Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
РАННЯЯ ТЕРАПИЯ В ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ОРГАНИЗАЦИЯХ ТЕОРИЯ
O.Mirzayev Mirzayev (Андижанский государственный педагогический институт) · N.Eshonqulova Eshonqulova (Андижанский государственный педагогический институт)
Универсал международный научный журнал · 3 · 16-18 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada ertakterapiyasi tarixi, kelib chiqishi, olimlarning fikrlari, ertakterapiyaning bola hayotida qanday ro‘l o‘ynashi, bolaning xulq atvorini to‘g‘ri shakillantirish, boladagi qo‘rquvni qanday yo‘qotish, bir-birlariga bo‘lgan hurmat va mehr-muhabbatini oshirish haqida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: ertakterapiya, axloq, ertak, yosh avlod, tarbiya vositasi, psixologiya, inson tarbiyasi. Ertak terapiyasi-bu ertaklar yordamida insonning psixologik holatini yaxshilash, hissiyotni boshqarish va shaxsiy rivojlanishga ko‘mak beruvchi terapiya usulidir. Bu metod ayniqsa bolalar, shuningdek, kattalar uchun ham samarali bo‘lib, ertaklar orqali turli muammolarni tushunish, stressni kamaytirish va o‘zini anglash imkonini beradi. Ertaklar badiiy va adabiy asar bo‘lib, bir vaqtning o'zida xalq uchun ko'plab nazariy va amaliy sohalardagi axborotlar manbai hisoblanadi. Ular xalq pedagogikasining boyligi hisoblanadi. Qolaversa, ularda pedagogik g‘oyalar mavjudligi uchun ertaklarni pedagogik asarlar qatoriga qo‘shsak ham bo‘ladi. Ma'lumki, rus klassik pedagogi Ushinskiy pedagogik sohada ideal, mukammal aqliy va axloqiy-estetik rivojlanishning uyg'un shaxsi edi. Buyuk rus pedagogining qat'iy ishonchiga ko‘ra, xalq ertaklari materiali ta'limda keng qamrovda qo‘llanilsa, bu vazifani muvaffaqiyatli hal etish mumkin. Ertaklar tufayli mantiqiy fikrga ega bola qalbida go‘zal she’riy obraz birgalikda rivojlanadi, hamda so‘z-mantiq tafakkuri, fantaziyasi, emotsional sohasi rivojlanishi guvohi bo‘lishimiz mumkin. Ushinskiy ertaklarning pedagogik mazmuni va ularning bolaga psixologik ta'sir masalasini kengroq darajada o‘rganib chiqdi. U xalq ertaklarini, bolalar uchun mo‘ljallangan o‘quv adabiyotlarida nashr etilgan hikoyalardan afzal deb bildi, chunki hikoyalar buyuk pedagog tomonidan: keksa inson yuzini yosh bolaning yuziga aylantirib qo’ygandek, soxta deb tariflagan edi. Ertaklar xalq tomonidan asrlar davomida ishlab chiqilgan va sinovdan o‘tgan muhim tarbiya vositasidir. Hayotda, inson tarbiyasi amaliyotida ertakning pedagogik ahamiyatini kattaligi dalillar asosida isbotlandi. Bolalar va ertak bir-biridan ajralmas, ular bir-biri uchun yaratilgan, shuning uchun ham har bir millat o‘z xalqining ertaklari bilan tanishish bolaning ta‘lim va tarbiya jarayoniga kiritilishi shart. O‘zbek pedagogikasida ertaklar haqida nafaqat o‘quv materiali, balki pedagogik vosita, usulligi haqida ham fikrlar mavjud. Ertakning pedagogik vosita sifatidagi ma’nosini anglab, shuni tan olish kerakki, agar bolalarga bir xil axloqiy fazilatlarni kamida ming marta takrorlasak ham, bu ular uchun baribir tushunarsiz ya’ni, ma’no mazmuni anglanmagan bo‘lib qoladi; lekin ularga xuddi shu fikrga singib ketgan ertak aytib bersangiz, bola bundan hayajonlanib, hayratga tushadi. Ertaklarning tarbiyalanuvchilarda tarbiyaviy roli katta hisoblanadi. Ertaklarning pedagogik ahamiyati insonning aqliy tomoniga emas, balki hissiy va estetik tomoniga ta’sir qiladi, degan fikr bor. Bu fikrga butunlay qo‘shilib bo'lmaydi. Aqliy faoliyatni his- tuyg‘ularga qarama-qarshi qo‘yish tubdan noto‘g‘ri: hissiy soha va aqliy faoliyat ajralmasdir, his- tuyg‘ularsiz, haqiqatni bilish mumkin emas. Ertaklar mavzu va mazmuniga ko‘ra tinglovchilarni ko‘pincha o‘ylantiradi, fikr yuritishga undaydi. Ko‘pincha bola ertaklarni eshitishi natijasida “Hayotda bunday bo‘lmaydi” degan xulosaga keladi. Beixtiyor savol tug‘iladi: “Hayotda nima bo‘ladi?” Bu savolga javobni o‘z ichiga olgan ertak aytuvchining bola bilan suhbati ongli holatda amalga oshiriladi. Ammo ertaklar bevosita ongli axborotlarni o‘z ichiga oladi. Shuni ta’kidlash adpi.uz universaljurnal.uz 224 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil kerakki, ertaklarning ongli mazmuni, xalq urf odatlari va an‘analarining individual tafsilotlariga, xususan, hatto kundalik maishiy sohaga ham taalluqlidir. Albatta, ertaklarning tarbiyaviy mazmuni ham ertak aytuvchi shaxsga ham bog‘liq. Mahoratli ertak aytuvchilar, odatda, har doim imkoniyatdan unumli foydalanishga harakat qilib savollar yordamida bolada fikrlashni shakillantiradi. Masalan ertak aytib eshittirilgandan so‘ng: “Bolalar sizlar nima deb o‘ylaysizlar, ertagimizda qanday hayvon bor edi? Xayvonlarning nomlarini eslay olasizlarmi?” va shunga o‘xshash savollar orqali bolalardagi kontemplatsiyani rivojlantirish mumkin boladi. Bolalar hodisalar, ishlar va harakatlar mazmunini ertaroq to‘g‘ri anglshni, hayotdagi har qanday kulgili voqealar ostida haqiqatlar yashiringanini tushunishni o'rganadilar. Har bir ertakda bola uchun zarur bo‘lgan axloqiy fazilatlar bor, chunki u hayotdagi o‘z o‘rnini belgilashi, jamiyatdagi axloqiy va axloqiy xatti-harakatlar normalarini o‘rganishi kerak. Faylasuflar ertakni o‘rganib, uning ma’nosini insoniyatning ruhiy tajribasi shakllari sifatida ochib beradilar. Filologlar, birinchi navbatda, folklorshunoslar, “Ertak - xalqning unutilmas ruhining kiyimi” deb fikr yuritadila
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada ertakterapiyasi tarixi, kelib chiqishi, olimlarning fikrlari, ertakterapiyaning bola hayotida qanday ro‘l o‘ynashi, bolaning xulq atvorini to‘g‘ri shakillantirish, boladagi qo‘rquvni qanday yo‘qotish, b…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada ertakterapiyasi tarixi, kelib chiqishi, olimlarning fikrlari, ertakterapiyaning bola hayotida qanday ro‘l o‘ynashi, bolaning xulq atvorini to‘g‘ri shakillantirish, boladagi qo‘rquvni qanday yo‘qotish, b… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ertak, ertakterapiya, axloq, сказка, сказкотерапия, мораль
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014