К содержанию
РецензированоRU2025

МЫШЛЕНИЕ И РЕЧЬ ДЕТЕЙ С ЗАДЕРЖКОЙ ПСИХИЧЕСКОГО РАЗВИТИЯ ФУНКЦИИ

Ro‘ziboyeva Diyora Ilyosbek qizi

Универсал международный научный журнал · 2025

Аннотация

Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar taffakurini xusussiyatlari, o‘ziga xosligi, turlari va taffakur orqali ularni aqli zaiflikdan ajrata olishga yordam berishi. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar turlari haqida fikrlar yuritilgan. Kalit so‘zlar: taffakur, obraz, diagnostika, aqli zaiflik, bilish, sezgi, intellectual, Talaffuz, grammatika, ruhiy rivojlanishi sustlashgan, hissiy, muvaffaqiyat, diferensiatsiya, xarakter.Ruhiy rivojlanishning susayishi haqidagi ma’lumotlar asosan XX asrning ikkinchi yarmidan keyin ko‘zga tashlana boshladi. Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda ruhiy rivojlanishning susayishi vaqtinchalik holat deb tasavvur qilingan. O‘zlashtirmaslikning aqliy zaiflik bilan o‘xshatmoq, chalkashtirish qo‘pol xatoliklarga olib keladi. O‘zlashtirmaslikning ko‘pincha aqli zaiflikning yengil darajalariga, zaif eshituvchilarga o‘xshatib yuboriladi. Ruhiy rivojlanishi sustlashganlikning kelib chiqish sabablari har xil bo‘ladi: -onaning homiladorlik davridagi taksikozlari: -bolaning chala tug‘ilishi, asfeksiya: -onaning yurak tomir kasalliklari: -bolaning yurak kasalliklari (tug‘ma parog). O‘zlashtirmaslikning sabablari: -bolaning maktab ta’limiga tayyor emasligi -bolada o‘quv faoliyati zaminlari va malakalarining shakllanmaganligi: -bolalar talablarga bo‘ysinishga o‘rganmaganlar, boshlagan ishlarini oxiriga yetkazishni, topshiriqni bajarganda diqqat qilishni bilmaydilar. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning bilish faoliyati, tafakkuri, idrok, diqqat, ish qobiliyati markaziy nerv sistemasining kasalliklari, o‘qituvchining pedagogik malakasining pastligi, oiladagi nizolar, noto‘gri tarbiya natijasida bir qadar zarar yetgan bo‘ladi. Doimo o‘zlashtira olmaslik tufayli bu bolalar xulq atvorida turli salbiy xislatlar yuzaga keladi. N.Vayzman va boshqa olimlar tekshirishi shuni ko‘rsatdiki, ruhiy rivojlanishi sust bolalar o‘zlashtirish jihatdan sog‘lom va debil bolalar orasidagi oraliq o‘rinda turadi. Normal bola topshiriqni to‘g‘ri tushunib, kerakli tartibda bajargan bo‘lsa, debil bolalar bajara olmaydilar. Ruhiy rivojlanishning susayishi quyidagi turlardan iborat. 1. Ruhiy rivojlanish susayishining konstitutsion turi. 2. Ruhiy rivojlanish susayishining somatagen turi. 3. Ruhiy rivojlanish susayishining psixogen turi. 4. Ruhiy rivojlanish susayishining organik serebral turi. Konstitutsional turi. Infaltil bolalar psixik rivojlanishi bo‘yicha o‘z tengdoshlaridan orqada qoladilar. Infaltilizm tug‘ma yoki o‘sish davridagi har xil kasalliklar ta’sirida kelib chiqadi. Bolalarda infaltilizm yuqumli kasalliklar, ichkli sekretsiya bezlari, miya kasalliklari, tomirdagi nuqsonlar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Ularning qiziqishlari o‘yin faoliyati bilan chegaralanadi. O‘yin jarayonida ular o‘ziga xizmat qilish malakalarini egallab olsalar ham undan kam foydalanadilar. Mustaqil o‘yinlar mazmunli, qiziqarli bo‘lib, uzoq davom etishi mumkin. Infaltil bolalarning lug‘at boyligi yetarlicha bo‘lib, ular hikoyaning, ertakning mazmunini tushunib oladilar. Qiynalganda yordamdan yaxshi foydalana oladilar. Infaltil bolalar uchun ayniqsa xulqning murakkab formalari rivojlanmay qolishi xarakterlidir. Bunday bolalarda barcha faoliyat turlarining 681 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil funksional faolligining pasaygani kuzatiladi. Infaltil bolalar odatda bo‘yi past, gavda tuzilishi noto‘g‘ri bo‘ladi. Ularning ko‘pchiligi jinsiy sistemaning rivojlanmay qolganligi kuzatilib, yetilishning orqada qolishi va ikkilamchi jinsiy tomonning rivojlanmay qolishiga olib keladi. Bunday bolalar maktabda o‘qishga qiziqmaydilar. O‘zlashtirmaslik bolaning astenik holatiga ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Astenik holatni qattiq charchash, ruhiy kechinmalar keltirib chiqaradi. Bunday bolalar o‘qish jarayonida tez charchaydilar, bosh og‘rig‘i, quvvatsizlik natijasida qobiliyati pasayadi, xotira, quvvati zaiflashadi. Topshiriqni bajarganda e’tiborni bir joyga to‘play olmaydilar. Buning natijasida o‘qish, yozish, hisoblashda qiyinchiliklar yuzaga keladi. Yozuvda harflarni tashlab ketish, so‘zlarni oxirigacha yozmaslik, bo‘g‘inlarni tashlab ketishi kuzatiladi.Serebroastenik holatda markaziy nerv sistemasi tez charchaydi. Nevrologik o‘zgarishlar kuzatiladi. Psixogen shaklining kelib chiqish sabablari: -bola tarbiyasi bilan shug‘ullanmaslik, burch, ma’suliyat hissining shakllanmasligi, zarur bilim va tasavvurning yetishmasligi -bolani haddan tashqari erkalatish -bolaga qo‘pol munosabatda bo‘lish, jazolash ota-ona mojarolari, alkogolizmga ruju qo‘yish: Psixogen shaklida bosh miyaning kasalliklariga yaxshi yetilmaganligiga aloqador o‘zgarishlar kuzatiladi , ularnining his tuyg‘u, irodaviy holatlari taraqqiy etmaganligi asosan organik infatilizm tarzda namoyon bo‘ladi: -ko‘tarinki ruhda yuradigan bolalar -kayfiyati o‘zgarib, mayus yuradigan bolalar -mustaqil harakat qilolmaslik, qo‘rqib yuradigan bolalar -miyaga aloqador organik harakterdagi infaltilizm: -ser

Доказательный фрагмент

«Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar taffakurini xusussiyatlari, o‘ziga xosligi, turlari va taffakur orqali ularni aqli zaiflikdan ajrata olishga yordam berishi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar taffakurini xusussiyatlari, o‘ziga xosligi, turlari va taffakur orqali ularni aqli zaiflikdan ajrata olishga yordam berishi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
obraz, taffakur, образ, мысль
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники