Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
НАВЫКИ ИНОСТРАННОГО ЯЗЫКА У ДЕТЕЙ В ВОЗРАСТЕ 3-7 ЛЕТ ФОРМИРОВАНИЕ
Mamatazizova Azizaxon (Andijon davlat pedagogika instituti)
Универсал международный научный журнал · 3 · 16-18 · 2025
Аннотация
Bugungi kunda chet tilini o‘rganish zamon talablaridan bir hisoblanadi. Bolalarga yoshlikdan chet tilini o‘rgatib borish esa kelajakda uni yetuk kadr bo‘lib yetishishiga xizmat qiladi. Biz ko‘pgina jurnal, maqola va boshqa manbalarda poliglod bolalar haqida ko‘p eshitganmiz. Shunday bolalarni yetishtirib chiqarishga esa albatta maktabgacha ta’lim muassalari va ota onalar hamkorligi muhim o‘rin tutadi. Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda chet tili ko‘nikmalarini shakllantirish yo‘llari yoritilgan bo‘lib , bu bolalar uchun qay darajada muhim ekanligi takidlab o‘tilgan. Kalit so‘zlar: chet tili, o‘yin faoliyati, zamonaviy tehnika, videorolik, qaror. “Yoshlikda olingan bilim toshga o‘yilgan naqsh kabidir” deb bejizga aytishmaydi. Darhaqiqat, yoshlikdan olingan bilimlar uzoq vaqt saqlanib qoladi. Misol uchun: bog’chada, maktab yod olgan she’rlarimiz hali hanuz yodimizda qolgan. Bolalarga chet tilini o‘rgatishni yoshlikdan boshlash ham katta natijalarga olib keladi. Chet tilini yoshlikdan o‘rgatishning bir necha afzalliklari bor: 1. Oson qabul qilish: Yoshlikda til o‘rganish jarayoni ko‘proq o‘yinlar va faoliyatlar orqali amalga oshiriladi, bu esa bolalar uchun qiziqarli va qulay. 2. Muomala ko‘nikmalari: Erta yoshda chet tilini o‘rganish bolalarga boshqa madaniyatlarni anglash va muloqot qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. 3. Ijodiy fikrlash: Til o‘rganish bolalarning ijodiy fikrlashini va yangi g’oyalar ishlab chiqishini rag’batlantiradi. 4. Kelajakda foyda: Chet tiliga bo‘lgan qiziqish bolalarning kelajakdagi bilim va karera imkoniyatlarini kengaytiradi. Xo‘sh chet tilini qanday qilib bolalarga o‘rgatish mumkin? Buning uchun avvalo faoliyat turlarini bilib olish zarur. Ma’lumki, asosiy faoliyat turlariga: o‘qish, ish , o‘yin faoliyatlari kiradi. Bolalarda eng rivojlangani o‘yin faoliyati hisoblanadi. Avvalo, shu o‘yin faoliyati orqali bolalarga chet tillalarini o‘rgatish keyinchalik maktabga chiqganida buni yana ham kuchaytirish mumkin. Hozirgi kunda bolalar zamonaviy tehnikalar va ijtimoiy tarmoqlarga mukkasidan ketgan. Bolalarni ongini bunday zararli narsalar bilan to‘ldirmasdan bilim, ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadga muvofiq. Bunda avvalo ota onalarda ma’suliyat juda katta . Ota onalar bolalarni bo‘sh vaqtini shunday zararli narsalar bilan o‘tkazishiga yo‘l qo‘ymaslik zarur . Shuningdek ijtimoiy tarmoqlardan ham yaxshi maqsadlarda foydalansa bo‘ladi . Masalan, shu til ko‘nikmalariga oid videoroliklar , turli hil o‘yinlar bilan shug’ullanish ham foydali , ham maroqli bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining mamlakatimizda xorijiy tillarni o‘rgatishni ommalashtirishni yangi bosqichga olib chiqish va sohani rivojlantirish uchun tizimli ishlarni tashkil etish, ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash, buning uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish maqsadida 2022-yil 19-yanvardagi “Xorijiy tillarni o‘rganishni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi 34-sonli qarori qabul qilingan bo‘lib, qarorga asosan maktabgacha ta’lim muassasalarida ham chet tilini o‘rgatish keng yo‘lga qo‘yilgan. Tajribali pedagoglar bolalarga chet tilini o‘rgatish bilan birga ularni dunyoqarashini ham rivojlantirish mumkin. Chet tilini o‘qitishda quyidagi yondashuvlar muhim ahamiyatga ega: 1. Kreativ va innovatsion metodlar: O‘yinlar, san’at va qo‘shiqlar orqali til o‘rganish bolalarda ijodkorlik va qiziqish uyg’otadi. adpi.uz universaljurnal.uz 128 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil 2. Madaniyatni o‘rganish: Chet tillarni o‘rgatish jarayonida o‘smirlarni turli madaniyatlar bilan tanishtirish, ularning dunyoqarashini kengaytiradi. 3. Interaktiv muloqot: Bolalar bilan muloqotda bo‘lish va interaktiv faoliyatlar olib borish, tilni amalda qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantiradi. 4. Ota-onalar bilan hamkorlik: Ota-onalar ham o‘z farzandlarining chet tilini o‘rganish jarayonida faol ishtirok etishlari muhim. Ushbu chora-tadbirlar orqali bolalar nafaqat chet tilini o‘rganadilar, balki ularning fikrlash va muloqot qilish ko‘nikmalari ham rivojlanadi, bu esa kelajakda ularga keng imkoniyatlar yaratadi. “Til bilgan – el biladi” degan iborat hozirgi kunda aniq yaqqol ifodasini topgan. Til bilan qanchadan-qancha yoshlarimiz chet davlatlarining nufuzli universitetlarida grant asosida o‘qib, nafaqat oilasi balki, yurtimizning ham faxri bo‘lib kelmoqda. Shunday farzandlar yetkazib chiqarish uchun yoshlikdan harakat qilsak, bundan ham yuksak cho‘qqilarni zabt etishi mumkin. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. “Xorijiy tillarni o‘rganishni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida” gi 34-son qaror 19.01.2022 2. Xusanovich, M. O. (2024, November). MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA TADBIRKORLIK MADANIYATIGA O ‘RGATISH. In INTERDISCIPLINE INNOVATION AND SCIENTIFIC RESEARCH CONFERENCE (Vol. 3, No. 25, pp. 16-18). 3. Mirzayev, O. (2023). ЕRTАK-
Доказательный фрагмент
«Bugungi kunda chet tilini o‘rganish zamon talablaridan bir hisoblanadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюBugungi kunda chet tilini o‘rganish zamon talablaridan bir hisoblanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- : chet tili, o‘yin faoliyati, иностранный язык, игровая деятельность
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024