К содержанию
РецензированоRU2025

ПЕДАГОГИЧЕСКИЙ ПРОЦЕСС В ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ОРГАНИЗАЦИЯХ ОРГАНИЗАЦИЯ

TASHKIL ETISH · Maxmudjonova Gulzoda Eldorbek qizi (Andijon davlat pedagogika instituti)

Универсал международный научный журнал · 2 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik jarayonni tashkil etish, maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, estetik, jismoniy, ma’naviy salohiyatni oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni takomillashtirish masalalari xususida fikrlar bildirilgan. Kalit so’zlar: Pedagogik jarayon, uni tashkil etish tamoyillari, pedagogik jarayonga zamonaviy yondashuvlar, yosh avlod, maktabga tayyorlash, takomillashtirish. Bugungi kunda jahonda texnologiyalar va axborotlashtirish jarayonlarining rivojlanishi davrida maktabgacha ta’limni isloh qilish, komil insonni tarbiyalash, ularga zamonaviy ta’lim berish masalalari birinchi navbatda hal qilinishi kerak bo‘lgan muammo hisoblanadi. 2017-2021- yillariga mo‘ljallangan “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq, ta’lim bosqichlarining uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, ta’limning zamonaviy metodologiyasini yaratish, amaliyotga joriy etish, pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirishni taqozo etadi. Ta’lim-tarbiya ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi pedagogik jarayonni, har bir faoliyat turini to‘g‘ri tashkil etishga bog‘liq. Maktabgacha ta’lim tashkilotning pedagogik jarayonda ta’lim muhim ahamiyat kasb etadi va u kundalik hayotda , o‘yinda, mehnatda, mashg‘ulotlar orqali amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik jarayonni tashkil etish tamoyillari: 1) maktabgacha yoshdagi bolalarning yoshini, individual xususiyatlarini xisobga olish; 2) faoliyatning har xil turlaridan kompleks foydalanish; 3) bolalarning butun hayotini estetikasi; 4) qo‘shma turmush tarzi; 5) insonparvarlik; 6) demokratiya; 7) shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv; 8) tizimlilik va yaxlitlik; 9) etnik-madaniy yashash sharoitlarini hisobga olgan holda. Maktabgacha ta’limning moslashuvchan, o‘zgaruvchan tizimini yaratish pedagogik jarayonni tashkil etishga turli yondashuvlar asosli ekanligini isbotladi. Zamonaviy sharoitda u muayyan tushunchalar, dasturiy va uslubiy materiallar asosida qurilgan. Maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim-tarbiya jarayonini rejalashtirish tarbiyachidan tegishli tayyorgarlikni talab etadigan ancha murakkab ishdir. Tarbiyachi bolaning psixik- fiziologik rivojlanish darajasini, “Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan talablari”ni hamda u asosida yaratilgan ta’lim–tarbiya dasturini yaxshi bilishi kerak.Reja tarbiyachiga dastur talablarini bir yilga bir tekisda taqsimlashga yordam beradi hamda ta’lim- tarbiya berish va tarbiyalashning usullarini oldindan o‘ylab olish, maqsadni aniqroq ko‘rish imkonini beradi. Reja bo‘lsa tarbiyachi bugun nima ish qilishi va qanday qilishini, qaysi qo‘llanmalardan foydalanishni biladi. adpi.uz universaljurnal.uz 148 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil Shunday qilib, ta’lim-tarbiya sifatini oshirish jarayonida yangi mazmun va mohiyatiga ega bo’lgan insonparvarlik tamoyillariga asoslangan, yaratuvchanlik, ijodkorlikka intilish hissi bilan ta’lim komil inson shaxsini yetuklikka yo‘naltiradi. O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib borilayotgan islohotlar ta’lim- tarbiyaning maqsadini yangi yo‘nalishga burdi. Demak, ta’lim-tarbiyaning maqsadi butunlay yangilandi, unga mos holda mazmunning ham, pedagogik jarayonning ham yangilanishi tabiiydir. Bu omil davlatimizning ijtimoiy siyosatini belgilab berganligi tufayli shaxs manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Мудрик А.В. Социальная педагогика: Учебник для студентов педвузов/ Под ред. В.А.Сластенина. –М.:Академия, Академия, 2005, -200 c. 2. Khalilova Dilnoza Furkatovna. Formation of social competence of future educators in preschool educational organizations. Science and innovation international scientific journal Volume 2 issue 3 march 2023. 174-177. 3. Ilhomjon Oxunov Abdunabiyevich. “Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish”. Dotsent 4. Dilnoza Furqatovna Xalilova. (2023). Bo‘lajak tarbiyachilarda ijtimoiy kompetensiyalarni rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirish. Conferencea, 115-117. adpi.uz universaljurnal.uz 149

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik jarayonni tashkil etish, maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, estetik, jismoniy,…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik jarayonni tashkil etish, maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, estetik, jismoniy,… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Pedagogik jarayon, Педагогический процесс, принципы его организации, uni tashkil etish tamoyillari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники