К содержанию
РецензированоRU2025

СНЯТО С ДЕТЬМИ ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА ЗНАЧЕНИЕ ИГРЫ В ДЕЯТЕЛЬНОСТИ

FAOLIYATLARDA O‘YINNING AHAMIYATI · Yaqubjonova Hayriniso Akromjon qizi (Andijon davlat pedagogika instituti)

Универсал международный научный журнал · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada maktabgacha ta`lim tashkilotlarida o‘yin orqali bolalarni kun tartibini mazmunli o‘tkazilishi yoritilgan. O‘yinning maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ahamiyatini ko‘rib chiqamiz va uni rivojlantirishda qo‘llaniladigan asosiy faoliyatlarni tavsiflaymiz. Kalit so‘zlar: O‘yin, ro‘lli o‘yin, syujetli ro‘lli o‘yin, maktabgacha ta’lim, pedagog, oila. Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tizimida katta o‘zgarishlar va yangiliklar yuz bermoqda. Zamonaviy pedagogik yondashuvlar, interaktiv o‘quv metodikalar, hamda bolalarning individual ehtiyojlariga moslashgan o‘qitish usullari maktabgacha ta’limning sifatini oshirishga qaratilgan. Pedagogik jarayonlarda faollik, ijodkorlik va bolalarning shaxsiy rivojlanishini qo‘llab- quvvatlashning ahamiyati ortib bormoqda. Bularning barchasi bolalarni teng imkoniyatlar bilan ta’minlash va ularning psixologik, emotsional va intellektual rivojlanishini qo‘llab–quvvatlashga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, o‘yinning maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ta’lim va tarbiya jarayonidagi o‘rni tobora ahamiyat kasb etmoqda. O‘yin nafaqat bolalarning yengillik va zavq olishlari uchun, balki ularning o‘zini ifoda etishlari, ijtimoiy ko‘nikmalarni o‘rganishlari va turli muammolarni hal qilishda mustahkam asos yaratadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun o‘yin – bu faqat vaqt o‘tkazish emas, balki ularning rivojlanishi, bilim olishlari va ijtimoiy ko‘nikmalarni shakllantirishda muhim vosita hisoblanadi. O‘yin orqali bolalar nafaqat dunyoqarashlarini kengaytiradilar, balki o‘zlarini atrofdagi jamiyatga bog‘lashni muammolarni hal qilishni, turli vaziyatlarga moslashishni o‘rganadilar. Ushbu maqolada o‘yinning maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ahamiyatini ko‘rib chiqamiz va uni rivojlantirishda qo‘llaniladigan uchta asosiy faoliyatni ko‘rsatadi. O‘yin va kognitiv rivojlanishning asosiy komponentlari: O‘yin maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda muhim yondashuvdir. O‘yin quvonch keltiradi va bilimlarni o‘rganishga, o‘zini va atrofidagi dunyoni bilishga imkon beradi. Maktabgacha ta’lim bolaning o‘yin huquqini tan oladi, o‘yinning bola uchun muhimligini va uning individual rivojlanishini, ta`lim olishi va farovonligiga ko‘maklashishdagi pedagogik imkoniyatlarni tan oladi. O‘yin maktabgacha yoshda yetakchi faoliyatdir. O‘yin orqali ta`lim olish bolalarni ta`lim olishi va rivojlanishining yondashuvlaridan biridir. O‘yin-bu bolani o‘zini va atrofidagi dunyoni o‘rganishga undashning tabiiy usuli.o‘yin bolaning shaxsiyatini,uning bilish,ijtimoiy- hissiy,ijodiy va jismoniy jihatlarini rivojlantiradi. O‘yinda bolalarning tengdoshlari va pedagogi bilan o‘zaro munosabati nutq va ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi, uning motorikasi takomillashib boradi. O‘yinlarning turli shakllari va ta’siri; Ro‘l o‘ynash o‘yinlari bolalarga ijtomoiy munosabatlarni, o‘zaro aloqalarni va jamoada ishlash ko‘nikmalarini o‘rgatatadi. Puzzle va konstruktiv o‘yinlar bolalarning diqqatini, tasavvurlarini va xotiralarini kuchaytiradi. O‘yin bolalarga o‘z hissiyotlarini tushunish, boshqarish va ifodalash imkoniyatini beradi. Bolalar o‘yin orqali o‘zlarini xushnud qilish, xavotirlarni kamaytirish va ijobiy emotsiyalarni rivojlantiradilar. O‘yin boshqa bolalar bilan hamkorlikda ta’lim olish imkoniyatini yaratadi, ularga tavakkal qilish, xato qilish va qiyinchiliklarni yengish imkonini beradi va eng muhimi o‘yin ta’lim olishni quvonchli qiladi, bolalarning ijodkorligini va adpi.uz universaljurnal.uz 156 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil tasavvurini rivojlantiradi. O‘yin har xil bo‘lishi mumkin, bolaning yoki bolalar guruhining tashabbusi bilan to‘laligicha erkin, pedagogning minimal yoki to‘liq ishtirokisiz- pedagog tomonidan tashkil etilgan va unig ko‘rsatmalari yordamida amalga oshiriladi. Erkin o‘yinning ahamiyatini tushunish va e`tirof etish bilan birga, uyushgan o‘yinda pedagogning hal qiluvchi ro‘lini ham tan olish kerak. Ta`lim va tarbiya jarayoni o‘yin o‘ynash imkoniyatini ta’minlashi kerak, rivojlantiruvchi muhit esa o‘yin o‘ynash imkoniyatiga hissa qo‘shishi kerak. O‘yin uchun sharoit yaratish, ya’ni bolalarni yetarli vaqt, joy, qo‘llab-quvvatlovchi resurslar va o‘yinchoqlar bilan ta’minlash juda muhimdir. Bolalar o‘yinini tashkil etishda pedagogning o‘rni juda katta masalan; Bolalar o‘yinlari uchun sharoit yaratish (vaqt, joy, resurslar). Pedagog o‘yin maydonchasini tayyorlaydi, bolaning yoshi, qiziqishlari, qobiliyati va madaniyatiga mos keladigan rag‘batlantiruvchi o‘yin resurslari bilan ta’minlaydi. Pedagog xavfsizlik talablariga rioya qilgan holda xona ichida va tashqarisida ham o‘yin uchun imkoniyatlar yaratad. Pedagog bolalarga o‘yin orqali o‘rganish va rivojlanishlari uchun imkoniyatlar yaratadi. Pedagog bolalarga o‘yin holatiga kirishga yoki o‘ynashni davom ettirishga yordam beradigan ko‘nikmalarni shakllantiradi. U bolalarning individual xususiyatlari, ularning qiziqishlari, qo

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada maktabgacha ta`lim tashkilotlarida o‘yin orqali bolalarni kun tartibini mazmunli o‘tkazilishi yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada maktabgacha ta`lim tashkilotlarida o‘yin orqali bolalarni kun tartibini mazmunli o‘tkazilishi yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
O‘yin, ro‘lli o‘yin
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники