К содержанию
РецензированоRU2025

НАУЧНО-ИССЛЕДОВАТЕЛЬСКИЙ ПОДХОД В ОБРАЗОВАНИИ

Abdullayeva Mavluda Aribovna (Andijon davlat pedagogika instituti)

Универсал международный научный журнал · 2025

Аннотация

Mazkur maqolani yozishda respublikamiz oliy taʼlim tizimida raqamli texnologiyalarni qoʼllash, ularning imkoniyatlarini tahlil qilish asosida oʼquv jarayonini rivojlantirishning ustuvor yoʼnalishlarini aniqlash maqsadi qoʼyilgan boʼlib, unda raqamli texnologiyalarning taʼlim sohasida nafaqat muhim oʼrin egallashi va qanday shaklda joriy etilishi boʼyicha tahlillar amalga oshirildi. Kalit so‘zlar: raqamli texnologiyalar, raqobat, iqtisodiyot, axborot-kommunikatsiya, normativ-huquqiy, didaktik modellar. Bugungi kunda raqamli texnologiyalar hayotning barcha sohalarida faol qoʼllanilmoqda. iqtisodiyot, bank, xizmat sektori shuningdek taʼlim jarayonini ham tez surʼatlarda rivojlanishiga xizmat qilmoqda. Mamlakatda yashayotgan barcha fuqarolar, jumladan yosh bolalardan tortib nafaqaxoʼrlarning ham ongida raqamli texnologiyalar orqali jamiyatdagi barcha muammolarni hal qilish mumkin degan fikrni shakllantirmoqda. Bundan tashqari, ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlarining robotlashtirilishi, masalan bank sektorida, robotlar va ishchilar oʼrtasidagi raqobat masalasi ham koʼtarilmoqda. Raqamlardan foydalanishga asoslangan hamda joriy etilgan texnologiyalarning soʼzsiz foydasi bilan axloqiy, shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish, robotlar va tashkilotlar xodimlari oʼrtasidagi raqobatning huquqiy jihatlari bilan bogʼliq masalalar tobora koʼproq eʼtiborga olinmoqda. Shu jihatdan, mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev taʼkidlaganidek “Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yoʼlidan borish imkoniyatini beradi. Zero, bugun dunyoda barcha sohalarga axborot texnologiyalari chuqur kirib bormoqda. Аlbatta, raqamli iqtisodiyotni shakllantirish kerakli infratuzilma, koʼp mablagʼ va mehnat resurslarini talab etishini juda yaxshi bilamiz. Biroq, qanchalik qiyin boʼlmasin, bu ishga bugun kirishmasak, qachon kirishamiz?! Ertaga juda kech boʼladi” Davlat va jamiyat boshqaruvi, ijtimoiy sohada ham raqamli texnologiyalarni keng joriy etib, natijadorlikni oshirish, bir soʼz bilan aytganda, odamlar turmushini keskin yaxshilash mumkin. Raqamli iqtisodiyot bu birgina faoliyat turi emas, balki, ishbilarmonlik, sanoat obʼektlari, sifatli taʼlim va xizmatlar deganidir. “Raqamli” atamasi barcha sohalarda axborot texnologiyalaridan faol foydalanishni anglatadi. Аgar oddiy iqtisodiyotda moddiy buyumlar asosiy resurs hisoblansa, raqamli iqtisodiyotda bu qayta ishlanadigan hamda uzatiladigan axborot, maʼlumotlar boʼladi. Ularning tahlilidan soʼng esa toʼgʼri boshqarish boʼyicha yechim ishlab chiqiladi. Mazkur maqolani yozishda respublikamiz oliy taʼlim tizimida raqamli texnologiyalarni qoʼllash, ularning imkoniyatlarini tahlil qilish asosida oʼquv jarayonini rivojlantirishning ustuvor yoʼnalishlarini aniqlash maqsadi qoʼyilgan boʼlib, unda raqamli texnologiyalarning taʼlim sohasida nafaqat muhim oʼrin egallashi va qanday shaklda joriy etilishi boʼyicha tahlillar amalga oshirildi. Tadqiqot usullari sifatida oliy taʼlimda raqamli texnologiyalarni joriy etishga ilmiy asoslangan yondashuvni shakllantirishga tegishli xulosalar tuzishda normativ hujjatlarni, mavjud boʼlgan amaliyotni oʼrganish, tizimlashtirish va umumlashtirishdan foydalanildi. Maʼlumotlarga koʼra, bugun pandemiya sabab taʼlim muassasalarini yopgan mamlakatlarning 60 foizigina toʼliq raqamli taʼlimga oʼtgan. Baʼzi xalqaro ekspertlar onlayn taʼlimga toʼliq oʼtib boʼlmasligi, bu jarayonga muammoli vaziyatdan chiqish yoʼli sifatida qarash lozimligini, aks holda taʼlim sifati tushib ketishini taʼkidlasa, baʼzilar zamonaviy taʼlim uchun yangi davr boshlanganini eʼtirof etmoqda. Аyrim davlatlar ziyolilari esa masofaviy taʼlimga adpi.uz universaljurnal.uz 166 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil qamrab olishda taʼminot masalasini ilgari surmoqda. Yurtimizdagi nufuzli xususiy oʼquv markazlari ham zamon talabidan kelib chiqqan holda onlayn taʼlimni yoʼlga qoʼydi. Bu jarayonning oʼzi ham mamlakatimiz taʼlim tizimida yangi bosqich boshlanganini anglatadi. Sababi, shu kungacha hali hech bir oʼquv markazi bunday tartibga oʼta olmayotgan edi. Taʼlim tizimi bugungi kunda raqamli texnologiyalarga singib ketayotgani shunchaki hayratlanarli yemas, chunki, bugungi kunda axborot makonida taklif etilayotgan koʼplab narsalarni jiddiy tahlil qilish va pedagogik asoslash uchun asos boʼlib xizmat qiladi. Soʼnggi yillarda taʼlimni “raqamlashtirish” muammolari, uning shakllanishiga taʼsiri boʼyicha biror-bir davlat loyihasi yoki soʼrovnoma asosida tadqiqotlar oʼtkazilmaganligi ham muhimdir . Shu bilan birga, Internet tizimidagi muhitning yoshlar ongiga taʼsirining ahamiyati hukumatning, zamonaviy ommaviy axborot vositalarining maʼruzalarida, pedagogik jamoatchilik muhokamalarida, magistrant va tadqiqotchilarning, shuningdek deputatlarning izlanishlarida ham koʼrishimiz mumkin. Raqamlashtirish yoʼnalishi boʼ

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolani yozishda respublikamiz oliy taʼlim tizimida raqamli texnologiyalarni qoʼllash, ularning imkoniyatlarini tahlil qilish asosida oʼquv jarayonini rivojlantirishning ustuvor yoʼnalishlarini aniqlash maqsad…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolani yozishda respublikamiz oliy taʼlim tizimida raqamli texnologiyalarni qoʼllash, ularning imkoniyatlarini tahlil qilish asosida oʼquv jarayonini rivojlantirishning ustuvor yoʼnalishlarini aniqlash maqsad… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
цифровые технологии, конкуренция, raqobat, raqamli texnologiyalar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники