyatiga katta e’tibor qaratiladi. O‘zbekistonda kasbiy ta’lim so‘nggi yillarda tub islohotlar jarayonidan o‘tmoqda. Quyidagi jihatlar asosiy ahamiyat kasb etadi: Ta’lim tizimi islohoti – Prezident farmonlari va davlat dasturlari asosida kasbiy ta’lim tizimini modernizatsiya qilish bosqichi olib borilmoqda. Kasbiy ta’lim muassasalari tarmog‘ining kengayishi – texnikumlar, kasb-hunar maktablari va kollejlar qayta tashkil etilib, zamonaviy o‘quv dasturlari joriy etilmoqda. adpi.uz universaljurnal.uz 125 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil Dual ta’lim joriy etilishi – ishlab chiqarish va amaliy ta’lim uyg‘unligi oshirilmoqda. Xalqaro tajriba va hamkorlik – Germaniya, Janubiy Koreya, Xitoy va boshqa mamlakatlar bilan hamkorlikda yangi kasbiy ta’lim dasturlari ishlab chiqilmoqda. Xorijiy tajriba bilan solishtirish Ko‘rsatkichlar Xorijiy mamlakatlar O‘zbekiston Kasbiy ta’lim Dual ta’lim (Germaniya), Islohotlar va modeli Innovatsion (Finlyandiya) modernizatsiya jarayonida Amaliyot va 60-70% amaliyot, 30-40% Amaliyot ulushi nazariya nisbati nazariya oshirilmoqda Texnologik Raqamli ta’lim va startap Raqamlashtirish jarayoni integratsiya ekotizimlari rivojlangan bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda Ta’lim va sanoat Ish beruvchilar ta’lim Hamkorlik tizimi hamkorligi jarayoniga faol jalb qilingan shakllanmoqda Kasbiy etika va Mutaxassislarning ijtimoiy Pedagogik aksiologiya qadriyatlar javobgarligi va kasbiy etikaga ahamiyati oshirilmoqda urg‘u berilgan O‘zbekiston xorijiy tajribadan foydalangan holda kasbiy ta’lim tizimini modernizatsiya qilish yo‘lida. Kasbiy ta’lim va pedagogik aksiologiya sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, innovatsion ta’lim texnologiyalarini joriy etish va dual ta’lim tizimini to‘liq yo‘lga qo‘yish kelajakdagi asosiy ustuvor vazifalardan biridir. Xorijiy tajribadan o‘rganish mumkin bo‘lgan jihatlar: 1. Ilg'or xorijiy tajribalarni o'rganish: Bo'lajak o'qituvchilarda kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishda ilg'or xorijiy tajribalarni o'rganish va ularni mahalliy sharoitga moslashtirish muhimdir. Bu borada ilmiy-amaliy konferensiyalar tashkil etilishi va xorijiy tajribalarni o'rganish bo'yicha tadqiqotlar o'tkazilishi lozim. 2. Pedagogik innova
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada talabalarnı kasbıy faolıyatga tayyorlashda pedagogık aksıologıya va komparatıvıstık tahlıl keng bayon etilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada talabalarnı kasbıy faolıyatga tayyorlashda pedagogık aksıologıya va komparatıvıstık tahlıl keng bayon etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- axiology, aksiologiya, komprovistik tahlil, compromise analysis
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014