Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ИГРОВОЙ МЕТОД В ДОШКОЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ
Marjonaxon Avazbek qizi (Andijon davlat pedagogika instituti)
Универсал международный научный журнал · 2025
Аннотация
ushbu maqolada maktabgacha ta’lim jarayonida o‘yin metodining ahamiyati va uning bolalar rivojlanishiga ta’siri tahlil qilinadi. O‘yin metodi bolalar uchun eng samarali o‘rgatish vositasi sifatida qaraladi, chunki u bolalarning ijodiy va intellektual qobiliyatlarini rivojlantiradi, ijtimoiy ko‘nikmalarni shakllantiradi va emotsional holatini yaxshilaydi. Maqolada, o‘yin metodining turlari, ularni maktabgacha ta’limda qanday qo‘llash mumkinligi haqidagi yondashuvlar ko‘rib chiqiladi. Shu bilan birga, o‘yin metodining bolalar bilan muloqotda, ularning o‘zaro aloqalarida va muhitga moslashuv jarayonidagi o‘rni va ahamiyati o‘rganiladi . Kalit so‘zlar : maktabgacha ta’lim, o‘yin, bola, ijodiy o‘yinlar, qoidali o‘yinlar, o‘yinchoq, pedagog, psixolog, mehnat, rivojlanish, diqqat, xotira. O‘yin faoliyati - bolalarni insoniyatning ijtimoiy tajriba egallashning faol shakli bo‘lgan, ta’lim faoliyatiga tayyorlaydi. Odam birdaniga ijtimoiy tajribani o‘zlashtirishga kirisha olmaydi. Ijtimoiy tajribalarni faol egallash uchun inson, avvalo, yetarli darajada nutqni egallashi, malaka, uquv va sodda tushunchalarga ega bo‘lishi kerak bo‘ladi. Bunday ko‘nikmalarga bolalar o‘yin faoliyati orqali erishishadi. O‘yin har bir yosh bosqichida bolaning tevarak – atrofdagi hayotni va boshqa kishilar o‘rtasidagi turli munosabatlarni har tomonlama bilib olishga qaratilgan faoliyat hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘yin faoliyati mazmun jihatidan har kungi vaziyatga qarab o‘zgarib turadi. O‘yin inson o‘zligining namoyon bo‘lishi, uning takomillashuv usuli. Shuning uchun uni “bolalikning hamrohi”, - deb, bejizga aytishmaydi. “Farzandlarimiz milliy hunarmandchiligimiz asosida yaratilgan o‘yinchoqlarni o‘ynashsa, ularning tarbiyasiga ijobiy ta’sir etgan bo‘lar edik”,- deb, birinchi prezidentimiz I.A. Karimov aytib o‘tgan edilar. Shunday ekan, o‘yin maktabgacha yoshdagi bolalar hayotining asosiy mazmunini tashkil etib, mehnat va ta’lim bilan uzviy aloqada bo‘lgan holda yetakchi faoliyat sifatida namoyon bo‘ladi. O‘yin qadim zamonlardan beri pedagog, psixolog, faylasuf, etnograf olimlar diqqatini o‘ziga tortib kelgan. Ibtidoiy jamoa qabilalari o‘z o‘yinlarida ovchililik, urush, dehqonchilik ishlarini aks ettirganlar. Misol sifatida, o‘sha davrdagi ba’zi qabilalarning sholi sepish jarayoni o‘yinlar bilan tantana qilib o‘tkazilar edi. Shu tariqa o‘yin tarixiy taraqqiyot jarayonida, mehnat faoliyati natijasida paydo bo‘lgan ekan. O‘yin faoliyati asosida boladagi o‘quv faoliyati rivojlanib boradi. Bola qanchalik yaxshi o‘ynasa, u maktabda ham shunchalik yaxshi o‘qiydi . Bolalar o‘yini uning mazmuni, xususiyati, tashkil etilishiga ko‘ra xilma – xildir. bola o‘yinlarining turkumlari ikkiga bo‘linadi : 1) ijodiy o‘yinlar 2) qoidali o‘yinlar Ijodiy o‘yinlarni bolalar o‘zlari o‘ylab topadilar . Unda oldindan belgilangan qoidalar bo‘lmaydi. O‘yin qoidasini bolalar o‘zlari o‘yin jarayonida belgilaydilar. Bunday o‘yinlarda bolalarning fantaziyasi, buyum yasashi, tajriba qilishiga keng yo‘l ochilib boradi. Qoidali o‘yinlarning mazmuni va qoidasi kattalar tomonidan belgilab beriladi. Bunday o‘yinlar bolaning sensor rivojlanishini, tafakkur va nutqini, ixtiyorsiz diqqat va xotirasini, har xil harakatlarini muntazam ravishda mustaqil mashq qildirish imkonini beradi . Yan Amos Komenskiy o‘yinni “bola faoliyatining, uning tabiati va mayllariga tog’ri keladigan zarur shakli”,- deb hisoblar edi. Ushbu olimning fikricha, o‘yin – bolaning barcha qobiliyat ko‘rinishlari rivojlanadigan jiddiy aqliy faoliyatdir, o‘yinda borliq, dunyo haqidagi tasavvurlar kengayadi va boyib boradi, nutq ham tobora rivojlanib boradi. Bola o‘yin davomida tengdoshlari bilan do‘stlashadi. Ya.A.Komenskiy o‘yinga quvnoq bolalik va bolani uyg’un adpi.uz universaljurnal.uz 146 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil rivojlanishi sharti sifatida qarar ekan, kattalarga bolalar o‘yinlariga e’tiborli munosabatda bolishni, ularga oqilona rahbarlik qilishni maslahat bergan edi. P.F.Lestgaft bolalar o‘z o‘yinlarida tevarak – atrofdan olgan taassurotlarini aks ettiradilar, deydi. Bunday faoliyat bolaning rivojlanishida katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Shunday qilib, o‘yinning ijtimoiy voqea ekanligini, o‘yinda tevarak atrofdagi borliq aks ettirilishini yetuk olim hamda pedagoglar o‘z kuzatishlari va ilmiy izlanishlari orqali isbotlab berdilar. Xulosa qilib aytganda, o‘yin metodi maktabgacha ta’lim tizimida bolalarning bilim olish jarayonini yanada qiziqarli va foydali qiladi. Ularning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirib, ular uchun muvaffaqiyatli kelajak poydevorini yaratib beradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. F.Qodirova , Sh.Toshpo‘latova , N.Kayumova , M.A’zamova – “Maktabgacha pedagogika” darslik (2019) 2. I.Oxunov – “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar pedagogikasi” o‘quv - uslubiy majmua (2024) 3. D.Fatidinova – “Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi” o‘quv – uslubiy majmua (2024)
Доказательный фрагмент
«ushbu maqolada maktabgacha ta’lim jarayonida o‘yin metodining ahamiyati va uning bolalar rivojlanishiga ta’siri tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюushbu maqolada maktabgacha ta’lim jarayonida o‘yin metodining ahamiyati va uning bolalar rivojlanishiga ta’siri tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- oltin stafilokok
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024