Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
СОЦИАЛЬНО-ЭФФЕКТИВНАЯ ПОДГОТОВКА БУДУЩИХ ПЕДАГОГОВ ДОШКОЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ ЗНАЧЕНИЕ ЛОКУСА КОНТРОЛЯ В ПРОФЕССИОНАЛЬНОМ РАЗВИТИИ
Ismatulloyev Abdullo Nasrulloyevich
Универсал международный научный журнал · 2025
Аннотация
Mazkur maqolada bo‘lajak maktabgacha ta’lim pedagoglarining ijtimoiy- kasbiy rivojlanish jarayonida lokus nazoratning roli, uning pedagogik faoliyatga ta’siri va kasbiy shakllanish jarayonida ichki lokus nazoratni rivojlantirish yo‘llari tahlil qilinadi. Ichki lokus nazoratga ega bo‘lgan pedagoglarning tashabbuskorligi, kasbiy motivatsiyasi va ta’lim jarayonidagi samaradorligi ilmiy tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: maktabgacha ta’lim, pedagogik kompetensiya, lokus nazorat, ichki lokus nazorat, tashqi lokus nazorat, kasbiy rivojlanish, kasbiy motivatsiya, ta’lim sifati, psixologik xususiyatlar, stressga bardoshlilik, innovatsion pedagogika, refleksiya, mustaqil qaror qabul qilish, pedagogik texnologiyalar, shaxsiy rivojlanish. Maktabgacha ta’lim tizimi bolaning shaxs sifatida shakllanishida eng muhim bosqichlardan biri hisoblanadi. Aynan shu davrda bolalar asosiy ijtimoiy ko‘nikmalarni egallaydi, nutq, fikrlash, hissiy-intellektual rivojlanish jarayonlari faollashadi va kelajakdagi ta’limga bo‘lgan munosabati shakllanadi. Ushbu jarayonda pedagoglarning kasbiy kompetensiyalari, ularning shaxsiy fazilatlari va psixologik xususiyatlari bevosita ta’lim-tarbiyaning sifatiga hamda bolalar rivojlanishining samaradorligiga ta’sir ko‘rsatadi. Zamonaviy ta’lim sharoitida pedagogning ijtimoiy-kasbiy rivojlanishi keng qamrovli jarayon bo‘lib, u faqatgina nazariy bilimlarni egallash yoki metodik mahoratni oshirish bilangina cheklanmaydi. Bugungi kunda pedagogdan nafaqat o‘quv jarayonini tashkil etish va boshqarish, balki psixologik, kommunikativ va ijtimoiy jihatdan yetuk bo‘lish ham talab etiladi. Xususan, pedagogning kasbiy faoliyatdagi muvaffaqiyati ko‘p jihatdan uning shaxsiyati va psixologik xususiyatlari, jumladan, lokus nazorati bilan bevosita bog‘liqdir. Lokus nazorat – bu insonning o‘z hayotidagi voqea-hodisalar ustidan nazorat qilish darajasini ifodalovchi psixologik tushuncha bo‘lib, u shaxsning tashabbuskorligi, mas’uliyati va muammolarni hal qilishga bo‘lgan yondashuvini belgilaydi. Ichki lokus nazoratga ega bo‘lgan shaxslar o‘z muvaffaqiyatlari va muvaffaqiyatsizliklarini shaxsiy harakatlari va qarorlari bilan bog‘laydilar, tashqi lokus nazoratga ega bo‘lganlar esa natijalarini atrof-muhit yoki tasodifiy omillar bilan izohlashga moyildirlar. Maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat yurituvchi pedagoglar uchun ichki lokus nazoratning shakllangan bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki bunday pedagoglar o‘z faoliyatiga ongli ravishda yondashadi, bolalarning individual xususiyatlarini inobatga oladi, innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo‘llashga intiladi va o‘z kasbiy mahoratini doimiy rivojlantirishga harakat qiladi. Bundan tashqari, ichki lokus nazoratga ega bo‘lgan pedagoglar stressli vaziyatlarga chidamli bo‘lib, ta’lim jarayonida yuzaga keladigan muammolarni konstruktiv yondashuv orqali hal qilishga moyil bo‘ladilar. Shu bois, maktabgacha ta’lim sohasida faoliyat yurituvchi pedagoglarni tayyorlash va qayta tayyorlash jarayonida nafaqat ularning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, balki psixologik barqarorlik va ichki lokus nazoratni shakllantirishga ham alohida e’tibor qaratish lozim. Lokus nazorat pedagogning kasbiy faoliyatida muhim rol o‘ynab, uning mas’uliyat darajasi, kasbiy motivatsiyasi, ta’lim jarayoniga yondashuvi va pedagogik samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Ichki lokus nazoratga ega bo‘lgan pedagoglar o‘z faoliyatini ongli ravishda boshqaradi, tashabbuskorlik bilan harakat qiladi va ta’lim jarayonining yaxshilanishiga innovatsion adpi.uz universaljurnal.uz 235 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil yondashuvlar orqali hissa qo‘shadi. Ular muammolarni mustaqil hal qilishga moyil bo‘lib, ta’lim sifatini oshirish yo‘lida doimiy izlanishda bo‘ladilar. Ichki lokus nazorat pedagogning kasbiy motivatsiyasini oshirishda ham muhim omil hisoblanadi. Bunday pedagoglar o‘z bilim va malakalarini doimiy rivojlantirishga intilib, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va innovatsion metodlarni faol qo‘llaydilar. Ular ta’lim jarayoniga ijodiy yondashib, yangiliklarni joriy etish orqali bolalarning qiziqishlarini oshirish va ularning rivojlanishiga samarali ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bundan tashqari, lokus nazorat pedagogning bolalar bilan samarali muloqot o‘rnatishida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ichki lokus nazoratga ega bo‘lgan pedagoglar o‘z his- tuyg‘ularini boshqara oladi va bolalar bilan ishonchli hamda samimiy munosabat o‘rnatadi. Ular bolalarning psixologik holatini yaxshi tushunib, ularni mustaqil fikrlash, ijodkorlik va o‘z qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltiradi. Bu esa ta’lim-tarbiyaviy jarayonning yanada samarali bo‘lishiga xizmat qiladi. Shuningdek, pedagogik faoliyat ko‘pincha turli bosim va stress omillari bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli, stressga bardoshlilik ham pedagoglar uchun muhim jihatlardan biridir. Ichki lokus nazoratga ega bo‘lgan pedagoglar
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada bo‘lajak maktabgacha ta’lim pedagoglarining ijtimoiy- kasbiy rivojlanish jarayonida lokus nazoratning roli, uning pedagogik faoliyatga ta’siri va kasbiy shakllanish jarayonida ichki lokus nazoratni riv…»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada bo‘lajak maktabgacha ta’lim pedagoglarining ijtimoiy- kasbiy rivojlanish jarayonida lokus nazoratning roli, uning pedagogik faoliyatga ta’siri va kasbiy shakllanish jarayonida ichki lokus nazoratni riv… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- pedagogik kompetensiya, pedagogical competence, maktabgacha ta’lim, preschool education
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024