К содержанию
РецензированоRU2025

ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ ПЕДАГОГА ДОШКОЛЬНОЙ ОБРАЗОВАТЕЛЬНОЙ ОРГАНИЗАЦИИ НОРМАТИВНЫЕ СУЩНОСТЬ

Mirzayev Otabek Xusanovich (Andijon davlat pedagogika pedagogika instituti) · Bozarova Maqsuda Salimjon qizi (Andijon davlat Pedagogika instituti 3-kurs talabasi)

Универсал международный научный журнал · 3 · 16-18 · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisining faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va mohiyati tahlil qilinadi. Maktabgacha ta’lim tizimi bolalar shaxsining har tomonlama rivojlanishini ta’minlashda muhim bosqich hisoblanadi. Shu sababli tarbiyachilarning pedagogik faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlar ularning ish samaradorligini oshirish, metodik yondashuvlarini rivojlantirish va huquqiy mas’uliyatini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Kalit so‘zlar: Normativ-huquqiy hujjatlar, tarbiyachi, davlat ta’lim standartlari, metodik yondashuv, huquqiy mas’uliyat, kasbiy rivojlanish, innovatsion texnologiyalar. Maktabgacha ta’lim jamiyat taraqqiyotining muhim bo‘g‘ini bo‘lib, bolalarning intellektual, jismoniy va axloqiy rivojlanishiga asos yaratadi. Ushbu jarayonda tarbiyachilar asosiy ro‘lni o‘ynaydi va ularning faoliyati tegishli normativ-huquqiy hujjatlar asosida tartibga solinadi. O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha bir qator me’yoriy- huquqiy hujjatlar ishlab chiqilgan bo‘lib, ular tarbiyachilarning huquq va majburiyatlarini belgilaydi, o‘quv-tarbiya jarayonining sifatini ta’minlashga xizmat qiladi. Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarining faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va mohiyati tahlil qilinadi. Shu sababdan ham so‘nggi yillarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada kengaytirish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni har tomonlama barkamol etib tarbiyalashga qaratilgan bir qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Jumladan, 2017 yil 30-sentyabrdagi -Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g'risidagi PF-5198-sonli farmoni, “Maktabgacha ta’limda me’yoriy asoslar” maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi va takomillashtirishga qaratilgan huquqiy hujjatlar asosida samarali ish faoliyatini tashkil etish ko‘zda tutilgan. Mazkur o‘quv qo‘llanma maktabgacha ta’lim yo‘nalishi tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilot rahbarlari, pedagoglar, uslubchilar, oliy ta’lim tashkilotlarining maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun ilmiy-uslubiy manba bo‘lib xizmat qiladi. Xususan, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va uning amaliyotdagi ahamiyati ochib beriladi. Shuningdek, zamonaviy talablarga mos holda tarbiyachilarning kasbiy malakasini oshirish va o‘quv jarayonini takomillashtirish masalalariga ham e’tibor qaratiladi. O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish va rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilib, bu borada qator qonunlar, nizomlar va metodik ko‘rsatmalar ishlab chiqilgan. Ushbu hujjatlar tarbiyachilarning kasbiy faoliyatini aniq belgilab berish bilan birga, ta’lim-tarbiya jarayonining sifatini oshirish, bolalarning intellektual va jismoniy rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun qabul qilingan davlat ta’lim standartlari, pedagogik me’yorlar va metodik tavsiyalar tarbiyachilarga o‘quv jarayonini rejalashtirish, amalga oshirish va natijalarini baholashda asosiy yo‘riqnomalar sifatida xizmat qiladi. adpi.uz universaljurnal.uz 221 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil Maktabgacha ta’lim tizimida normativ-huquqiy hujjatlarning mazmuni va mohiyati faqat pedagogik jarayonlarni tartibga solish bilan cheklanib qolmay, balki bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, zamonaviy ta’lim metodlarini joriy etish va tarbiyachilarning kasbiy rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentyabrda qabul qilingan yangi tahrirdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni mamlakat ta’lim tizimining huquqiy asoslarini mustahkamlash, sifatli ta’limni ta’minlash va ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilari huquq va majburiyatlarini aniq belgilash maqsadida ishlab chiqilgan. Ushbu qonun avvalgi tahrirlariga nisbatan ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, xalqaro standartlarga moslashtirish va uzluksiz ta’lim tamoyillarini yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Yangi qonunda tarbiyachilarning huquqlari va majburiyatlari, kasbiy faoliyati davomida malaka oshirish tartibi tarbiyachilarning ijtimoiy himoyasi va moddiy rag‘batlantirish tizimi, xalqaro tajriba almashinuvi imkoniyatlari kabi jihatlar batafsil yoritilgan. Ta’lim jarayonida zamonaviy texnologiyalardan keng foydalanish targ‘ib qilinadi. Misol uchun, elektron o‘quv resurslari, raqamli kutubxonalar va masofaviy ta’lim platformalari takomillashtiriladi. Undan tashqari qonun mamlakat ta’lim tizimini xalqaro standartlarga moslashtirish, ta’lim sifatini oshirish va ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilari uchun huquqiy asos yaratishga qaratilgan. Ushbu qonun orqali ta’limning har bir bosqichi aniq tartibga solingan bo‘lib, pedagoglarning kasbiy rivojlanishi, ta’lim si

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisining faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va mohiyati tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisining faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va mohiyati tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
педагог, Regulatory and legal documents, tarbiyachi, Нормативно-правовые документы, educator, Normativ-huquqiy hujjatlar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники