К содержанию
РецензированоRU2025

НАУЧНО-ТЕОРЕТИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ ИННОВАЦИОННЫХ ПОДХОДОВ В ДЕЯТЕЛЬНОСТИ ПЕДАГОГА ДОШКОЛЬНОЙ ОБРАЗОВАТЕЛЬНОЙ ОРГАНИЗАЦИИ

Mohinora Raximova (Андижанский государственный педагогический институт)

Универсал международный научный журнал · 11 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada Maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti otarbiyalanuvchilari ota- onalari bilan olib boriladigan hamkorlik ishlari ochib berilgan. Kalit so‘zlar: hamkorlik, ota-ona, maktabgacha ta’lim tashkiloti, tarbiyalanuvchi. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ota-onalarning ishtiroki tarbiya va bolalar uchun ham juda yaxshi natija olib keladi. Bola tarbiyasida oilaning oʻrni beqiyos. Oila bolaga qattiq taʼsir koʻrsatadi, uni atrofdagi hayotga moslaydi. Jamiyatda esa tarbiya faqat ota-onaning shaxsiy ishigina boʻlib qolmasdan, balki ularning ijtimoiy burchi hamdir. Ota-onalarni tashkiliy ishlarga jalb etish masalan, yumshoq oʻyinchoq tayyorlash, suv va qum bilan oʻynashi uchun oʻyinchoqlar yasash, maydonchalarni koʻkalamzorlashtirish uchun jihozlar tayyorlash muhim tadbirlardir. Bunday tanlovlar tarbiyachining yillik ish rejasida oʻz aksini topgan boʻlishi kerak. Tanlov shartlarini umumiy ota-onalar yigʻilishlarida muhokama qilish va maʼqullab olish kerak. Faol ishtirokchi ota-onalarga tashakkurnoma eʼlon qilish, bu borada buvi-yu, bobolarning ham maslahatlariga quloq tutmoq lozim. Maktabgacha taʼlim tashkilotining oila bilan ishlash tizimida aniq maqsad mazmun boʻlishi kerak. Ota-onalar bilan hamkorlik borasida avvalo erishilgan yutuq va tajribalarning natijalarini tahlil qilib, bolaning ijobiy tomonlarini koʻrsatib, keyin asta-sekinlik bilan ularning xulq- atvoridagi salbiy holatlarni bartaraf etishga, tevarak-atrofga qiziqishlarini oshirib borishga astoydil harakat qilish lozimligini uqtirish [Ошибка! Источник ссылки не найден.] kerak. Ota- onalarni maktabgacha taʼlimga jalb etish maqsadida turli xil toʻgaraklar, tadbirlar, davra suhbatlari, savol-javob kechalari, guruhiy va umumiy ota-onalar yigʻilishlari, ochiq eshiklar kunini tashkil etish diqqatga sazovor holatlardir. Uydagi taʼlim muhitini mustahkamlashda maktabgacha taʼlim tashkiloti pedagoglari oilada, uyda yoki jamoatchilikda foydalanish uchun chora-tadbirlar hamda materiallarni taqdim etish bilan ular oʻz farzandlarini oʻqitib-oʻrgatishlari [Ошибка! Источник ссылки не найден.] jarayonini yaxshilashlariga yordam bera oladi. Bu tadbirlar oʻz ichiga oila aʼzolari bolalar bilan birga oʻtkazishlari mumkin boʻlgan nutq va savodxonlikni rivojlantirish boʻyicha mashgʻulotlarni oladi. Ular shu jumladan, birgalikda oʻqish uchun kitoblar, interfaol jurnallar, kulinariya tadbirlari yoki tabiat kuzatishlari yoxud parkda hamda bolalar maydonchalarida yasashlari mumkin boʻlgan har xil narsalardan iborat boʻlishi mumkin. Agarda bolalar guruhda biron-bir aniq mavzuni oʻrganayotgan boʻlsalar, ular oila aʼzolaridan bu mavzuda intervyu olishlari, birgalikda rasm chizishlari, hikoya tuzishlari va uni birgalikda yozishlari ham mumkin. Oilaning dastlabki pedagog sifatidagi rolini mustahkamlash Maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglari ota-onalarga ularning oʻz farzandlari uchun dastlabki ilk pedagoglar sifatidagi rollarini mustahkamlash maqsadida resurslarni topishga yordam berishlari va tadbirlarda ishtirok etishlariga koʻmaklashadi[Ошибка! Источник ссылки не найден.]. Oilaviy yigʻinlar, huquq va imkoniyatlarni kengaytirish dasturlari, noformal uchrashuvlar va oilani qoʻllab- quvvatlash guruhlari – mana shular biz oilalarga axborotlarni bera olishimiz va ular bilan bogʻlana olishimiz mumkin boʻlgan usullardan ayrimlaridir. Ular shuningdek, oilalarga oʻzaro bir-birlari bilan muloqot qilishlariga ham koʻmaklashadi. Bu chora-tadbirlarning maqsadi oilani toʻgʻrilash emas, balki ularni qoʻllab-quvvatlash va ularga yordam koʻrsatishdir. MTT oilaga yordam koʻrsatganida va oila ular oʻz farzandlarini tarbiyalashda murojaat qilishlari mumkin boʻlgan koʻplab resurslar mavjudligini tushunganlarida oila oʻz farzandlarining uyda va maktabgacha adpi.uz universaljurnal.uz 140 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil taʼlim tashkilotida tarbiyalanishning butun davri mobaynida ham taʼlim olishlarini koʻproq darajadagi ehtimollik bilan davom ettiradilar. Aksar pedagoglarning oʻzlariga oʻxshash tajribaga ega boʻlgan va pedagoglardan xuddi shunday narsani kutadigan oila bilan oʻzaro hamkorlik aloqalarini oʻrnatishi osonlashadi. Bu koʻpincha maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatida muntazam faol ishtirok etadigan oilalar, masalan, bayram tadbirlarida, guruhlarda koʻngilli ravishda qatnashadigan, materiallarni taqdim etish va yigʻilish va konferensiyalarda ishtirok etadigan ota-onalar boʻlib, pedagoglar ulardan nimani kutayotganliklarini bilishadi [Ошибка! Источник ссылки не найден.]. Fikrlari biznikidan farq qiladigan oilalar yoki pedagoglar kutganidek har xil tadbirlarda ishtirok etmaydigan oila bilan hamkorlik oʻrnatish juda qiyin boʻlishi mumkin. Biz hatto bu oilalar oʻz farzandlari va ularning taʼlim olishlari xususida kamroq gʻamxoʻrlik qilishlariga yoki oʻz farzandlarini tarbiyalashda nisbatan kam bilimga ega ekanligiga ishonishimiz mumkin [Ошибка! Источн

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti otarbiyalanuvchilari ota- onalari bilan olib boriladigan hamkorlik ishlari ochib berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti otarbiyalanuvchilari ota- onalari bilan olib boriladigan hamkorlik ishlari ochib berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
сотрудничество, ota-ona, родители, hamkorlik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники