Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
НАВЫКИ САМОСТОЯТЕЛЬНОГО ОБУЧЕНИЯ ДЛЯ УСПЕХА В ВЫСШЕМ ОБРАЗОВАНИИ ОСНОВНАЯ ГАРАНТИЯ ДОСТИЖЕНИЯ
ERISHISHNING ASOSIY KAFOLATI · Mahkamov Maxammadjon Dadajonovich (Andijon davlat pedagogika instituti)
Универсал международный научный журнал · 2025
Аннотация
Ushbu maqola oliy ta’lim tizimida talabaning muvaffaqiyatga erishishida mustaqil ta’lim ko‘nikmalarining o‘rni haqida ma’lumot beradi. Ya’ni bu ko‘nikmalarning zarurligi, ularni rivojlantirish yo‘llari va samaradorlikni oshirish uchun qanday yondashuvlar kerakligi muhokama qilinadi. Shuningdek, mustaqil ta’lim ko‘nikmalari bilan bog‘liq bo‘lgan motivatsiya, vaqtni boshqarish, maqsad qo‘yish kabi jihatlar ham yoritiladi. Kalit so‘zlar: mustaqil ta’lim ko‘nikmalari, o‘quvchi mustaqilligi, motivatsiya, vaqtni boshqarish, muvaffaqiyat, maqsad qo‘yish. Oliy ta’limda talabalarning muvaffaqiyatga erishishida mustaqil ta’lim ko‘nikmalari ahamiyatlidir. Ushbu ko‘nikmalar nafaqat o‘qish jarayonini samarali tashkil etishga yordam beradi, balki kelajakdagi professional hayotda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Hayotda samarali bo‘lish uchun talabada qat’iyatlilik, ya’ni kuchli iroda va sinovlarga bardoshlilik bo‘lishi kerak. O‘zini ijtimoiy va akademik jihatdan yetarli deb his qilgan shaxsda bu fazilatlar shakllanadi. Oliy ta’lim bosqichida talabalarda mustaqil ta’lim ko‘nikmalari shakllanmagan bo‘lsa, ular stress, bosim va charchoqqa duch kelishlari mumkin. Bu esa o‘qishdagi samaradorlikni pasaytiradi. O‘quvchilarda mustaqil ta’lim ko‘nikmalarini (MTK) rivojlantirish bo‘yicha ko‘plab olimlar qimmatli ilmiy ishlanmalar olib borganlari ilmiy jamoatchilik tomonidan tan olingan. Mustaqil ta’lim ko‘nikmalari — bu talabaning o‘qish jarayonini mustaqil, samarali va ongli ravishda tashkil qilishiga yordam beradigan malakalardir. Ya’ni ular hayot davomida ishlatiladigan universal, ko‘chiriladigan ko‘nikmalarning majmuasidir. A.Pritchard fikriga ko‘ra, oliy ta’limda o‘qish bilan maktabdagi ta’lim jarayoni o‘rtasida bir qancha muhim farqlar mavjud. Eng asosiy farqlardan biri bu – o‘quvchilarga ko‘rsatiladigan rag‘batlantirish, yo‘naltirish va nazorat darajasidir. Maktabda o‘quvchilar o‘qituvchilar bilan tez- tez muloqotda bo‘ladilar, uyga vazifalar muntazam beriladi va ularning bajarilishi qat’iy nazorat qilinadi. Universitetda esa bu jarayon ancha mustaqil tarzda tashkil etiladi. Talabalar o‘z ustozlarini har kuni ko‘rmasliklari mumkin – bu holat o‘qituvchining metodiga yoki o‘qitilayotgan fan tabiatiga qarab o‘zgaradi. Ba’zida talabalar butun semestr davomida bir-ikki marta uchrashadigan darslar ham bo‘lishi mumkin. Universitetda o‘quv jarayoni asosan ma’ruzalar va seminarlar orqali tashkil etiladi. Baholash esa ko‘pincha bitta topshiriq yoki yakuniy imtihon asosida amalga oshiriladi. Bunday holatlarda talabalar quyidagi muhim ko‘nikmalarni o‘zlashtirishlari kerak: 1. Rejalashtirish va topshiriqlarni bajarish strategiyalari. 2. Maqsad qo‘yish va unga intilish. 3. Vaqtni to‘g‘ri boshqarish. 4. Til va nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish. Ushbu ko‘nikmalar talabalarga yangi muhitga moslashish, o‘zini ishonchli tutish va muvaffaqiyat sari yo‘l olish imkonini beradi. Mustaqil ta’limni tashkil etish – nafaqat o‘qishdagi, balki keyinchalik professional hayotdagi muhim bosqichlardan biridir. Bunda o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirish, insonning kelajakdagi muvaffaqiyatlariga ta’sir etuvchi asosiy omillardan hisoblanadi. Demak, mustaqil ta’lim ko‘nikmalari oliy ta’limda muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo‘lgan asosiy vosita hisoblanadi. Talabalar o‘zlarining o‘qish uslublarini rivojlantirib, motivatsiyani oshirish, vaqtni samarali boshqarish va maqsad qo‘yish kabi ko‘nikmalarni o‘zlashtirish orqali muvaffaqiyatga erishishlari mumkin. 676 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. 1. Cottrell, S. 2003. Skills For Success. The Personal Development Planning Handbook, Palgrave Macmillan. 2. Wilson, E. Bedford, D (2009) Study Skills for Part-Time Students, London: Pearson, Longman. 3. Pritchard A, (2008) Studying and Learning at University Vital Skills for Success in Your Degree, SAGE Publications Ltd, London EC1Y 1SP. 4. Little, D. 1991. Learner Autonomy. 1: Definitions, Issues and Problems. Dublin: Authentik. 677
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola oliy ta’lim tizimida talabaning muvaffaqiyatga erishishida mustaqil ta’lim ko‘nikmalarining o‘rni haqida ma’lumot beradi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola oliy ta’lim tizimida talabaning muvaffaqiyatga erishishida mustaqil ta’lim ko‘nikmalarining o‘rni haqida ma’lumot beradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- речевая компетентность, игровые методы., интерактивные методы, o‘quvchi mustaqilligi, речевые навыки, : английский язык, юные учащиеся, Лингвистика, язык, mustaqil ta’lim ko‘nikmalari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014