К содержанию
РецензированоRU2025

В ФОРМИРОВАНИИ ПРОФЕССИОНАЛЬНЫХ КОМПЕТЕНЦИЙ СТУДЕНТОВ ИННОВАЦИОННЫЕ ПОДХОДЫ

INNOVATSION YONDASHUVLAR · Abdullajonova Dildora Rustamjonovna

Универсал международный научный журнал · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada oliy ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvlarni joriy etish, talabalarda kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish orqali ularning kelajakda zamon talablariga javob beradigan pedagog kadrlar bo‘lishini ta’minlash maqsadida olib borilayotgan isloxotlar hamda o’quv jarayonidagi tub o’zgarishlar haqida so’z boradi. Kalit so‘zlar: klaster, ideal, glaballashuv, fiziologiya, psixologiya, kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish. Keyingi yillarda jamiyatimizda yuz berayotgan tub o‘zgarishlar, islohotlar, shubhasiz, jahon hamjamiyatida kuzatilayotgan globallashuv jarayonlari bilan bog‘liq ravishda kechmoqda. Globallashuv, ta’bir joiz bo‘lsa, bugungi kunda mamlakatlarni rivojlantirishning mohiyati va mazmuniga, strategiyasi hamda tamoyillariga, yondashuv va uslublariga birday ta’sirini o‘tkazayotgan jarayon sifatida namoyon bo‘lmoqda. Milliy pedagogikamiz yaqin yillargacha o‘quvchilarga insoniyat tomonidan shu paytga qadar egallangan mavjud bilimlarni o‘rgatishni eng maqbul yo‘l sifatida qarab keldi. Ta’lim uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash, ta’lim turlari o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish, integratsiyalashuv jarayonlarini takomillashtirishga nisbatan yangicha mexanizmlarni joriy etishni taqozo qilmoqda. Hamkorlikning yangi mexanizmlarini ishlab chiqish har qachongidan ham dolzarb masalaga aylanmoqda. Bizningcha, ayni shu jihat pedagogik oliy ta’lim muassasalarining strategik ilmiy tadqiqot yo‘nalishi sifatida belgilanishi lozim. Individual ta’lim ijtimoiy yo‘naltirilgan ta’limning tarkibiy qismi bo‘lib, shaxsga yo‘naltirilgan texnologik omillarga muvofiq tashkil etiladigan, maqsad va mazmun uyg‘unligini ta’minlaydigan pedagogik yondashuv kombinatsiyasi muvofiqligini yuzaga chiqaradi. Individual yondashuv ta’lim oluvchini har jihatdan o‘rganish va unga pedagogik ta’sir ko‘rsatishni ta’minlaydigan omildir. U ta’lim oluvchiga o‘zini anglash, individual yo‘nalganligini aniqlashtirish, yetakchi o‘quv faoliyatini motivlashtirish, o‘z imkoniyatlarini baholash, ta’limga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiladi. Pedagogik ta’limning jamiyat barqaror rivojlanishidagi yuqori ijtimoiy ahamiyati bilan bog‘liq zamonaviy talablar, tizimdagi muammolar va ularni hal qilishda ta’lim, fan va ishlab chiqarish bo‘g‘inlari o‘rtasidagi o‘zaro yakdillikning yetishmasligi bugungi kunda uzluksiz konsentrlashtirilgan ta’lim rivojlanish modeliga o‘tkazish zaruriyatini taqozo etmoqda. Konsentrlashtirilgan ta’lim innovatsion klasteri muayyan geografik hududning raqobatbardosh pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida bir-biri bilan uzviy aloqadagi teng huquqli alohida ta’lim subyektlarining, texnolagiyalarning va inson resurslarining integratsiyalashuvini kuchaytiruvchi mexanizm bo‘lib, u innovatsiya va integratsiya jarayonlari bilan bog‘liq. A.A.Verblskiy, V.A.Tokyarevalar oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish talabalar uchun juda qiyin kechadi, chunki, bu davrda shaxsning murakkab fazilatlari, xislatlari, sifatlari takomillashish bosqichida bo‘ladi. Mazkur yosh davrdagi ijtimoiy psixologik o‘sishning xususiyatlaridan biri o‘qish faoliyatining ongli motivlari kuchayishidir. Talabalarda axloqiy jarayonlarning o‘sishi sust amalga oshsa-da, lekin xulqining eng muhim sifatlari-mustaqillik, tashabbuskorlik, topqirlik, farosatlilik va hakozolar takomillashib boradi. Shuningdek, ularda ijtimoiy holatlarga, voqelikka, axloqiy qoidalarga qiziqish, ularni amalga oshirishga intilish toboro kuchayadi. adpi.uz universaljurnal.uz 213 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil Oliy ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvlarni joriy etish, talabalarda kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish orqali ularning kelajakda zamon talablariga javob beradigan pedagog kadrlar bo‘lishini ta’minlash maqsadida “Kelajak o‘qituvchi konsepsiyasi” ishlab chiqildi. Unda kelajak o‘qituvchilarini tayyorlashga oid yaxlit ta’lim-tarbiya tizimining uzviy va ajralmas qismi sifatida qaralib, mamlakatimiz hayotidagi real ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar bilan uyg‘un ravishda takomillashtirish masalasiga alohida e’tibor berilgan. Zamonaviy talablarga javob beradigan, hayotiy va kasbiy kompetensiyalarga ega, kreativ hamda nostandart fikrlash ko‘nikmalarini o‘zlashtirgan, dars mashg‘ulotiga ijobiy munosabatda yondashuvchi, sohaga doir ilg‘or xorijiy tajribalar bilan tanish tanish bo‘lgan, real sharoit va vaziyatlarga tezlik bilan professional moslasha oladigan o‘qituvchi shaxsini tarbiyalash konsepsiyaning asosiy mazmunini tashkil etadi. Mamlakatimiz psixologlarining tadqiqotlari shaxs hayot tajribasini egallashda unda o‘zligini anglash vujudga kelishini ko‘rsatadi. Shaxsning o‘z hayot mazmunini anglashi, aniq kundalik turmush rejalarini tuzishi, kelajak hayot yo‘lini belgilash shular jumlasidandir. Talaba o‘zining o‘quv faoliyati davomida mikroguruhlarning notanish sharoitlariga ko‘nikib boradi, o‘zining haq- huquqlari va majburiyatlarini bilan boshlaydi

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada oliy ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvlarni joriy etish, talabalarda kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish orqali ularning kelajakda zamon talablariga javob beradigan pedagog kadrlar bo‘lishini…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada oliy ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvlarni joriy etish, talabalarda kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish orqali ularning kelajakda zamon talablariga javob beradigan pedagog kadrlar bo‘lishini… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
klaster, glaballashuv, ideal, cluster, globalization
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники