К содержанию
РецензированоRU2025

ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ТРЕБОВАНИЯ К ПРОФЕССИОНАЛЬНО-ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ ПОДГОТОВКЕ УЧИТЕЛЯ

PEDAGOGIK TALABLAR · Oxunov Ilxomjon Abdunabıyevıch (Andijon davlat pedagogika instituti)

Универсал международный научный журнал · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada zamonaviy sharoitda tarbiyachining kasbiy mahorati va kompetentligiga qo’yiladigan talablar pedagogik muammo sifatida yoritilgan. Shu bilan birga pedagogik tarbiyachining hodisalarni tahlil qilishga ilmiy nuqtayi nazardan yondashuvi, bolani har tomonlama rivojlantirish muvaffaqiyatini amalga oshirish tizimi yoritib berilgan. Kalit so’zlar: Tarbiyachi, tarbiyachining kasbiy mahorati, kompetentlik, kasbiy kompetentlik, ijtimoiy kompetentlik, maxsus kompetentlik, psixologik kompetentlik, metodik kompetentlik, informatsion kompetentlik, kreativ kompetentlik, innovatsion kompetentlik, kommunikativ kompetentlik, shaxsiy kompetentlik, texnologik kompetentlik, ektremal kompetentlik. Xalqning boy intelektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan-texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O’zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir. Prezidentimiz SH.Mirziyoev tomonidan qabul qilingan Farmon va Qarorlar uzluksiz ta’lim tizimining muhim bo‘g‘ini sifatida maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, maktabgacha ta’lim muassasalarining davlat hamda nodavlat tarmog‘ini kengaytirish, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Demak, hozirgi zamon tarbiyachisi o’z mutaxassisligiga oid bilimlar bilan birga, pedagogik va psixologik bilimlarni hamda turli fan yo’nalishlari bo’yicha maxsus bilimlarga ega bo’lgan, kasbiy tayyorgarlik, yuksak axloqiy fazilatlarni egallagan, ta’lim muassasalarida faoliyat ko’rsatuvchi shaxsdir. Tarbiyachi yosh avlodimizni xalqimizning munosib farzandlari qilib tayyorlashdek muhim, faxrli ish bilan birga mas'uliyatli vazifani bajaradi. Tarbiyachining siyosiy yetukligi bolalarni tarbiyalash sifati uchun xalq hamda jamiyat oldidagi o’z mas'uliyatini anglashga, ta'lim-tarbiya vazifalarini ijodiy yondashishga, o’z mahoratini doimo takomillashtirib borish va ishdagi o’rtoqlarini o’sishiga yordam beradi. Zero, tarbiyachi avvalo, bilimli bo’lishi, o’zi yashab turgan ulkan hayotini bilishi, tabiat va jamiyatning qonuniyatlarini tushunishi, ijtimoy faol bo’lishi, umumiy va maktabgacha tarbiya pedagogikasini, bolalar ruhiyati va fiziologiyasini egallashi va bolalarning yosh xususiyatlarini bilishi kerak. Shuningdek, pedagogik tarbiyachining hodisalarni tahlil qilishga ilmiy nuqtayi nazardan yondashuvi bolani har tomonlama rivojlantirish muvaffaqiyatini amalga oshirishga imkon beradi. Mustaqillik munosabati bilan respublikamiz rahbariyati tarbiyachilarning faoliyatini yuqori baholamoqda. Tarbiyachining kasbiy pedagogik tayyorgarligi shartli ravishda quyidagi yo’nalishlarda olib boriladi: 1) tarbiyachining shaxsiy fazilatlar bo’yicha tayyorgarligi; 2) tarbiyachining ruhiy-psixologik tayyorgarligi; 3) tarbiyachining ijtimoiy-pedagogik va ilmiy-nazariy jihatdan tayyorgarligi; 4) tarbiyachining maxsus va ixtisoslikka oid uslubiy bilimlarni egallab borishi. Tarbiyachi eng avvalo, mulohazali, bosiq, har qanday pedagogik vaziyatni to’g’ri baholay oladigan hamda mavjud ziddiyatlarni bartaraf etishning uddasidan chiqa olishi kerak. Muloqot jarayonida tarbiyachining so’zlaridan suhbatdoshiga nisbatan xayrixohlik, samimiylik, do’stona munosabat, yaxshi kayfiyat sezilib tursin. Hozirgi sharoitda jamiyatning tarbiyachilik kasbiga adpi.uz universaljurnal.uz 218 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil nisbatan qo’yayotgan talablari kun sayin ortib bormokda va bu talablarni amalda to’g’ri tashkil qilish vazifasi tarbiyachiga bog’liq. Ijodiy faoliyat olib boruvchi tarbiyachi faqatgina bolalarni muvaffaqiyatli o’qitish va tarbiyalash, ilg’or pedagoglar ish tajribalarini o’rganish bilangina cheklanib qolmasdan, tadqiqotchilik ko’nikma va malakalariga ham ega bo’lishi zarur. Hozirgi zamon tarbiyachisi fan va texnika taraqqiyotining eng so’nggi yutuqlaridan foydalanishi, o’z kasbiy faoliyatida yangi pedagogik texnologiyalarni unumli qo’llay olishi taqozo etiladi. Kasbiy-pedagogik kompetentlikka ega bo’lishda o’z ustida ishlash, o’z- o’zini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. O’z-o’zini rivojlantirish vazifalari o’zini o’zi tahlil qilish va o’zini o’zi baholash orqali aniqlanadi. O’z ustida ishlash – tarbiyachining izchil ravishda o’zining kasbiy bilim, ko’nikma va malakalar va shaxsiy sifatlarini rivojlantirib borish yo’lida amaliy harakatlarni tashkil etishi. O’z ustida ishlash quyidagilarda ko’rinadi:  kasbiy bilim, ko’nikma va malakalarni takomillashtirib borish;  faoliyatga tanqidiy va ijodiy yondashish;  kasbiy va ijodiy hamkorlikka erishish;  ishchanlik qobiliyatini rivojlantirish;  salbiy odatlarni bartaraf etib borish; ijobiy sifatlarni o’zlashtirish. Tarbiyachining mutaxassis sifatida:  aniq maqsad, intilish asosida pedagogik jarayonni takomillashtirish;  pedagogik jarayon samaradorligini, o’zining ishchanlik faolligini oshirish;  izchil ravishda yangilanib borayo

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada zamonaviy sharoitda tarbiyachining kasbiy mahorati va kompetentligiga qo’yiladigan talablar pedagogik muammo sifatida yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada zamonaviy sharoitda tarbiyachining kasbiy mahorati va kompetentligiga qo’yiladigan talablar pedagogik muammo sifatida yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
educator, Professional skills of a teacher, tarbiyachining kasbiy mahorati, Tarbiyachi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники