К содержанию
РецензированоRU2025

ФАКТОРЫ И МЕХАНИЗМЫ СОЦИАЛИЗАЦИИ

B.Muxtorova B.Muxtorova (Андижанский государственный педагогический институт)

Универсал международный научный журнал · 3 · 16-18 · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada ijtimoiylashtirish jarayonining mohiyati,uning asosiy omillari va mexanizmlari tahlil qilinadi. Ijtimoiylashtirish- shaxsning jamiyatga moskashuvi, ijtimoiy normalar, qadriyatlar va madaniny me’yorlarni o’zlshtirish jarayoni hisoblanadi. Maqolada ijtimoiylashtirishning oilaviy, ta’lim, tengdoshlar guruhi va ommaviy axborot kabi omillar hamda identifikatsiya, intekektuallashuv lohihalash va boshqa shu kabi maxanizmlar yoritiladi.Ushbu mexanizmlar orqali shaxsning muhitga integratsiyasi va undagio’z o’rnini topish tahlil qilinadi Kalit so’zlar: Ijtimoiylashtirish, omillar, mexanizmlar, identifikatsiya, refleksiya, loyihalash, mezo, makro, mikro, mega, empatiya, impiringting, ekzistensial, reklektsiya. Ijtimoiylashuv bolalar, o‘smirlar, yoshlarlarning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi ko‘p sonli shart-sharoitlar bilan o‘zaro munosabatida yuzaga keladi. Insonga ta’sir qiluvchi bu sharoitlar omil deyiladi. Ijtimoiylashuvning omillari ikki guruhga bo’linadi:Tashqi omillar va ichki omillar. Tashqi omillarga quyidagilar kiradi: Mega omillar (mega-eng katta)-kosmos, yer shari, planetlar va ular bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarni kiritsa bo‘ladi. Makro omillar (makro-katta)-davlat, xalq, jamiyat, shuningdek bularga demografik, ijtimoiy, siyosiy, ekologik, ya’ni yerning barcha aholisining ijtimoiylashuviga ta’sir ko‘rsatadigan omillar kiritiladi. Mezo omillar (mezo-o‘rta)-hudud va yashash joyi ommaviy aloqa tarmoqlari, u yoki bu submadaniyatga tegishliligiga ko‘ra ajratilgan guruhlarning ijtimoiylashuvi shart-sharoitlari. Mezo omillar etnik qurilmalarni shakllantirish jarayoniga, mintaqaviy sharoitlarga, shu hududning OAVlariga ta’sir qiladi. Mikro omillar, ya’ni muayyan shaxslarga ta’sir qiluvchi omillarga -oila, qo‘shnilar, tengdoshlar guruhlari, tarbiya muassasalari, turli ijtimoiy, diniy, davlat, xususiy tashkilotlari kiradi. Ichki omillar: Shaxs tug’ilganidan boshlab rivojlanadigan muhit sotsium yoki mikrosotsium deyiladi. Tashqi ijtimoiy omillardan tashqari ichki biologik omillar ham mavjud. Ularni bir- biridan mustaqil o‘rganishning iloji yo‘q. Zamonaviy ilmiy nazariyalarda shaxs rivojlanishining asosiy omillari sifatida biologik va ijtimoiy omillar ajratib ko‘rsatiladi. Ijtimoiylashuv jarayoniga samarali ta’sir qiluvchi va bu jarayonlarni faollashishida mexanizmlar muhim rol o‘ynaydi. Mexanizm bu –harakatga keltiruvchi turtki, kuch hisoblanadi, ijtimoiylashuv jarayonida turtki vazifasini bajaradi. Ijtimoiylashuv jarayoni mexanizmlarini bir qator olimlar o‘rganib chiqqanlar. Shulardan I.Podlasiyning tasnifi bo’yicha mexanizmlar: 1. Bostirish mexanizmi: Hohish istaklarni, g’oyani, fikrni ongdan chiqarib tashlash. Masalan: Bolani ongidan salbiy istak-g‘oyalarni ularning ongidan chiqarib tashlash ya’ni kattalarni hurmat qilmaslik, salom bermaslik, mashinalarda yoshi kattalarga joy bermaslik va shu kabilar. 2. Ajratish mexanizmi:Yomon taassurotlardan voz kechish, xotiralardan kechish. Masalan:Biror yoqtirgan o’yinchog’ining buzilishi natijasida bola tushkunlikka tushadi pedagog esa o’yin davomida bolani chalg’itib tushkunlikdan olib chiqishi kerak. 3.O’z-o’zini cheklash mexanizmi:Bolani o’ziga bo’lgan ishonchini pasayishi,’’men’’konsepsiyasining yo’qolib borishi. adpi.uz universaljurnal.uz 150 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil Masalan: boshqa bolalar bilan o’zini taqqoslash,boshqalar singari zo‘r she’r ayta olmasligi, o‘rtoqlari kabi raqsga tusha olmasligi va boshqalar bolani o‘ziga bo‘lgan ishonchini yo‘qolishiga olib keladi. 4.Loyihalash mexanizmi: O’z kamchiliklarini boshqalardan deb hisoblash. O‘zini aybini birovga to’ngash. Masalan:Bola rasm chizib, u unchalik chiroyli chiqmasa,’’Bu bo’yoqlar yaxshi emas ekan, shuning uchun rasmlarim chiroyli chiqmadi,’’deydi, lekin o’zining chizish mahoratini takomillashtirish zarurligini tan olmaydi.Ota-onasidan, tarbiyachidan tanbeh eshitmaslik uchun o’zi sindirgan o’yinchoqni boshqalardan deb hisoblashi ham mumkin. 5.Identifikatsiya mexanizmi: Bola hayolan o’zini qahramonlarga o’xshatish. Masalan:Farzand ota-onasi yoki katta aka-opalariga taqlid qilib, ularning xulq- atvorini qabul qiladi. Masalan, ota-onasi o’qituvchi bo’lsa, bola ham o’zini kelajakda o’qituvchi sifatida his qila boshlaydi. O’zini o’rgimchak odamga o’xshatish va qo‘llarini har xil shakllarga keltirish va boshqalar. 6.Empatiya mexanizmi:O’rtoqlarini, do’stlarini hissiy holatlariga hamdard bo’lish. Masalan: Bola o’rtog’ini dardiga hamdard bo’ladi lekin ba’zi paytlarda nimaga yig’layotganini va nima sababadan kulayotganini bilmay birgalashib kulishadi va yig’lashadi. 7.Intelektuallashuv mexanizmi: bu mexanizmda pedagoglarning ro‘li juda muhim yani biron bir vaziyatda bolaning o’rtoqlari singari muammolariga yechim topish. Masalan:Bolalar bog’chada o’ynayotib, to’p panjara yoki daraxt shoxiga tiqilib qoladi, bir bola uni qo‘li bilan olishga harakat qiladi, lekin yeta olmaydi. Shu paytda tarbiyachi

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada ijtimoiylashtirish jarayonining mohiyati,uning asosiy omillari va mexanizmlari tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada ijtimoiylashtirish jarayonining mohiyati,uning asosiy omillari va mexanizmlari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Ijtimoiylashtirish, факторы, omillar, Социализация
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники