Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
НА ОСНОВЕ ПОДХОДА ОБОГАЩЕНИЯ С ОДАРЕННЫМИ УЧАЩИМИСЯ МЕТОДЫ РАБОТЫ
ISHLASH SHAKLLARI · Karimov Odiljon Toxiirovich (Andijon davlat pedagogika instituti mustaqil)
Универсал международный научный журнал · 2025
Аннотация
Maqolada talabalarni iqtidorli o‘quvchilar bilan enrichment yondashuv asosida ishlashga tayyorlash metodikasiga doip o‘quv loyihalarini shakllantipish, iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash, turli yo‘nalishlar bo‘yicha iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy pedagogika umumiy amaliyotida iqtidorli bolalar tasnifi, iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashda enrichment yondashuvning ahamiyati, iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash uchun foydalaniladigan metodlar haqida fikr yuritilgan. Maqolada iqtidorli o‘quvchining iqtidorini boyitish, qo‘llab-quvvatlash alohida o‘ringa ega ekanligi, bo‘lg‘usi boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi o‘qituvchilari iqtidorli o‘quvchilar enrichment yondashuv asosida ishlashda qaysi jihatlarga e’tibor qaratishlari zarurligi, iqtidorli o‘quvchini rag‘batlantirish, tanqid qilish masalalari ochib berilgan. Kalit so‘zlar: iqtidorli o‘quvchi, iste’dod, enrichment yondashuv, ijodiy mashg‘ulotlar, muloqotga kirishimli, qobiliyatini rivojlantirish, dunyoqarashni kengaytirish. Bugungi kunda iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash, turli yo‘nalishlar bo‘yicha iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash masalasiga dunyo miqyosida alohida e’tibor qaratilmoqda. Ommaviy axborot vositalaridan olayotgan ma’lumotlarimizdan ayon bo‘lmoqdaki, glaballashuv davrida iqtidorlarga shart-sharoitlar yaratish, iqtidorlilarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda. Ota-onalar o‘ziga xos iqtidorga ega farzandlarini maxsus ta’lim muassasalarida, maxsus tayyorlangan pedagoglar qo‘lida ta’lim olishiga harakat qilishmoqda. Bo‘lajak o‘qituvchilar iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashda, avvalo, ularni qo‘llab-quvatlashga intilishi kerak. Dunyo pedagogikasi umumiy amaliyoti iqtidorli bolalarni quyidagicha tasniflaydi: 1. Intellektual iqtidorli bolalar. Bu toifaga yuqori darajadagi aql va akademik qobiliyatga ega bo‘lgan bolalar kiradi. Ular analitik fikrlash, ijodiy qobiliyat va ma’lumotni tezda qabul qilish qobiliyatiga ega bo‘lishi mumkin. 2. Ijodiy iqtidorli bolalar turli yo‘nalishlarda ijodiy yondashish qobiliyatiga ega: masalan, rasm, musiqa, adabiyot, raqs va san'atning boshqa turlari. Ular muammolarni hal qilishda nostandart yondashuvdan foydalanadilar va o‘zlarining original fikrlash tarzi bilan tengdoshlaridan ajralib turadilar. 3. Turli xil jismoniy qobiliyatlarga ega: yuqori moslashuvchanlik, muvofiqlashtirish, kuch yoki chidamlilik. Ular sportga yoki faol faoliyatga qiziqish bildiradilar va bu sohada sezilarli natijalarga erishadilar. 4. Hissiy aql va ijtimoiy qobiliyatlarga ega. Ular odamlar bilan osongina aloqa o‘rnatadilar, hamdardlik va jamiyatdagi nizolarni hal qilishda yaxshi qobiliyatga ega. 5. Texnik iqtidorli bolalar texnologiya, informatika va muhandislik sohalarida g‘ayrioddiy qobiliyatlarga ega. Ular qurilmalarni qismlarga ajratish va yig‘ish, dasturlash, yangi texnologiyalarni ishlab chiqish va hokazolarga qiziqish bildiradilar. Har qanday iqtidorli bolalarning iqtidorini boyitish, rag‘batlantrib borish zarur. Shundagina u o‘zining fazilatlarni namoyon eta oladi. Iqtidorni aniqlash va ro‘yobga chiqarishda esa boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining alohida o‘rni bor. Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi o‘qituvchisining asosiy vazifasi har bir o‘quvchining iqtidorini rivojlantirishga hissa qo‘shishdir. Shuning uchun ham bo‘lg‘usi boshlang‘ich sinflardagi iqtidorli o‘quvchilar bilan enrichment yondashuv asosida ish olib borish zarur. Enrichment – inglizcha so‘z bo‘lib “boyitish” ma’nosini bildiradi. Ruschadagi tarjimasi “накопительного“, “обогащение” so‘zlariga to‘g‘ri keladigan bu yondashuv ta’lim jarayonida adpi.uz universaljurnal.uz 192 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil o‘quvchining bilimini boyitish, qobiliyatini qo‘llab-quvvatlash, o‘quvchidagi mavjud iqtidorni imkon qadar yuzaga chiqarishga qaratiladi. Zamonaviy pedagogikaga oid adabiyotlarni tahlil etar ekanmiz shunga amin bo‘lamizki, iqtidorli o‘quvchining salohiyatini ochib berish pedagogning mahoratiga bog‘liq. R.Ishmuhamedov, M.Yuldashevlarning tadqiqotlariga asoslanib aytish mumkinki, talabalarni iqtidorli o‘quvchilar bilan enrichment yondashuv asosida ishlashga tayyorlash metodikasiga doip o‘quv loyihalarini shakllantipishda noananaviy – nostandart darslarga e’tibor qaratish zarur. Chunki iqtidorli o‘quvchi har bir darsdan yangilik, o‘zgachalik kutadi. Shuning uchun: 1. Musobaqa va o‘yin shaklidagi darslar: tanlov, turnir, estafeta, “duel”, QZK (KVN), rolli o‘yin, krassvord, viktorina. 2. Ijtimoiy amaliyotda ma’lum bo‘lmagan ish shakllari, janrlari va uslublariga asoslangan darslar: tadqiq etish, ixtirochilik, birlamchi manbalar tahlili, sharh, “Aqliy hujum”, intervyu, reportaj, taqriz. 3. Muloqotning og‘zaki shaklini eslatuvchi darslar: “Matbuot anjumani”, auksion, miting, munozara, teleko‘prik, “jonli gazeta”, og‘zaki jurnal. 4. O‘quv materialini noan’anaviy tashkil etishga asoslangan darslar: donolik darslari, ochiq tan olish, “dublyor harakat
Доказательный фрагмент
«Maqolada talabalarni iqtidorli o‘quvchilar bilan enrichment yondashuv asosida ishlashga tayyorlash metodikasiga doip o‘quv loyihalarini shakllantipish, iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash, turli yo‘nalishlar bo‘yicha…»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada talabalarni iqtidorli o‘quvchilar bilan enrichment yondashuv asosida ishlashga tayyorlash metodikasiga doip o‘quv loyihalarini shakllantipish, iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash, turli yo‘nalishlar bo‘yicha… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- talent, iste’dod, iqtidorli o‘quvchi, талант, gifted student
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025