К содержанию
РецензированоRU2025

КАЧЕСТВО ОБРАЗОВАНИЯ И ВОСПИТАНИЯ ДЕТЕЙ ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА ВАЖНЫЕ АСПЕКТЫ УВЕЛИЧЕНИЯ

OSHIRISHNING MUHIM JIHATLARI · Tohirjonova Humora (Andijon davlat pedagogika instituti)

Универсал международный научный журнал · 11 · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada bolalarning yosh guruhga ajratish ularda talim sifatini yanada oshirish, bolalarni mehnatga, bilim olishga, o‘yinga maqsadli o‘rgatish haqida gap ketadi. Talim va tarbiya jarayonini to‘g‘ri tashkil etish haqida muhokama qilingan. Kalit so‘zlar: Ta’lim, tarbiya, mehnat faoliyati, bilim olish, didaktika, ta’lim sifati, tarbiyachi, bola, zamonaviy o‘quv materiallari. Bugungi kunda barkamol avlodni tarbiyalashda yoshlarni intellektual salohiyatini ro’yobga chiqarish va ularning har tomonlama rivojlangan shaxs etib voyaga yetkazish – davlatimiz siyosatini ustivor yo’nalishga aylangan. Mamlakatimizda Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog’ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida bir qator qonunlar va qonun osti hujjatlar qabul qilingan. Ilk yoshdagi bolalarning faolligi va mustaqilligi bevosita katta odamning ishtiroki va ta’siri ostida ro‘y bersa, 4-6 yoshli bolalar xilma-xil faoliyatga tobora mustaqil, o‘z xoxishlariga ko‘ra qo‘shiladilar, bunda ongning roli oshadi va ba’zan ijodiy xususiyatga ega bo‘ladi. Ilmiy tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, maktabgacha tarbiya yoshida yetakchi bo‘ladigan o‘yin faolyatida maktabgacha yoshdagi bolaning ijtimoiy, bilish faolligi rivojlanadi. Tarbiyachilar rah-barligidagi o‘yinlar chog‘ida bolalar turli harakat usullarini, buyumlar, ularning xususiyatlari va belgilari to‘g‘risidagi bilimlarni o‘zlashtiradilar. Bolalar makon, vaqt munosabatlarini, o‘xshashlikka va bir xillikka oid aloqalarni anglab yetadi-lar, tushunchalarni egallaydilar. harakatli o‘yinlar harakatlarning rivojlanishiga, makonda yo‘l-yo‘riq topishga yordam beradi. Birgalikdagi o‘yinlarda bolalar odamlar o‘rtasidagi munosabatlarni, harakatlarni muvofiqlashtirishning ahamiyatini anglab yetadilar va o‘zlashtiradilar, atrofdagi narsalar to‘g‘risidagi tasavvurlarini kengaytiradilar. Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda o‘yin faoliyatining mazmuni xilma-xil bo‘ladi va har tomonlama rivojlanish imkoniyatlari kengayadi. O‘yin hayolni rivojlantirishga, atrofdagi voqelik, odamlar mehnati to‘g’risidagi bilimlarni chuqurlashtirishga, shaxsning jamoachilik xususiyatlarini shakllantirishga ko‘maklashadi. Muntazam mehnat topshiriqlari o‘z faoliyatini jamoat manfaatlariga Bo‘ysundirish, ijtimoiy foyda kelishiga amal kilish, mehnatning umumiy natijalaridan quvonish ko‘nikmalarini tarbiyalaydi va rivojlantiradi. Mashǵulotlardagi eng oddiy o‘quv faoliyati atrofdagi tabiat, ijtimoiy turmush, odamlar haqidagi bilimlarni o‘zlashtirishga, shuningdek aqliy va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yordam beradi. Agar 1-3 yoshda ta’lim paytida bolalarning e`tibori tabiat, odamlar xayotidagi anik faktlar va hodisalarga qaratilsa, 5-6 yoshli bolalarga ta’lim berish muhim aloqalar va munosabatlarni o‘zlashtirishga va aloqalarni umumlashtirishga hamda eng oddiy tushunchalarni shakllantirishga qaratilgan bo‘ladi, bu esa bolalarda tushunish tafakkurining rivojlanishiga olib keladi. O‘zlashtirilgan bilimlar va rivojlangan aqliy qobiliyatlarni bolalar xilma-xil o‘yinlarda va mehnatda qo‘llaydilar. Bularning hammasi bola shaxsining rivojlanishiga ta’sir etadi, unda faoliyatning yangi mazmuniga qiziqishni shakllantiradi. adpi.uz universaljurnal.uz 341 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil Maktabgacha yosh davridagi ehtiyojlar, his-tuyg‘ular, sabablar, maqsadlarni tarbiyalash va rivojlantirish shu darajaga yetadiki, u bolaga maktabdagi muntazam o‘qishga o‘tish imkonini beradi. Kichik maktab yoshida asosiy jarayon o‘qish bo‘lib qoladi va uni bolalar ijtimoiy ahamiyatga molik faoliyat sifatida tushunadilar. Bolaning jamiyatdagi yangi mavqei o‘z xatti-harakatini va tengdoshlarining xatti-harakatini o‘zgacha nuqtai nazardan maktab o‘quvchisi nuqtai nazaridan baholashni shart qilib qo‘yadi. Bola faollik, ijodkorlik ko‘rsatib, kattalarning uning xulq-atvoriga va faoliyatiga qo‘yayotgan tobora murakkablashib borayotgan talablarini bajarishga intiladi. Har bir faoliyat turining mazmuni va tuzilishining ijtimoiy-tarixiy tabiati har bir yosh avlodga obyektiv ravishda berilgan bo‘ladi. Odamlarning ishlab chiqarish qurollarida, bilimlarda, san`atda, ahloqda va hokazolarda jamlangan sermahsul faoliyati natijalari birgalikdagi faoliyatda va muloqotda bo‘lgan paytda tarbiya va ta’lim vositasida katta avloddan kichiklarga beriladi. Odam shaxsining ijtimoiy tabiati ana shunday shakllanadi. Tarbiya tarbiyalanuvchida kuchli faoliyat ehtiyojini uyg’otib, yangi xulq-atvor sifatlarini shakllantirishga yordam bergandagi-na kutilgan natijalarga erishadi. Bolani tarbiyalash va

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada bolalarning yosh guruhga ajratish ularda talim sifatini yanada oshirish, bolalarni mehnatga, bilim olishga, o‘yinga maqsadli o‘rgatish haqida gap ketadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada bolalarning yosh guruhga ajratish ularda talim sifatini yanada oshirish, bolalarni mehnatga, bilim olishga, o‘yinga maqsadli o‘rgatish haqida gap ketadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
работа, Образование, воспитание
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники