Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ТЕХНОЛОГИИ STEAM В ДОШКОЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ НОРМАТИВНО-МЕТОДИЧЕСКАЯ ОСНОВА ПРИМЕНЕНИЯ
Azimjonova Mohichexra Bunyodbek qizi (Andijon davlat pedagogika instituti)
Универсал международный научный журнал · 2025
Аннотация
Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rivojlanish markazlarida bolalarning kommunikativ jarayonlarini shakllanishi, tarbiyachi pedagoglar tomonidan metodik imkoniyatlari yaratilishi va bunda STEAM ta’lim texnologiyasini ahamiyati haqida bayon qilingan. Kalit so‘zlar:STEAM, kommunikativ, syujet, individual, markaz, metod, kompetentlik. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari barcha yosh guruhlarida tashkil etilgan rivojlantiruvchi markazlaridagi jarayonlar bolalaming doimiy ravishda yangi bilimlami o‘zlashtirishga, mustahkamlashga yordam beradi. Bolalarni o‘z bilimini mustaqil ravishda to‘ldirib borish, kechayotgan yangilanish jarayonlariga munosib moslashib borishga o‘rgatish rivojlantiruvchi markazlarining asosiy maqsadidir. Shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rivojlanish markazlarida bolalaming kommunikativ jarayonlarini shakllanishi, tarbiyachi-pedagoglar tomonidan metodik imkoniyatlari yaratilishi bolaning barkamol rivojlanishida ayniqsa qiziqarli va foydalidir. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida quyidagi rivojlanish markazlarida bolalar o‘zlarining ilk kommunikativ sifatlarini o‘zlari rivojlantirish borish ko‘nikmasiga egadirlar: Qurish-yasash,konstruksiyalash va matematika markazi; Til va nutq markazi; Syujetli-rolli o‘yinlar va sahnalashtirish markazi; Ilm-fan va tabiat markazi; San’at markazi; Musiqa va ritmika markazi. Yuqoridagi keltirilgan rivojlanish markazlarida har bir yosh guruhlarida tarbiyalanuvchilarning mustaqil faoliyati, ta’limiytarbiyaviy jarayoni tarbiyachi tomonidan kuzatib boriladi va rivojlanish xaritasida qayd etiladi. Har bir rivojlanish markazi bolaning kommunikativ sifatlarini rivojlantiradi. Kommunikativ moslashuvchanligi, kompetentlik astasekin shakllana boshlaydi. Oqilona tashkil etilgan sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhit bolalarda izlanishga, tashabbus ko‘rsatishga va ijodkorlik qobiliyatlarini namoyon etishga rag‘bat uyg‘otadi. Bunda tarbiyachilar bola rivojlanishi qanday kechayotganligi to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lishlari, buning uchun esa ulami doimiy ravishda nazorat qilib borishlari zarur boladi. Tarbiyachi o‘quv materialini bolalaming yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda ularga munosib tarzda yetkazadilar. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagogik jamoasining o‘rni shundan iboratki, ular har bir bolaning qiziqishi, qobiliyati va ehtiyojini inobatga olgan holda mos keladigan maqsadlar qo‘yishlari, bolalardagi tabiiy qiziqishlami qo‘llab-quwatlashlari, ularda borliqni birgalikda o‘zlashtirish ko‘nikmalarini shakllantirishlari kerak. Bola rivojlanishining o‘ziga xosligini inobatga olishda, awalo, shuni tushunib yetish kerakki, barcha bolalar rivojlanishning ma’lum bosqichlarini bosib o‘tadilar, biroq bunda har bir bola noyob va takrorlanmasdir. Tarbiyachilar bolalami aynan bir xil, o‘xshash narsalar va faoliyat turlari bilan ta’minlashlari uchun ularning o‘ziga xos, boshqalardan ajralib turadigan rivojlanish ko‘rsatkichlari to‘g‘risida toiiq tasavvurga ega bo‘lishlari lozim. Shuningdek, tarbiyachilar bir xil yoshdagi turli bolalaming qobiliyatlari va qiziqishlaridagi farqlarga e’tibor bilan munosabatda boiishlari kerakligini mutaxassislar alohida ta’kidlashadi. Bunda bola rivoj lanishining o‘ziga xosligiga doir, bolalar qiziqishlariga javob beruvchi faoliyat turlari, ya’ni ulaming aqliy, ijtimoiy va ma’naviy yetuklik darajasi nazarda tutiladi. Bunday faoliyat turlari bolalaming tabiatga qiziqishlariga, 670 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil tajribadan qoniqish hosil qilishlariga va o‘z g‘oyalarini tajribada sinab ko‘rish xoxish- istaklariga qaratilgandir. Bunda bolalarda paydo bo‘lgan savollarga o‘zlari javob topishiga yordam berish muhim ahamiyatga ega. Negaki, savolga javob izlash barobarida bolada qiziqish, dalillash va e’tibor berish avtomatik tarzda faollashadi. Bunda tarbiyachining roli savolni soddalashtirmasdan va bolani ko‘p axborot bilan chalg‘itmasdan uni qoniqtiradigan javob topish va ularini birgalashib qidirishdan iboratdir. Rivojlanish markazlaridagi ta'lim jarayonida bolalaming o‘zlari tegishli rivojlanish markazini ixtiyoriy tanlay boshlaydilar. Bolalarni mustaqil guruhlarda ishlashi individuallashtirishda tarbiyachi shundayfaoliyat turlarini o‘ylab topadiki, unda barchaga birdek ko‘rsatma berilsa-da, biroq har bir bola undan kelib chiqqan holdaa o‘zi mustaqil ravishda muvaffaqiyatga erishishiga imkon beriladi. Individuallashtirish darajasini optimallashtirish mumkin. Epchillik va topqirlik talab etiladigan faoliyat turini tanlagan va bolalarni diqqat bilan kuzatgan holda tarbiyachi zaruriyat tug‘ilib qolsa topshiriq va materiallami o‘zgartirishi yoki moslash-tirishi mumkin. Rivojlanish markazlari bolalarga o‘zlarining shaxsiy ko‘nikmalari va qmqishlaridan kelib beradi. Masalan, san’at markazida bir bola o‘ynaladigan o‘yinlar markazida bir bola to‘rtta yog‘och kubikdan shakl yasaydi, boshqa birovi esa yigirma besh bo‘lakli karton
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rivojlanish markazlarida bolalarning kommunikativ jarayonlarini shakllanishi, tarbiyachi pedagoglar tomonidan metodik imkoniyatlari yaratilishi va bunda STEAM ta’lim…»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rivojlanish markazlarida bolalarning kommunikativ jarayonlarini shakllanishi, tarbiyachi pedagoglar tomonidan metodik imkoniyatlari yaratilishi va bunda STEAM ta’lim… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Concept, competency-based, Konsepsiya, kompleks, Концептуальный, комплексный, компетентностный, complex, kompetensiyaviy
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024