К содержанию
РецензированоRU2025

СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ОЦЕНКИ РЕЧЕВЫХ КОМПЕТЕНЦИЙ ПУТЕМ МОНИТОРИНГА КАЧЕСТВА ОБРАЗОВАНИЯ

KOMPETENSIYALARNI BAHOLASHNI TAKOMILLASHTIRISH · Nurmatova Shaxnozaxon Shavkatbek qizi

Универсал международный научный журнал · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada mmonitoring tushunchasi keng yoritilgan bo‘lib, ta’limda monitoring haqida ma’lumot berilgan. Hozirgi kunda ta’lim sifatini baholash, uni monitoring qilish takomillashib borayotganligi, ta’lim sifati menejmenti haqida ma’lumotlar berib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: monitoring, tahlil, kvalimetriya, menejment, attestatsiya, akkreditatsiya, statistika, ekspert. Ta’lim sifatini tahlil va monitoring qilish murakkab tashkiliy hamda ilmiy-metodik jarayon bo‘lib, ushbu tadbir bevosita o‘quv jarayonini sinchiklab o‘rganish, uni har tomonlama chuqur tahlil qilish va sifat jihatdan baho berish hamda baholashning qayta aloqasini ta’minlashni o‘z ichiga oladi. Pedagogika ensiklopediyasida “monitoring” tushunchasiga shunday ta’rif beriladi: “monitoring (inglizcha, – kuzatish, nazorat qilish) – 1) biron-bir jarayonni uning kutilgan natija yoki dastlabki taxminga muvofiqligini aniqlash maqsadida doimiy kuzatib borish; 2) muayyan voqelikni tekshiruvchi, nazorat etuvchi va uning natijalarini umumlashtiruvchi jarayon”[1]. Ta’lim sifatini baholash, uning monitoringini olib borish, indikatorlarni doimiy takomillashtirib borish bugungi kundagi eng muhim yo‘nalishlardan biri sanalib, ta’lim sifatining zaruriy darajasini ta’minlash, ta’lim sifati menejmenti va kvalimetriyasining samarali metodlarini ishlab chiqishga nisbatan metodologik yondashuvni shakllantirish asosiy vazifa hisoblanadi [2]. Ta’lim sifatini baholovchi nisbatan taniqli tizimlar Buyuk Britaniya, AQSh va Fransiyada qo‘llanilmoqda. Buyuk Britaniyada bu kabi tizimlar 1948 - yildan, AQShda 1969 yildan, Fransiyada esa, 1979 - yildan buyon mavjud. Ta’lim sifatini baholash milliy tizimi Chilida 1978 - yildan amalda qo‘llanilib kelinmoqda. Ushbu tizimlarning barchasi muntazam ravishda kerakli axborotlarni yig‘ish imkonini beradi. [3] Ta’limda monitoring – milliy ta’lim tizimining yutuqlarini, ta’lim dasturlari va o‘qitish kontentlari (darslik, multimedia vositalari va boshqalar)ning samaradorligini, maktabdagi ta’lim sifati va muhitini, o‘qituvchilar salohiyatini, o‘quvchilarning shaxsiy muvaffaqiyatlarini aniqlash orqali ta’lim tashkilotlarini davlat akkreditatsiyadan o‘tkazish, ularda javobgarliklarni oshirish va o‘zini-o‘zi takomillashtirish choralarini tavsiya etish jarayonidir. Bunda ta’lim jarayonining borishi, uning uslubiy va tashkiliy jihatdan ta’minlanganligi kuzatiladi, tahlil qilinadi, baho beriladi va sifat ko‘rsatkichlari aniqlanib, qarorlar qabul qilinadi. Ta’lim tizimida monitoring o‘tkazish va baholashning qayta aloqasini ta’minlash. Muayyan davlatning ta’lim tizimi sifati va samaradorligini aniqlash odatda ikki usulda amalga oshiriladi: 1. Attestatsiya va davlat akkreditatsiya monitoring. 2. Xalqaro benchmarkinglar. 1. Attestatsiya va davlat akkreditatsiya monitoringlari – ta’lim muassasalarining faoliyatini baholashda davlat nazoratining asosiy shakli hisoblanadi va ta’lim tashkilotlarida kadrlar tayyorlash mazmuni, darajasi va sifatining davlat ta’lim standartlan hamda davlat ta’lim talablariga hamda o‘quv dasturlariga muvofiqligini aniqlash. Natijalar asosida mazkur tashkilotlarning bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatlami topshirish huquqini beradi. 2. Xalqaro benchmarkinglar. Bu turli nufuzli tashkilotlar tomonidan xalqaro miqyosda o‘tkaziladigan baholash dasturlariga ishtirok etish orqali amalga oshiriladi. Jumladan, PIRLS, PISA va TIMSS kabi xalqaro baholash dasturlarida qatnashish. Ushbu tadqiqotlar ishtirokchi davlatlarga ta’lim tizimini boshqa davlatlar ta’lim tizimi bilan benchmarking qilish imkonini adpi.uz universaljurnal.uz 187 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil beradi. Shuningdek, empirik ma’lumotlar asosida respublika darajasida ta’lim tizimining yutuqlari va yaxshilanishi kerak o‘rinlarni aniqlashga imkon beradi. Ta’lim jarayonini monitoring qilish va uni baholashning asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat: - attestatsiya va akkreditatsiya qilish; - javobgarlikni oshirish; - о‘zini-o‘zi takomillashtirish. Monitoringda ta’lim jarayonining borishi, uning uslubiy va tashkiliy jihatdan ta’minlanganlik holati kuzatiladi, tahlil qilinadi, baho beriladi va sifat ko‘rsatkichlari aniqlanib, kerakli ilmiy-amaliy va metodik xulosa beriladi. Monitoring uni o‘tkazish vakolati berilgan tashkilot tomonidan tashkil etiladi va o‘tkaziladi. Dunyo pedagogik ekspertiza tajribasiga ko‘ra, monitoring natijalari quyidagi uchta asosiy ma’lumot orqali shakllantiriladi: - ta’lim oluvchilarning yutuqlari va baholash natijalari; - tashkiliy-boshqaruvga oid ma’lumotlar va tavsiflovchi statistikalar; - ekspert tekshiruvi yoki tizimli so‘rovnomalar natijalari [4]. Monitoring natijalari asosida ta’lim samaradorligiga ta’sir qiluvchi quyidagilar haqida xulosaviy qarorlar qabul qilinadi: - standart va dasturlar samaradorligi haqida; - о‘qitish usullarining samaradorligi haqida; - ta ’lim kontentlarning samarad

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada mmonitoring tushunchasi keng yoritilgan bo‘lib, ta’limda monitoring haqida ma’lumot berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada mmonitoring tushunchasi keng yoritilgan bo‘lib, ta’limda monitoring haqida ma’lumot berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
monitoring, kvalimetriya, квалиметрия, analysis, tahlil, анализ, мониторинг
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники